Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va
International Conference on Developments in Education
Download 335.24 Kb. Pdf ko'rish
|
International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey https: econferencezone.org Feb. 20 th 2023 10 solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli soʼzlarni va nutqni qanday tuzishni oʼrgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni oʼrgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda nima toʼgʼri va nima yolgʼon ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. Oʼquvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi soʼz zahirasini oʼz nutqi orqali harakatga keltiradi. Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish, o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish, ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan. Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim – oʼquvchilarning egallangan bilim, koʼnikma va malakalarini oʼz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʼllay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim oʼquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan oʼz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʼlom raqobat hamda umummadaniy koʼnikmalarini shakllantirdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. 2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan. Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4 koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi. Ona tili fani asosida oʻquvchida shakllantiriladigan koʻnikmalardan biri bu oʻqib tushunishdir. Natijada oʻquvchi darslikda qoidalar oʻrniga koʻproq matnlar bilan ishlaydi va ularda oʻqib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling