Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


-mavzu: K.D.Ushinskiy-bolalarga ona tilini birlamchi o„rgatish asoschisi, KD.Ushinskiy-


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

3-mavzu: K.D.Ushinskiy-bolalarga ona tilini birlamchi o„rgatish asoschisi, KD.Ushinskiy-
bolalarga ona tilini birlamchi o„qitish maqsadlari, ushbu maqsadlarni amalga oshirish 
mohiyati va mazmuni haqida 
Reja: 
1. Ushinskiyning pedagogika tizimining asosiy yetakchi g`oyasi haqida
2. Ushinskiy ona tili – xalqonalikning eng yaxshi ifodasi sifatida 
3. Ona tilining bola psixologik kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning 
vujudga kelishining bosh manbai. 
 
Tayanch tushuncha va iboralar: maktabagcha pedagogika, So‘z imkoniyatlari
fikrni ifodalash, ona tilining boyliklari, til qonunlari, ―Ona tili‖ kitobi, farzand tarbiyasi, kitobxonlik.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus burjua-demokratik pedagogikasi, xususan, 
maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash 
nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta‘lim muammosi bilan bog‘lagan. 
Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g`oyasi xalqona tarbiya g‘oyasi 
hisoblanadi, bunda har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shart-
sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. 
Ushinskiy ona tili – xalqonalikning eng yaxshi ifodasini tan olgan hamda ta‘lim va 
tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. 
Ona tilining bola psixologik kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning 
vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta‘limot K.D.Ushinskiy pedagogik ta‘limotida 
markaziy o‘rinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. 
K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan: 
I. So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish; 
II. Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, 
bolalarni ―ona tilining boyliklarini egallash‖ga jalb qilish. 
III. Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish
4

Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning 
o‘zida erishiladi. 
1861 yilda Ushinskiyning ―Ona tili‖ nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin 
Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik 
g‘oyalari hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘qish 
kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. ―Ona tili‖ kitobi nafaqat bilimlar 
qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. 
Uning birinchi qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez 
aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she‘rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta 
hikoyasi joy olgan. 
Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondoshlari – Tyutchev, Nekrasov, 
Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek Karamzin, Lermontov, Krыlov asarlari bilan tanishtirdi. 
Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi 
bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar 
tomon boshlab boradi. 
4
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. ―Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi‖. T., ―Istiqlol‖, 
2006. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim 
xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligini, 
o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta‘kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning 
turli shakllarini taklif qilgan: 

bolalar hayotidan hikoyalar; 

bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-
biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar

suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, 
tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi; 

bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar. 
K.D.Ushinskiyning til va uning bolani ruxan shakllanishida tutgan o‘rni haqidagi 
ta‘limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim 
ahamiyatga egadir. 
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta‘limot – metodikaning nazariy asoslari 
ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa 
bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini 
berdi. 
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta‘limiga qadar boshlanadigan ish sifatida 
alohida bo‘limga ajratilgan. 
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni 
va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz 
tomonidan to‘g‘ri va faol rahbar lik qilishni talab qiladi. 
4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbar lik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi 
o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda 
ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan. 
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma‘naviy va estetik xis-tuyg‘ulari bilan birgalikda 
rivojlantirishni ta‘minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan. 
K.D.Ushinskiy shunday yozadi; «Bola ona tilini o‘rganar ekan, u faqat shartli 
tovushlarnigina o‘rganmaydi. Balki ona tilining ona ko‘kragidan ma‘naviy hayot va kuchni 
ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir 
emas, u atrofdagi odamlar harakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini 
shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari, 
xalq she‘riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetika bunga qodir emas, nihoyat u 
bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, adbatta, boshqa biron-
bir faylasuf bunga qodir emas»
5
. Buyuk pedagogning ushbu so‘zlarida nafaqat ona tilini 
o‘zlashtirish natijalari, balki uni o‘rganish metodi: «nafaqat ko‘p narsani o‘rgatadigan, balki 
hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo‘lmaydigan metod asosida o‘qitadigan»

o‘qituvchi tiliga ishonch ko‘rsatib berilgan. 
Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar 
ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi. 
Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o‘zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini 
qo‘yadi. Yoshi o‘sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli 
ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she‘r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. 
Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur. 
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida 
bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko‘rib chiqamiz. 
5
Ушинский К.Д. Избранные педагогические сочинения. Т., М., 1974, 148-бет. 
6
Ўша жойда, 149-бет. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling