Nutqimizda so`zlar jilosi
Download 16.29 Kb.
|
Pahlavon Mahmud
Nutqimizda so`zlar jilosi Assalom-u alaykum, adabiyot faniga, so`z san`atiga ixlos qo`ygan, azizlar. Biz siz bilan ko`hna va navqiron Xiva shahri haqida bilimlarga egamiz va juda ko`p bora sayohatlarga borganmiz, albatta.Buyuk va qudratli shaharni sayohat qilar ekanmiz, buyuk ajdodlarimiz ongi va tafakkuri, mehnati bilan yaratilgan obidalarni ko`rib, qalbimiz faxr hislariga to`ladi.Ayniqsa, xalqimiz orasida Piriyoyi Valiy, Pahlavon nomlari bilan mashhur bo`lgan Pahlavon Mahmud maqbarasiga qadam qo`yar ekanmiz, kuragi yerga tegmagan piri komil ustozdan har bir inson ruhan madad tilaydi. Chunki Xorazmda Najmiddin Kubro boshlab bergan juvonmardlik tariqatining davomchisi, nomi ellarga doston piri komil barcha pahlavonlar ustozi bo`lish bilan birga hayotda mardlik va jasurlikni o`ziga shior qilib olib,muhtojlarga beminnat yordam ko`rsatgan, o`zi uchun esa hech narsa ttama qilmaslikni targ`ib qilgan. Dedim: ayt,umrning ma`nosi nima? Dedi: chaqmoq, yo sham yoki parvona. Dedim: bu dunyoga bino qo`ygan kim? Dedi: yo go`l, yo mast yoki devona – deya olam va odam sirlarini anglashga bel bog`lagan ijodkor, ustoz Pahlavon Mahmud Qitoliy taxallusi bilan ijod qilgan.Ushbu taxallus ham pahlavonlik bilan bog`liq bo`lib, “qitol”ning ma`nosi “bir-biri bilan jang qilmoq,kurashmoq” demakdir. “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviy yaratgan ijodkor Umar Xayyomdan keyin o`z ijodini faqat ruboiylar bilan boyitgan. Uning ruboiylari o`zining soddalikda ulkan hayotiy me`zonlarning mazmunini anglata olishi bilan ajralib turadi. Xalqona iboralar, purhikmat kalomlar go`yoki shior singari ongimizga va ruhiyatimizga singadi. Ko`nglim oppoq, na kek vana kiynam bor, Dushmanim ko`p valekin, men hammaga yor Mevali daraxtman, har bir o`tkinchi Tosh otib o`tsa ham menga bo`lmas or Qora tosh sira ham bo`lmas lojuvard, Toza qalbga yuqmas also chang – u gard, Quloq solgin Puryoyvali so`ziga, Qo`rqoqlardan biron chiqqanmidi mard. Pahlovon Mahmudning pahlavonilgi Eron va Hindstondaa ham mashhur bo`lgan. Hazrat Hindston safari paytida hindular tarafida jang qilib,podsho Ray Ropayni o`limdan qutqarganda hukumdor unga qarab, “tila tilagingni” deydi. Shunda pahlavon shoir:”Shohim, unga ulkan bir teriga sig`adigan asir hamyurtlarimni bersangiz, men ularni ozod qilib, Xorazmga olib ketsam”, - deb javob qaytaradi. Shoh rozilik bergach, o`z po`stindo`zlik hunarini ishga solib, terini ingichga qilib kesib chiqadi va ulkan bir saroyning devorlariga mixlar qoqib tashlab, haligi teridan tilimlangan uzunligi behad to`rlarni mixlarga chatib chiqadi, unga hamma xorazmliklarni sig`dirib, vataniga olib ketadi. Hind shohiga qarata ushbu ruboiyni o`qiydiki, unda yur va el qayg`usidagi haqiyqiy vatanparvar insonni ko`ramiz. O`z nafsiga amir, uldur – mard, Ham o`zgaga bo`lmasa haqir uldur – mard O`tmak sira mag`lubni tepib mardlik emas, Tutsa qo`lidan zabunni er, uldur – mard. Xalq ustozga e`tiqodi sabab, uning qabri ustiga muhtasham maqbara qurdirdi. Bugun butun dunyodan yurtimiz ko`rkini ko`rishga kelayotgan sayyohlar shoir ruboiylarini qiziqish bilan mutolaa qiladilar. Piri komil asosan, fors tilida ijod qilgan. U haqidagi ma`lumotlar Shamsiddin Somiyning “Qomus ul – a`lam”, Lutf Alibek Ozarning “Otashkabai Ozariy”, Kamoliddin Husayn Fanoiyning “Majolis ul – ushshoq” singari asarlari orqali yetib kelgan. Shoir ruboiylarini mutolaa qilar ekanmiz, hayotning turli qirralarini donishmandlik bilan ilg`ab, avlodlarga o`rinli nasihatlar qilayotgan ustiz ko`z oldimizga keladi. Borma aytmaganning dasturxoniga, Qo`l uzatsang qadring ketar noniga, Qo`shma o`zgalarning barra kabobin Qotgan non – sovuq suvning soniga Oh tortgan chog`ingda yo`lga ko`z tutgil, Yo`lda qudduq bordir, ehtiyoting qil Do`st uyida mahram bo`lgan vaqtingda Qo`lingni, ko`zingni, tilni tiya bil. Piri komil ustozning har bir kalomi – bizning hayot shiorimizga aylansa,biz ham ilm-u hunarda, mardlig - u shijoatda elimiz dovrug`ini dunyoga yoya bilsak, yurtimiz oldidagi farzandlik burchimizni ado qilgan bo`lamiz. Olam ahli qaytarilmas jur`atimiz Charxdan zo`rroq qudratimiz, shavkatimiz, Gar chumoli kirib qolsa safimizga, Sher etajak uni darhol davlatimiz. Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling