Nutq madaniyati va texnikasi
O’qituvchi nutqining mantiqiyligi
Download 85 Kb.
|
Nutq madaniyati va texnikasi
O’qituvchi nutqining mantiqiyligi. Nutqda bayon etilgan fikrning qismlari va alohida fikrlarning o’zaro mutanosibligi mantiqiylik deb yuritiladi. Mantiqli nutqda gaplardagi fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan fikrning qismlari hisoblanadi, ular orasida ziddiyat bo’lmaydi. Mantiqiylik aniqlikka suyanadi. Bunda predmet aniqligi, tushunchalik aniqlik ham muhimdir. Noaniq nutq mantiqiy bo’la olmaydi. Nutqda mantiqiylikka erishish uchun unda qo’llangan so’zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir so’z nutqda qo’llanganda o’ziga biriktirilgan ma’nonigina ifodalashi lozim.
To’g’ri nutq uchun kurashuvchi kishi eng avvalo, mantiqiy fikrlashni o’rganishi lozim. Har qanday tafakkur ko’rinishi mantiq qonunlariga mos bo’lishi kerak. So’zlaganda fikrning tartibiga qattiq ahamiyat berish, fikrlashda mantiqiy xatolarga yo’l qo’ymaslik mantiqiylikni garovidir. Gap ichida mantiqiylikni buzilishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: 1. Ma’lumki, so’zlar o’z ma’no doiralariga mos keluvchi so’z bilangina birika oladi. Istalgan so’zni istalgan so’z bilan biriktirish mumkin emas. Bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalarni ifodolovchi so’zlar gap ichida birikib qolsalar, fikrda mantiqsizlik yuz beradi. «Sonatorni-o’rmon maktabi vrachiga qizg’in minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu odamning chehrasi kulib turganidek, u katta tajribaga ham ega». Bu gapda bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar (tashqi ko’rinish va mutaxassislik tajribasi) bir qatorga qo’yilgan. 2. So’z tartibiga e’tibor bermaslik. Gap ichida so’zlarning o’zaro to’g’ri tartibi mantiqiylikning yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbek tilida so’z tarkibi gapning sintaktik tuzilishiga amal qiladi. Sintaktik tuzilish so’z tartibi, so’z birikmalari, ega, kesim va boshqa gap bo’laklarini joylashuvini belgilaydi. Ega va kesim guruhlarining o’zaro joylashuvini gapning muhim bo’linishi belgilaydi. Muhim bo’linishga ko’ra, gapdagi so’zlar ikkiga-mavzu va rejaga ajratiladi. Mavzu tinglovchiga ma’lum narsalarni, reja tinglovchiga aytiladigan yangilikni anglatadi. Gapdagi so’zlarning joylashuvi ularni gapning aktual bo’linishiga ko’ra qaysi komponentga-mavzu yoki rejaga kirishiga bog’liqdir. Uslubiy neytral gaplarni mantiqan to’g’ri qurish o’zbek tilida mavzuning rejadan oldin kelishini talab etadi. Muhim axborot gapning oxirida bo’ladi. Bu qoidaning buzilishi bayonda mantiqiy izchillikning buzilishiga, undagi ma’naviy urg’uning noaniqligiga olib keladi. Har bir gapda nisbatan tugallangan qandaydir fikr ifodalangan bo’ladi. Avvalgi gaplarda ifodalangan fikrni keyingi gapda ifodalangan fikr, odatda, yo rivojlantiradi, yoki ulardan kelib chiqadigan fikrlarni xulosalaydi. SHunday ekan, keyingi gapni oldingi gap bilan to’g’ri bog’lash muhimdir. Gaplar bir-birlari bilan xilma-xil sintaktik vositalar orqali bog’lanadi. Ba’zan ulardan to’g’ri foydalana olmaslik ko’zga tashlanadi. O’qituvchi nutqining boyligi (rang-barangligi) deyilganda, unda ishlatilgan til vositalarining ko’pligi, kam takrorlanganligi, tinglovchiga ko’rsatgan ta’siri tushuniladi. Nutqning boyligini aniqlash ancha mushkul bo’lib, ikki nutqni bir-biri bilan solishtirganda, qiyoslaganda ulardagi til vositalarining so’zlovchi tutgan axborotlarni yuzaga chiqarishda bajargan vazifasi utsida mulohaza qilganda namoyon bo’ladi. Olaylik, o’rta ma’lumotli brigadirning nutqidan, oliy ma’lumotli o’qituvchining nutqi albatta boydir. Bunga biz o’z taassurotlarimiz asosida ishonch hosil qilamiz. Til qurilish xususiyatlari bilan bizda taassurot uyg’otgan nutq boy, shunday taassurot kam bo’lgan nutq qashshoqdir. Ko’pgina kishilarning og’zaki nutqida (ba’zan yozma nutqida ham) so’zlar ko’p martalab takrorlanadi. Nutqda fikrni yorqinlashtirish uchun zarur bo’lgan til vositalari ishlatilmaydi. Bunday nutqni eshitish kishiga malol keladi. Nutq so’zlovchi o’z oldiga qo’ygan maqsadni tinglovchiga to’la yetkaza olmaydi. Albatta, bunday nutq so’zlovchining tilni yaxshi egallamanganligini, o’z nutqi uchun qunt bilan mehnat qilmaganligini ko’rsatadi. Jahon adabiyotiga katta hissa qo’shgan ko’pgina olimlarning so’z boyligi uslubiy jihatdan o’rganilib chiiqlgan. Masalan, rus shoiri A.Pushkin o’z asarlarida 21197 so’zdan, SHekspir 20000 so’zdan, Servantes 18000 so’zdan, Abdulla To’qay 14000 so’zdan, Abay esa 6000 so’zdan foydalangan. Navoiyshunos yosh olim Bafoyevning ma’lumotiga ko’ra, ulug’ bobomiz Alisher Navoiy so’z ishlatish borasida ham tengi yo’q shaxs bo’lgan. Uning asarlarida taxminan 1376667 so’z ishlatilgan. Bu tadqiqotchining xabar berishicha, birgina «G’aroyibus-Sig’ar» ning o’zida 7669, «Farhod va Shirin» da 5431so’z turli ma’nolarda qo’llanilgandir. O’zbek adabiyotining yirik namoyandasi Oybekning so’z xazinasi 25000 birlikdan iborat bo’lgan. Abdulla Qahhor 22000 so’zdan foydalangan. Umuman olganda, hozirgi zamonning oliy ma’lumotli yetuk kishisi o’z nutqiy faoliyatida 10- 12000 til birligidan foydalanishi mumkin. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling