Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari


Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini


Download 66.49 Kb.
bet7/8
Sana07.10.2023
Hajmi66.49 Kb.
#1694679
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutq o’stirishning psixolingvistik va ta\'limi asoslari

Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini - til elementlari va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini o‘z ichiga oluvchi harakatchan, funksional tizimlarni shakllantirish sifatida qaraladi. Bu til umumlashtirmalari negizida yaratiladigan individual til tizimidir. Turli yosh bosqichlarida turli til vositalarini, ya'ni: nutq tovushlari, leksik-grammatik materiallar va boshqalarni o‘zlashtirishda bolalar nutqida individual farqlar kuzatiladi. Shuningdek, bolalar nutqi shakllanishining asosiy bosqichlarida ham individual farqlar kuzatiladi.
Bolalar tili nafaqat kattalar tilining dastlabki bosqichi, balki o‘z xususiy qonunlariga bo‘ysunadigan to‘la mustaqil tuzilmalar hamdir.
Bola nutqi - bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy).
Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, «o‘z-o‘zidan harakatga kelishi» bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Qayd etish lozimki, olimlar fikriga ko‘ra, o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonlari nafaqat nutqda, balki mutlaqo bolalar faoliyati bo‘lmish o‘yinlar va bolalar qiziquvchanligi jarayonida ham yorqin namoyon bo‘ladi (N.N.Podyakov) hamda u kattalar rolini inkor etmaydi: kattalar bolalarning faolligiga javob beradi, bolaga e'tiborini qaratgani holda uni faoliyatga, muloqotga chorlaydi.



Download 66.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling