Nutq tovushlarining umumiy tavsifi
O’quvchilarni tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish
Download 50.07 Kb.
|
UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI O‘RGANISHDA LEKSIK MASHQLARNI TASHKIL ETISH.
2.2. O’quvchilarni tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish
Unli tovushlar – ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotincha: vocalis – unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi. Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari – i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari – o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o). Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi. Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi. Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak: 1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish. 2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish. 3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish. 4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga). SHunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur. O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi. O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, kitobi – kitob. Bo’g’in ustida ishlash Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar. I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi: Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi Savod o'rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o'zlashtira boradilar, ya'ni ularga mavzu tushintirilmaydi. bolalar og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o'quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o'rganiladigan mavzularni o'zlashtirishga tayyorlanadilar. Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda ko'p ismlarni o'qiydilar va kishilarning ismlari o'qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o'zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o'rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o'zlashtirishga tayyorlanadilar.Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o'zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog'-bog'bon, kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish esa bolalarni "O'zakdosh so'zlar" mavzusini o'zlashtirishga tayyorlaydi. Propedevtik mashqlar tizimi boshang'ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til qoidalarini, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so'zlar bilan bog'langanda o'zgarishini kuzatish tajibasi to'plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o'quvchilar nazariy umumlashmalarni o'zlashtiradilar, bular asosida esa gramatik tushincha va arfografik qoidalar shakllanadi. Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa -aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o'qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to'g'ri yozishga oid amaliy bilimlar savod o'rgatish davridan boshlab shakllantiriladi.O'quvchilarda nutq, uning og'zaki va yozma shaklda bo'lishi, nutqning gaplardan hosil bo'lishi va gap haqida amaliy tushincha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun o'qituvchi rasm yuzasidan O'quvchilar javobi gap nusxasi xattaxtada quyidagicha tasvirlab beriladi. O'quvchilar javobidan nima hosil bo'lgani aniqlanadi. So'ng o'qituvchi xattaxtada hikoyaning nusxasi chizilganini aytadi. o'quvchilar nusxalarni kuzatadilar.O'qituvchi birinchi nusxa 1-berigan savolning - gapning javob gapi ekanini aytadi. So'ngra o'quvchilarga nechta savol berilganini aniqlash topshirig'i beriladi. Ularga "Chiziqning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga nima qo'yilgan?" kabi savollar bilan murojat qilinadi. Ular "3 ta savol-3 ta gap berilgan edi, shuning uchun 3ta javob -3ta gapning nusxasi chizilgan" deyishadi. O'quvchilarning javobi hisobga olgan holda gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan ko'rsatilishi, oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgisi nuqta qo'yilgani tushintiriladi. o'quvchilarning javobini tartiblashtirib va to'ldiri, quyidagicha xulosa chiqariladi. Demak nutqning gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2,3,4 ta va undan ham ko'p gap bo'ladi. gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga nuqta qo'yiladi. Navbatdagi darslarda gapning boshqa xuo'tilayotgan mavzu va rasmlarga bog'liq holda o'rgatib boriladi. Umuman, xat-savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozuv darslarida gap, gapning so'zlardan tuzilishi, gapda so'zlarning alohida alohida yozilishi gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so'roq, undov belgisi qo'yilishi, gapning birinchi so'zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushincha beriladi. Gap yuzasida quyidagicha mashq turlarida foydalanish mumkin: 1. O'qituvchi va o'quvchilardan biri aytgan gapni o'quvchilarning xattaxtada chizma shaklida tasvirlashi va tushintirishi. 2. o'qituvchi tavsiya qilgan gap chizmasini o'quvchilarning izohlashga va unga mos gap tuzishi. Bunda o'qituvchi tuzadigan gap alifbe va yozuv daftarlaridagirasmlar asosida bo'ladi. 3. Berigan mazmunli rasm asosida tuzilgan hikoyadan o'rganilayotgan tovush-harf qatnashgan so'z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi xattaxtada chizdiriladi. Shundan so'ng o'sha so'z bo'g'in -tovush jihatdan tahlil qilinadi. 4. Rasm asosida uzilgan hikoyadan istalgan gapning chizmasini xattaxtada ifodalash. Bunda o'quvchilarning gapni bir butin holda xotirasida saqlagani, gapga xos xususiyatlarni ongli o'zlashtirgani aniqlanadi. Bu jarayonda bir necha o'quvchiga bir necha gap chizmasi chizdirilishi mumkin. 5. Hikoyadan berilgan chizmaga mos gapni ajratib olish va izohlab berish. 6. Hikoyadagi har bir gapning nusxasini chizdirish. Hikoya dastlab 2-3, so'ng 4-5 gapli bo'lishi zarur. Tuzilgan hikoyani o'qituvchi qayta aytib turadi, o'quvchilar bittadan uni xattaxtada ifodalaydi. Hikoyaning nusxasi shu tariqa xattaxtada o'z isodasini topadi. So'ngra ularga har bir kartochkani o'z o'rniga qo'yib, gab tuzish va tushintirib berish topshirig'i beriladi. Bunday topshiriqlar o'tirgan o'quvchilarga kartochkalarda bajarilishi mumkin. Hech bo'lmaganda o'quvchilarning to'g'ri bajarilgan-bajarilmaganini so'rash lozim. Gapni so'zlar qo'shib kengaytirish va uni chizmada ifodalash. Bunda o'qituvchi gapdagi narsalarning belgilarini topishga undovchi savollar beri b turiladi. (Qanday? olmalar, qachon? terdi, qayerdan? terdi va shu kabi). Bunday ishlarni o'quvchining bilish faolligini oshiradi, darsga qiziqish uyg'otadi. Bu jarayonda o'quvchilar gapning yozilishi bilan bog'liq imloviy bilimlarni egallab boradilar, ularning gapni to'g'ri tuzish malakalari rivojlanadi, hikoyada (matnda)gaplar bir-biri bilan mazmunan bog'liq bo'lishini anglashga tayyorlab boradi. Yuqoridagi mashqlar savod o'rgatish darslari davomida izchil uyushtirib boriladi. Bu xil mashqlar o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan tipik xatolarni xatolarning (gap chegarasining farqlamaslik) oldini olish imkonini yaratadi. O'quvchilar gapning ohangiga, to'ztamlariga e'tibor berib, uni chegaralab olishga o'rganadilar. So'z ustida ishlash. Bu yo'nalishda quyidagicha ishlar amalga oshiriladi. 1. So'zning to'gri, adabiy-arfoepik talaffuzi va o'qilishini o'rgatish. 2. So'z ma’nolarini tushintirish. 3. O'quvchilar nutqiga yangi so'zlarni kiritib borish, ya'ni lug'atini boyitish. 4. So'zlarni adabiy jihatdan to'g'ri qo'llashga o'rgatish. 5. Berilgan so'zni imlo jihatdan to'gri yozishga o'rgatish. Bu jarayonda mazmunli rasm asosida yoki predmetlarning o'zi yordamida har bir aytilayotgan nom so'z ekanligi tushintiriladi, "so'z" tushinchasi shakllantiriladi. Bu o'rinda gapning so'zlardan tuzilishi aytib o'tiladi. "Bo'g'in" mavzusi o'tilganda sozlarning bo'g'ilarga bo'linishini bilib oladilar. So'z ustida ishlash jarayonida quyidagicha og'zaki mashq turlaridan foydalanish mumkin. 1. Bir xil qo'shimchali so'zlardan topish. Masalan: ishla, tuzla, sozla, gulzor, mevazor paxtazor, va boshqalar. 2. Ohangdor so'zlar topish. Misol: bosh, tosh, osh, tutun, butun, kukun, va boshqalar. 3. Ma'nodosh so'zlar topish. Bunda darslikdagi matndan ma'nodoshi bor so'zlar tanlab olinadi va "Bu so'zni boshqa qaysi so'z bilan almashtirish mumkin?" deb so'raladi. Masalan: vatan, yurt, el, mamlakat, diyor va boshqalar. 4. Shakldosh so'zlar topish. Bunda 2 ta gap berilib ulardagi bir xil yozilgan so'zni topish aytiladi. Soz topilgach, uning ma'nolari gaplar vositasida tushintirilib beriladi. Misol: Yozda dam oldik. Xatni qalam bilan yoz! O'quvchilarga mana shunga o'xshash misollar topish vazifasi beriladi. 5. Qarama - qarshi ma'noli so'zlar topish. Misol: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, odobli-odobsiz, katta-kichik va boshqa. 6. Ko'p ma'noli so'zlar yordamida birikmalar tuzish. Odamning ko'zi - uzukning ko'zi, taxtaning ko'zi...... Bunda o'qituvchi boshlab beradi va qator o'quvchilar tomonidan davom ettiriladi. 7. Berilgan so'zni qatnashtirib so'z tuzish. Bunda berilgan so'zni qatnashtirib gap yoki maqol aytish topshirig'i berilishi memkin. Misol: Kitob: Kitob - bilim manbai. Vatan: Men vatanimni sevaman. So'z ustida ishlash jarayonida kesma harf va kesma bo'g'ilar yordamida yozma mashqlar tashkil etiladi. 1. O'rganilayotgan sahifadagi bir bo'g'inli so'zlarni kesma harflardan tuzish va o'qish: nok, nay, osh, oy, ip, tom, do'st, qand, baxt va boshqa. 2. Ustunchadagi ikki va uch bo'g'inli so'zlarni kesma harf va kesma bo'g'inlardan tuzish va o'qish. Misol: t-to-mon, o-ta, mit-ti.Bir soz asosida bir necha so'z tuzish va o'qish: 4. Berilgan so'zning bo'g'inlarini yoki ayrim harflarini almashtirib, yangi so'z tuzish va o'qish. Misol: osmon-somon, Zilola-Hilola, qovoq-tovoq va boshqa. 5. So'z bo'g'inlaridan yoki harflardan birini olib tashlab, yangi so'z hosil qilish va uni o'qish. Misol: Noila-nola ( yoki oila), guldon-don (yoki gul), ziyrak-zirak va boshqa. 6. Berilgan so'zga -chi, -la, -zor qoshimchalarini qo'shishhosil bo'lgan yangi so'zning ma'nosini izohlash. Misol: ish-ishchi, ishla, gul-gulchi, gulzor, va boshqa. 7. So'zga harf, bo'g'in yoki tutuq belgisi qo'shib, yangi so'z hosil qilish va uni o'qish: O't-o'tloq, bog'-bog'bon,bil-bilim, sher-she'r va boshqa. 8. Berilgan chizma asosida so'zlar tuzish va ularni o'qib, ma'nosini izoxlash, Misol: Bu chizma asosida qush-qushcha, do'p-pi, ruch-ka, kabi so'zlar tuziladi. O'yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari o'quvchilarning lug'atini boyitish bilan birga, o'qishga qiziqish uyg'otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va so'zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Nutq a’zolari ishtirokida hosil bo’ladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari, birinchidan, bo’g’iz boshlig’ida tovush paychalarining tebranishidan hosil bo’ladigan ovozdan, ikkinchidan, og’iz boshlig’ida nutq organlarida hosil bo’ladigan shovqindan iborat. Demak, nutq a’zolarining ishtiroki hamda ovoz va shovqin o’rniga ko’ra nutq tovushlari ikki turga bo’linadi. 1.Unli tovushlar. 2.Undosh tovushlar. Ovozdangina hosil bo’lib, og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydigan nutq tovushlari unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida unli fonemelar soni oltita: a, i, e, o’, o. Unli fonemalar uch tomondan tasnif etiladi: 1.Tilning to’g’ri (gorizontal) harakatiga ko’ra: Tili oldi (old qator) unlilar:a,e,I; Til orqa ( orqa qator) unlilar:o,o’,u. 2. Tilning tanglay tomon ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra: Yuqori ko’tarilish (tor) unlilar: i, u. O’rta ko’tarilish (o’rta keng) unlilar: e, o’. Quyi ko’tarilish (keng) unlilar: a, o. 3.Lablarning ishtirokiga ko’ra: Lablangan unlilar: u, o’, o. Lablanmagan unlilar: a, e, i. Unli fonemalar o’zining quyidagi muhim belgilari bilan undoshlardan farq qiladi.Unlilar faqat un (ovoz)dan hosil bo’ladi; Og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydi; Un paychalari tebranadi; Og’iz ochilishi darajasi har xil bo’ladi. Ohangdor bo’ladi; Unlilar cho’zib talaffuz qilish mumkin va boshqalar. Har bir til o’ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vokalis – ovoz) deyiladi. Unli va undosh tovushlar o’zaro munosabatda bo’ladi, ammo ularning qaysi biri yetakchi hisoblanadi?Aslida til uchun ularning har ikkalasi ham teng qimmatga ega, ular tilning asosiy birligi-so’zlarni hosil qilishda bir xil xizmat qiladi. Lekin nutq jarayonida unlilar undoshlarga nisbatan salmoqli o’rin tutadi. Bu esa unlilarning ovozdorligi bilan belgilanadi.Unli fonemalar tavsifi: A unlisi til oldi, keng, lablanmagan fonemadir.bu unli so’zdagi o’rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi. Masalan, qala, dala, ana, mana kabi so’zlarda til oldi, q, g’,x kabi til orqa tovushlar bilan yonma-yon kelgan qars,qalin,g’araz, xari kabi so’zlarda orqa qator unli tusini oladi.I unlisi til oldi, tor, lablanmagan fonema,so’zning turli o’rinlarida turlicha aytiladi. Masalan: siz, biz, idish, ildiz kabi so’zlarda i old qator tovushdir; qiz, qimiz, qilich, qing’ir, g’isht kabi so’zlarda til orqa tovush tarzida aytiladi. E unlisi o’rta keng, til oldi, lablangan tovushdir. Bu unli ayrim so’zlar tarkibida itovushi bilan almashib turadi. Masalan: elektr-iliktr, mehmon-mihmon, deyman-diyman.O unlisi keng til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli ham urg’usiz bo’g’inlarda, ko’pincha, ruscha so’zlar tarkibidai tovushiga aylanadi. Masalan: traktor-traktir, rector-rektir kabi. O’ unlisi o’rta keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli soda so’zlarning birinchi bo’g’inida keladi. Masalan: o’g’ri, to’g’ri, o’rin, o’g’il, o’qish.U unlisi orqa qator, tor va lablangan tovushdir, bu unlini talaffuz qilganda, tilning to’g’ri gorizontal harakati tanglay orqasiga qaratilgan bo’ladi. O’zbek tilidagi unli tovushlarni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi. I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Download 50.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling