Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada tarbiyalash. Mavzu: Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi
Download 396.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi-конвертирован-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tikuvchi
Buyurtmachi: (Kalpoqchani quyonchaga kiydirib ko’radi). Yo’q bu qalpoqcha to’g’ri kelmadi.
Quloqlari uchun teshikchalar yo’q ekan. Tikuvchi: Unday bo’lsa qalpoqchaga ikkita teshikcha quyonchangiz uchun tayyorlab qo’yaman, faqat peshindan so’ng buyurtmangizni olishga keling, (tikuvchi boshqa buyurtmalarni qabul qiladi.) Tikuvchi: Qabulimni tugataman va buyurtmalarimni bichib-tikishim kerak - deydi. Tikuvchi: Kelinglar atelьe ochildi buyurtmalaringiz tayyor bo’ldi. (Tikuvchi hamma buyurtmachilarga kiyimlarni tarqatadi, ular kiyib ko’radilar va xursand bo’lib ketadilar). O’yin oxirida logoped ijrochining nutkini va rolini baholaydi. O’yinning hamma uchun qiziqarli bulishi uchun logopedning pedagogik mahoratiga bog’liq. Logoped o’yinni shunday tashkil etishi kerakki, bunda haddan tashqari his- hayajonga berilishga, nutqning tezlashib ketishiga yul qo’ymasligi va ravon nutqni rag’batlantirish kerak bo’ladi. Sukut saqlash rejimiga qaratilgan o’yinlar. Bolalar bilan nutqsiz (gapirmasdan) didaktik o’yinlar o’tiladi. Sukut saqlash rejimi, bolani to’g’ri gapirish malakalarini shakllantirishga qaratilgandir. Nutqsiz didaktik o’yinlarga masalan «Sukut saqlashni bilasizmi?» o’yini. Bolalar 5-7 minut mozaika bilan o’ynashlari, rasm chizishlari, kubik o’ynashlari mumkin. Lekin umuman gapirmasdan sukut saqlaydilar. «Ovozni eshitish va ko’rsatish» o’yini. Bolalar ko’zlarini yumib o’tiradilar. Logoped biror ovoz chiqaradigan o’yinchoqni chaladi, masalan surnay, pobrikushka yoki childirma so’ngra bola ko’zini ochib qaysi o’yinchoq chalinganini gapirmasdan qo’li bilan ko’rsatadi. «SHifoxonada» o’yini. Logoped bolaga aytadi: - Qani qarab chiqaylikchi seni uyinchoklaringni hammasi soglommi? Mana bu ayiqchangni qo’li osilib qolibdi, quyonchangni esa qulog’i og’riyapti ularni davolashimiz kerak. Kim buni uddasidan Kim chiqa oladi? (bir bola chiqadi) Logoped: Yaxshi demak sen doktorsan! Seni o’yincholaring kasal – endi ularga tinchlik, jimjitlik kerak. (Logoped yordamida doktor bola o’yinchoqlarini davolaydi, uxlatadi isitmasini o’lchaydi, uxlatadi tezroq tuzalishi uchun barcha choralarni ko’radi). «Lekin qo’g’irchoqlar uxlayotganda hech kim gapirmasligi kerak» deb logoped tushuntiradi. O’yinga turli jihozlar shprits, fonendoskop, dorilar, bint, paxtalar kerak bo’ladi. O’yin yakunida bola «mehribon doktor» degan nomini oladi. Download 396.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling