Nutqda haqorat semasiga EGA noverbal komponentlarning semantik tahlili
Download 39.12 Kb.
|
REJA: NUTQDA HAQORAT SEMASIGA EGA NOVERBAL KOMPONENTLARNING SEMANTIK TAHLILI Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi……….. ……………………………3 1. Nutqda haqorat semasiga xos nazariy qarashlar……………………………………….. 2. Nutqda haqorat semasiga uslubiy xususiyatlari……………………………………… 3. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida nutqda haqorat semasiga uslubiy xoslanishi………. Xulosa ……………………………………………………………………….14 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..15 KIRISH. KURS ISHINING UMUMIY TASNIFI. Mavzuning dolzarbligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarni ijodiy tafakkur sohibi qilib yetishtirishni ta’lim tizimi oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa qilib qo‘ydi. Zero, mustaqil va ijodiy fikrlashni o‘rgangan shaxs, til imkoniyatlarining bitmas-tuganmas xazinasidan foydalanish sinoatlarini mukammal egallagan yosh avlodgina buyuk kelajakni yaratishga, milliy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘llarini belgilab berishga qodir bo‘ladi. Ta’lim jarayonida yoshlardagi ilmiy g‘oya va iqtidorni shakllantirish, an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, vatan taraqqiyoti, ravnaqi yo‘lida jon olib jon beradigan vatanparvar, ijodkor-u tadbirkor, komil-u fozil yosh avlodni tarbiyalash muammosi ona tili va adabiyotning bosh vazifasi ekanligini unutmasligimiz kerak. Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar jamiyat va taraqqiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Chunki odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boradi. Shuning uchun muhtaram Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyev “Hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi1” – degan edilar. Maqsud Shayxzoda o‘zbek tili ifoda imkoniyatlarini juda chuqur bilgan, uning ifoda imkoniyatlaridan mohirona foydalana olgan talantli yozuvchi edi. Til birliklarining ma’noli qismlarini – semalarini, ularning birika olish imkoniyatlarini – valentligini juda chuqur bilar, uslubi betakror, o‘ziga xos edi. Adib asarlari juda ko‘p tadqiqotlar uchun manba bo‘ldi. Ushbu masala to‘g‘risida tadqiqotlarda, ta’lim bosqichlarida masalaning o‘rganilishi sohasida turli-tuman qarashlar, yondashuvlar yuzaga keldi. Ularni tahlil qilish va o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 39.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling