Nutqida kamchiligi bor bolalar bilan ishlash


Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin


Download 8.22 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi8.22 Kb.
#1553798
1   2   3
Bog'liq
Mujassam nuqsonli bolalar ularning taʼrifi

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.

Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:

1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlar.

Organik nutq buzilishlar o`z navbatida ma`lum joyning zararlanishiga ko`ra markaziy va periferik xarakterda bo`ladi.

Funksional buzilishlar: bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a`zolar tuzilishida hech qanday o`zgarishlar bo`lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga: dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi.


Pereferik buzilishlar: artikulyatsion apparatning noto`g`ri tuzilish yoki buzilishi va pereferik nerv artikulyatsion organlar inervasiyasining buzilishdan kelib chiqadi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasining u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga alaliya, afaziya, dizartriya kabi nutq kamchiliklari kiradi.

Kasallikning ichki manzarasini belgilovchi omillarga: Nuqsonning o’zi; Jabrlanuvchi inson shaxsi xususiyatlari; Uni o’rab turgan ijtimoiy muhit. Ushbu omillarning ta’siri ostida insonda o’ziga ,o’zining nutqidagi nuqsoniga , atrofdagilariga munosabati shakllanadi, o’ziga beradigan bahosi o’zgaradi, turli komplekslar , xavotir, psixosomatik buzilishlar yuzaga keladi.

Nuqsonning ichki manzarasi mazmunidan kelib chiqib :

nutq buzilishlarining oqibati va kechishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. U oiladagi munosabatlarga, bolaning o’zlashtirishiga, interpersonal (shaxslararo) munosabatlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Nuqsonning ichki manzarasini aniqlashdagi murakkabliklar bolaning yoshiga bog’liq: bola qanchalik kichik bo’lsa, nuqsonning ichki manzarasini aniqlash shunchalik qiyin. Uni aniqlashda bola va uning ota-onalari bilan suhbat, bola erkin xulqini kuzatish, pedagog, tarbiyachilar bilan intervyu o’tkazish, psixologik va ijtimoiy-psixologik tadqiqotlardan foydalaniladi.


Download 8.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling