Nutq oliy psixik funksiya sifatida va uni baxolash reja
Ko`chirib yozish jarayoni
Download 184.5 Kb.
|
1 мавзу психо педагогик дианостика
1. Ko`chirib yozish jarayoni:
- qay tarzda ko`chiradi: butun so`zlar bilan, xarflab, talaffuz qilib turib va h.k.; - ko`chirishni nimalar qiyinlashtiradi; - xatolar xarakteri, o`zini nazorat qilish. Chcharchashning yozishga ta`siri. 2. Mustaqil yozish: - alohida so`zlarni, gaplarni yozish; - diktovka ostida yozish, yozish sur`ati, xarakteri, xatolar; - yozma nutqdan mustaqil foydalanish (o`z fikrni yozma ifodalash). HisoblashAqli zaif bolalarning hisobni o`zlashtirib olishlari qator o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, bular aqli zaif bolalarni hisoblashni o`rganishda qiynaladigan, ammo intellekti normadagi bolalardan farq qilishga yordam beradi. Bunda har erdagidek tekshirishning vazifasi-sabablarni aniqlashdir. Ko`pincha komissiyaga bolani yuz ichida hisoblashni biladi deb yuboradilar, haqiqatdan esa u xatto besh ichidagi sonlar haqida ham tasavvurga ega bo`lmaydi. Aqli zaif bolalarda ko`pincha mexanik malakalar shakllangan bo`lib, ular haqiqiy, real tasavvurlar bilan bog`lanmagan bo`ladi. Murakkab hisob ko`p hollarda predmetlarni sanash bilan mos bo`lmaydi. Aqli zaif bolalarda son haqida, sonning tuzilishi va arifmetik tushunchalar haqida aniq tasavvurlar bo`lmaydi. Aqli zaif bola ommaviy maktabda o`qiyotib boshqa bolalarga qilayotganlarga taqlid qilishga harakat qiladi. Ko`pincha aqli zaif bola arifmetik tushunchalarni taqlid qilib, mexanik ravishda, hisob malakalarini ongsiz tarzda o`zlashtirib oladilar. Shuning uchun bolani tekshirishda avvalo quyidagilarga ahamiyat berish lozim: 1. Sonlar qatori haqidagi tushunchalar (to`g`ri va teskari sanash). Sonlarni tanish. 2. Miqdor haqidagi tushunchalar, so`ralayotgan sondagi predmetdlarni berish ko`nikmasi. 3. Son tuzilishi haqidagi tushunchalar. 4. Sonlar nisbati haqidagi tushunchalar (ko`p, kam, qancha). 5. Arifmetik hisob haqidagi tasavvurlar. 6. Hisoblashni amalda qo`llash, pullarni hisoblash. 7. Misol va masalalar echish. Masalani rejalashtirish. Masala shartini va echimini yozish. 8. Bolaning bilim va malakalarini u ta`lim olayotgan sinf dasturiga mosligi. Tekshirish quydagicha olib boriladi: avval bolaga maktabda o`tilgan material, so`ngra uning tushunchalariga mos material beriladi. Bolaning ko`rsatishga, tushuntirishga, baholashga, ish sur`atiga bo`lgan sunosabatiga alohida ahamiyat beriladi. Tekshirish jarayonida turli ko`rgazmali qurollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida ko`rsatilgan barcha tomonlarni kuzatish bola faoliyatining motivlarini va unda kelib chiqadigan qiyinchiliklarning xarakterini tushunishga yordam beradi. Bolaning maktab (o`quv) malakalarini tekshirayotib pedagog o`z oldiga bolaning nimani bilish yoki bilmasligini aniqlashnigina emas, balki u maqsadga yo`nalgan holda ishlay olishni, diqqatini vazifaga qarata olishni, o`ziga tanish bo`lgan materialni tushunishini va qiyinchiliklarni qay tarzda engishni aniqlash vazifasini ko`yadi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling