Nutq tovushlarining umumiy tavsifi


II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra


Download 188 Kb.
bet8/9
Sana18.03.2023
Hajmi188 Kb.
#1283439
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida undoshlar tavsifi fizik-akustik, anotomik- fiziologik va funksional-fonologik aspektlar

II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til orqa: k,g,ng. d) chuqur til orqa.
2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) lab-lab undoshlari: b,p,m. B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish
undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi.
3Bo’g’iz undoshlari:h
III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.
2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.
Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.

  1. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.

Nutq a’zolari ishtirokida hosil bo’ladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari, birinchidan, bo’g’iz boshlig’ida tovush paychalarining tebranishidan hosil bo’ladigan ovozdan, ikkinchidan, og’iz boshlig’ida nutq organlarida hosil bo’ladigan shovqindan iborat.
Demak, nutq a’zolarining ishtiroki hamda ovoz va shovqin o’rniga ko’ra nutq tovushlari ikki turga bo’linadi. 1.Unli tovushlar. 2.Undosh tovushlar. Ovozdangina hosil bo’lib, og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydigan nutq tovushlari unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida unli fonemelar soni oltita: a, i, e, o’, o. Unli fonemalar uch tomondan tasnif etiladi: 1.Tilning to’g’ri (gorizontal) harakatiga ko’ra:

  • Tili oldi (old qator) unlilar:a,e,I;

  • Til orqa ( orqa qator) unlilar:o,o’,u.

2. Tilning tanglay tomon ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra:

  • Yuqori ko’tarilish (tor) unlilar: i, u.

  • O’rta ko’tarilish (o’rta keng) unlilar: e, o’.

  • Quyi ko’tarilish (keng) unlilar: a, o.


3.Lablarning ishtirokiga ko’ra:

  • Lablangan unlilar: u, o’, o.

  • Lablanmagan unlilar: a, e, i. Unli fonemalar o’zining quyidagi muhim belgilari bilan undoshlardan farq qiladi.Unlilar faqat un (ovoz)dan hosil bo’ladi; Og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydi; Un paychalari tebranadi; Og’iz ochilishi darajasi har xil bo’ladi. Ohangdor bo’ladi; Unlilar cho’zib talaffuz qilish mumkin va boshqalar. Har bir til o’ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vokalis – ovoz) deyiladi. Unli va undosh tovushlar o’zaro munosabatda bo’ladi, ammo ularning qaysi biri yetakchi hisoblanadi?Aslida til uchun ularning har ikkalasi ham teng qimmatga ega, ular tilning asosiy birligi-so’zlarni hosil qilishda bir xil xizmat qiladi. Lekin nutq jarayonida unlilar undoshlarga nisbatan salmoqli o’rin tutadi. Bu esa unlilarning ovozdorligi bilan belgilanadi.Unli fonemalar tavsifi: A unlisi til oldi, keng, lablanmagan fonemadir.bu unli so’zdagi o’rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi. Masalan, qala, dala, ana, mana kabi so’zlarda til oldi, q, g’,x kabi til orqa tovushlar bilan yonma-yon kelgan qars,qalin,g’araz, xari kabi so’zlarda orqa qator unli tusini oladi.I unlisi til oldi, tor, lablanmagan fonema,so’zning turli o’rinlarida turlicha aytiladi. Masalan: siz, biz, idish, ildiz kabi so’zlarda i old qator tovushdir; qiz, qimiz, qilich, qing’ir, g’isht kabi so’zlarda til orqa tovush tarzida aytiladi. E unlisi o’rta keng, til oldi, lablangan tovushdir. Bu unli ayrim so’zlar tarkibida itovushi bilan almashib turadi. Masalan: elektr-iliktr, mehmon-mihmon, deyman-diyman.O unlisi keng til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli ham urg’usiz bo’g’inlarda, ko’pincha, ruscha so’zlar tarkibidai tovushiga aylanadi. Masalan: traktor-traktir, rector-rektir kabi. O’ unlisi o’rta keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli soda so’zlarning birinchi bo’g’inida keladi. Masalan: o’g’ri, to’g’ri, o’rin, o’g’il, o’qish.U unlisi orqa qator, tor va lablangan tovushdir, bu unlini talaffuz qilganda, tilning to’g’ri gorizontal harakati tanglay orqasiga qaratilgan bo’ladi.

O’zbek tilidagi unli tovushlarni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin.

Tilning to’g’ri (gorozontal) harakatiga ko’ra.

Tilning ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra

Lablarning ishtirokiga ko’ra

Til oldi
(old qator)

a,i,e

Tor unlilar

i ,u

lablangan

o, u, o’

Til orqa
(orqa qator)

o,y,u

Orqa keng

e,o’, a, o

lablanmagan

a ,i ,e

So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlash-tiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Ona tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:


1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, ) undoshdan keyin o 'rta keng lablan-magan unli tarzida o'qiladi (kel, tez).
Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. 0 harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda о kabi, muomala, munosabat kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. U lar quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo ‘ja ), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng. Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Tovush tasnifi
Unli tovushlar tasnifi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: a, o, i, e, o', u.
Ular quyidagicha tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko'ra;
2) tilning vertical harakatiga ko'ra;
3) lablarning ishtirokiga ko'ra.
1. Tilning gorizontal harakatiga ko' ra unlilar ikkiga bo' linadi:
a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a ;
b)til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o', o
Bunday bo'linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni talaffuz qilganda esa , tilning orqa qismi harakatga kelib , ko'pincha yumshoq tanglay tomon yo'naladi.
2. Tilning vertikal harakatiga ko'ra unlilar uchga bo'linadi:

  1. yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u;

  2. o'rta (o'rta keng) unlilar:
    c) quyi (keng) unlilar: a, o.Unli tovushlarning tilning vertikal harakatiga ko'ra tasnifida tilning tanglayga tomon ko'tarilishi va tushishi, og'izning ochilishi darajasi hisobga olinadi. Chunonchi, i, u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin tur adi, shuning uchun og'izning ochilish darajasi tor bo'ladi; a, o tovushlarini hosil qilishda esa til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun og'izning ochilish darajasi ham keng bo'ladi; e, o' tovushlarini hosil qilishda til va tanglay o'rtasidagi oraliq o'rtaga bo'ladi, ya'ni tor ham emas, keng ham emas. Shunga ko'ra, og'izning ochilishi ham o'rtacha keng darajada bo'ladi.
    3. Lablarning ishtirokiga ko'ra unlilar ikkiga bo'linadi:
    1) lablangan unlilar: o', u, (o oraliqdagi)
    2) lablanmagan unlilar: a, i, e
    Undosh tovushlar tasnifi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, j
    (joy so'zidagi kabi) j (j: jurnal so'zidagi kabi) z, y, k, l, m, n, ng (tong so'zidagi kabi)p, r, s, t, f, x,
    ch, sh, q, g', h. Undosh tovushlar un paychalarining harakati (taranglashish) holatiga va og'iz
    bo'shlig'ining qayerida to'siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iborat bo'lishi yoki ovozning
    shovqinidan ustunligiga qarab bir-biridan farqlanadi va shunga ko'ra quyidagicha tasniflanadi:

1) hosil bo'lish (artikulyatsiya) o'rniga ko'ra;
2) hosil bo'lish (artikulyatsiya) usuliga ko'ra;
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra;
4) tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra.
5) tarkibiga ko’ra
Jumla fonetik tushuncha bo'lsa, gap grammatik tushunchadir. Jumlani ohang butunligi deb, gapni esa grammatik butunlik deb tushunamiz. Jumlani taktlarga, gapni esa ega, kesim, aniqlovchi va h.k., bo'laklarga ajratamiz.
Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik m ashqlar yordamida ko'nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida
mustahkamlanadi. Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. O 'quvchilar bu harf birik-malarini bir yaxlit tovush sifatida o'qish va yozishga ko'nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi.

Xulosa
Undosh tovushlarni tasniflash ancha murakkab, chunki dunyo tillarida unli tovushlarga qaraganda ko'proq undosh tovushlar mavjud.
Shovqinli - xunuk. Har qanday tilning undosh tovushlari undosh tovushlarning ikkita katta sinfini ajratib turadi: shovqinli, ya'ni shakllanishida asosiy rol shovqin bilan o'ynaydigan tovushlar va ohangi, ya'ni tovushlar, ularning shakllanishida asosiy rolni vokal simlari tebranganda paydo bo'ladigan tovush o'ynaydi.
To'siqning mohiyati va uni qanday engish haqida undoshlarning farqi. Undosh tovushlar o'pkadan keladigan havo oqimi uchun qanday nutq a'zolarini shakllanishiga qarab farq qiladi. Agar nutq organlari yopiq bo'lsa, u holda havo oqimi ularni ochadi. Natijada,  urg'u yoki portlovchi undoshlar. Agar nutq organlari yopiq emas, faqat birlashtirilsa, ular orasidagi bo'shliq qoladi. Bu bo'shliqqa havo oqimi o'tadi, havo shakllanishining xarakterli ishqalanishi va shu shovqin natijasida paydo bo'ladigan undosh tovushlar deyiladi. tirqishli (so'z bo'shlig'idan) yoki frikativ (lotincha fricare so'zidan - "silamoq", chunki havo bo'shashgan nutq a'zolaridagi bo'shliqni qoplaydi). Turli tillarda portlovchi xususiyatlarini uyg'un undoshlarning xususiyatlari bilan birlashtirgan shunday undosh tovushlar mavjud. Bunday undosh tovushlar portlovchi element bilan boshlanib, uya elementi bilan tugaydi. Ularga affikslar deyiladi. Rus affiksi q portlovchi t va kesikli c, affiksion h - portlovchi t va kesikli wlardan iborat. Affikatlar ingliz (Georg), nemis (deutsch) va boshqa ko'plab tillarda mavjud.
Obstruktsiya shakllanish usuliga ko'ra titroq ovozli tovushlar ham ajralib turadi, ularning shakllanishida o'pkadan chiqadigan havo oqimi buzilib, juda zaif kamon paydo bo'lgunga qadar faol nutq organi bilan passiv bilan davriy yaqinlashishi natijasida obstruktsiya hosil bo'ladi.
Agar undosh mintaqadagi farqlarning birinchi seriyasi o'pkadan keladigan havo oqimi yo'lidagi to'siqlarning tabiati bilan belgilanadigan bo'lsa, unda farqlarning ikkinchi qatori bilan bog'liqdir. faol nutq organlarining faoliyati - til va lablar. Ushbu ketma-ket farqlarga ko'ra, undosh tovushlar til va labialga bo'linadi. Tilning old qismi lingvistik artikulyatsiyalarda ishtirok etganda, oldingi til undoshlari paydo bo'ladi. O'rta til va posterior lingual undoshlar ham mumkin.
Kesish bundan keyin amalga oshiriladi: oldingi til undoshlari orasida tish, masalan, t, va alveolalar mavjud, masalan, w). O'rta tildagi undosh tovushlarni artikulyatsiya qilish paytida tilning orqa qismi ko'tarilib, qattiq osmonga yaqinlashadi (masalan, ich, Recht kabi so'zlarda nemischa Ich-Laut deb ataladi). Orqa tilli tovushlarni ifodalashda tilning orqa qismi yumshoq tanglayga birlashadi. Ruslar uchun g, x, orqa tillar. Ushbu undosh guruhga lingvistik undoshlardan tashqari labial undoshlar ham kiradi, ular o'z navbatida labio-labial (bilabial, masalan, rus n) yoki labio-tishli, masalan, c) ga bo'linadi. Labio-labial va labio-tish o'rtasidagi farqni eksperimental ravishda aniqlash oson: buning uchun siz rus tilidagi n va c tovushlarini bir necha bor talaffuz qilishingiz kerak.
Undosh tovushlar tizimidagi farqlarning uchinchi qatori palatalizatsiya (lotincha palatum - qattiq tanglay) deb nomlanadi. Palatalizatsiya yoki yumshoqlik tilning o'rta va old qismini qattiq tanglayga ko'tarilishining natijasidir. Har qanday undosh tovushlarni palatalizatsiya qilish yoki yumshatish mumkin, o'rtacha so'zlashuvchilar bundan mustasno. Palatalizatsiya qilingan undoshlarning mavjudligi rus fonetikasining ajoyib xususiyati hisoblanadi.



Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling