Nutq o‘stirishning dolzarb masalalari


Download 157.98 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi157.98 Kb.
#1197909
Bog'liq
NUTQ O‘STIRISHNING DOLZARB MASALALARI

NUTQ O‘STIRISHNING DOLZARB MASALALARI


O‘yin va mashq turlari.
1. Artikulyatsion apparat organlari harakatini aniqlash va o‘stirish uchun o‘yin mashqlar.
Mashq: “Qor parchalar uchyapti”.
Bolalarga ipga osilgan kichik-kichik paxta bo‘­laklari tarqatiladi. Bolalar “qor parchalar”iga sekin puflab, shamolni aks ettirishlari kerak. Ularning yonoqlarini shishirmasdan, uzoqroq va bir xilda puflashlari nazorat qilib turiladi.
Bolalar arg‘imchoqning qanday uchishini  yod­ga olishadi, keyin ularga tillarini arg‘imchoqday uchirish taklif etiladi. Bolalar og‘izlarini ochib, keyin tillarini pastki tishlari orqasiga tushiradilar (pastga), keyin esa tepa tishlariga (tepaga) ko‘taradilar. Bu paytda lablar jilmayib, tishlar ko‘rinib turadi.
2. So‘zlardagi tovushni to‘g‘ri talaffuz etish va fonematik eshitishini, jumladagi tovushni to‘g‘ri talaffuz etishni tarbiyalash.
Mashq: “Nima paydo bo‘ladi?”
Tarbiyachi stol ustiga nomida “j” tovushi ishtirok etgan predmetlarni joylashtiradi (jirafa, jurnal). Bolalar ularning nomini aytadilar. Tarbiyachi buyumlarning ustini yopib, joyini o‘zgartiradi va yana nomida “j” tovushi ishtirok etgan yangi bir narsani qo‘shib qo‘yadi (masalan, jo‘ja). Narsalar ustini ochayotib qanday yangi narsa paydo bo‘ldi, deb so‘raydi. Keyin bolalarning o‘ziga “j” tovushli so‘zlarni topish taklif etiladi. Mash­g‘ulotda rasmlardan ham foydalanish mumkin.
Endi bolalar bilan artikulyatsiya mashg‘ulotini o‘tkazamiz. Avval unli tovushlarni aytib chi­qamiz: i, e, a, o, o‘, u.
So‘ng unli tovushlarga ba’zi aytilishi qiyin bo‘lgan undosh tovushlarni qo‘shib aytamiz:
Tri-tre-tra-tro-tro‘-tru-tri.
Pti-pte-pta-pto-pto‘-ptu-pti.
Chi-che-cha-cho-cho‘-chu-chi.
Mni-mne-mna-mno-mno‘-mnu-mni.
Kichkintoylarda ko‘zga tashlanadigan narsa kattalar bilan bo‘ladigan muloqotdagi tortin­choqlikdir. Bu shu bilan ifodalanadiki, berilgan savolga bola bir xil tarzda “ha” yoki “yo‘q” deb javob beradi. Qanday qilib jajjilardagi tortin­choq­likni yo‘qotish mumkin? Buni o‘yinlar orqali bartaraf qilish imkoni bor. Aynan o‘yinda kichkintoylar muloqot erkinligini egallaydilar. Shuningdek, bola xato qilishdan cho‘chimaslikni o‘r­ganadi. Agar nutq o‘stirish mashg‘ulotlari badiiy-estetik turdagi omillar bilan (ertak, afsona) uy­g‘un tarzda olib borilsa, bolalardagi ijod­korlik ko‘proq namoyon bo‘ladi.



Download 157.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling