Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari reja
Imlo va talaffuz me’yorlari
Download 25.4 Kb.
|
NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL ME’YORLARI
Imlo va talaffuz me’yorlari. Hozirgi o’zbek tilida 31 ta tovush - fonema mavjud bo’lib, ularni ifodalashga xizmat qiladigan rus grafikasiga asoslangan belgilar soni 35 ta. Shu belgilar orasida ikki tovushning yig’indisidan iborat bo’lgan ye, yo, yu, ya grafemalari ham mavjud. Aslida 31 ta fonema 33 grafik belgi bilan, jumladan 6 ta unli, 4 grafema va 23 ta undoshni ifodalovchi belgilar bilan ifoda etiladi. Ularga ‘ va belgilari qo’shilsa, grafik belgilar soni 35 taga yetadi.
Ana shu tovushlar tizimi va ularning harfiy ifodasiga ega bo’lgan o’zbek tili bugungi kunga qadar 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan va kuchga kiritilgan «O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari»ga binoan ish ko’rib kelmoqda. Binobarin o’zbek tilining imloviy me’yorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to’g’risida»gi 1995 yil 21 dekabr qaroriga asosan 2005 yilgacha davom etadi. Undan keyin esa to’lig’icha O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini hayotga joriy qilish to’g’risida»gi hamda 1995 yil 6 maydagi «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonunlariga asosan ish ko’riladi. Hozirda ham bu qonunlar amalda. Respublikamizda ta’limning barcha tizimlarida ushbu qonunlarni bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda «O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qabul qilgan qarori asosida o’qitilmoqda. Yangi o’zbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bo’lmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda ‘ - ayirish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi harflar birikmasini kiritish evaziga amalga oshirildi. An’anaviy imlo me’yorlarini saqlab qolgan holda lotin grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosi bilan ish ko’radigan imlo ham o’z me’yoriy qoidalariga ega va bu me’yorlar yuqorida tilga olingan hujjatda o’z ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida o’zbek tilining orfografik me’yori yo’lga qo’yiladi. Endi bir necha og’iz so’z orfoepik - talaffuz me’yori va unga hayotda amal qilish to’g’risida. Ko’p yillik tajribalar, olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’zbek tili talaffuz me’yorlariga rioya qilishni talablar darajasida deb bo’lmaydi. A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so’zlashishi, nafaqat ularning o’qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo’lishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini to’g’ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir»10. To’g’ri, mavjud vaziyatning o’z obyektiv va subyektiv sabablari bor. Turg’unlik deb ataladigan sovetlar davrida quyidan tortib yuqorigacha hujjatlar asosan rus tilida yuritilar edi. Respublika davlat arboblari bir yilda faqat bir martagina - u ham bo’lsa, qishloq xo’jaligi xodimlarining respublika qurultoyida o’zbekcha nutq so’zlash imkoniyatiga ega bo’lar edilar, xolos. Qolgan paytlarda ko’pchilik yig’ilishlar, agar unda birgina rus kishisi o’tirgan bo’lsa ham, rus tilida olib borilar edi. 70 foizdan ortiq aholi yashaydigan qishloq joylarda esa o’z shevalari asosiy muomala vositasi bo’lib qolaverdi. Ma’lum me’yorga solingan adabiy til namunalarini esa faqatgina radio, televideniye orqali eshitdilar, kitoblardan o’qidilar. Tildan, o’z ona tilimizdan foydalanish va rus tilidan foydalanishda ana shunday tafovutlar mavjud bo’lib, amaliyotda o’zbek tili uning iskanjasida tobora qisilib borayotgan edi. Bu hol bir kishi, bir oila, bir shahar doirasidan chiqib, butun muhitga, til ekologiyasiga jiddiy ta’sir qila boshlagan edi. Hayotda shiddat bilan urchib, tomir otib kelayotgan bu millat mustaqillik tufayligina chilparchin qilingan bo’lsa-da, uning asoratlarini hozir ham ko’rib, sezib, bilib turibmiz. Harqalay, endi faxrlanib aytish mumkinki, til iqlimi, unga bo’lgan munosabat butunlay o’zgardi. Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo’li bilan kafolatlandi. Ma’lum bo’ladiki, og’zaki nutqning to’laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo’nalish bo’lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo’lmasin, barcha o’rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo’llash masalasi birinchi o’rinda turadi. XULOSA
Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko’pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda. Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik birliklar alohida o’rin tutadi va ularning o’ziga xos me’yoriy xususiyatlari mavjud. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling