Nutqni rivojlantirish Mavzu: Maishiy texnika buyumlar bizning yordamchilarimiz


Download 11.72 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi11.72 Kb.
#1603809
Bog'liq
Nutqni rivojlantirish


Nutqni rivojlantirish
Mavzu: Maishiy texnika buyumlar bizning yordamchilarimiz
Maqsad: Tarbiyalanuvchilarga maishiy texnikaning ahamiyatini tushuntirish ularni ilm fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Nutqni rivojlantirish xotira fikrlash tassavurini kengaytirish. Havfsizlik qoidalarini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Maishiy texnika buyumlar rasmi. Bilmasvoy, Tarqatma materiallar bo’yash uchun rasm, AKT dan slayd. Qo’l mehnati muzlatgich, Z.Ro’ziyevaning “Kim zo’r” hikoyasi
Borishi: Jannatmakon yurtimiz bor
Nomi tillarda doston
Dono zukko bolalar
Nomini ayting darxol
Biz qayerdaa yashaymiz
Bolalar: “O’zbekistonda” Barakalla mening dono bolajonlarim. O’zbekiston buyuk davlat u o’zining bayrog’iga gerbiga, madxiyasiga ega. Kim menga vatanimiz bayrog’imiz, gerbimiz haqida she’rlar aytib beradi. Bolalar aytishadi. Raxmat bolalar
Vatan bo’lib mustaqil
Ko’kka yetdi bo’yimiz
Kim aytadi bolalar
Kim biz bizning prezidentimiz
Bolalar javob berishdi. Barakalla mening dono bolajonlarim
Haftada bor yeti kun
Yetti kunu-u yeti tun
Kim aytadi bolalar
Bugun qaysi kun
Ha bugun haftaning chorshanba kuni. Aziz bolajonlar biz sizlar bilan o’tkan faoliyatimizda mebellar haqida suxbatlashganmiz. Bir esga olaylik. Bugun biz sizlar bilan maishiy buyumlar haqida qani kimning uyida qanday maishiy buyumlar bor. Shu payt eshik taqqillab, Bilmasvoy kirib keldi. Maishiy buyumlarni rasmlarini tomosha qilib nimaligini bolalardan so’raydi. Bolalar javob berishdi. Bilmasvoy bergan savollari orqali maishiy buyumlar haqida ularning vazifalari haqida suxbat o’tkazamiz. Dazmol nima uchun kerak? Changyutkich nega biz uchun kerak? Muzlatkich nega kerak? Kir yuvish mashinasi nima qiladi? Agar tok bolmasa bular ishlamaydi. Maishiy buyumlar insonlarni og’irini yengil qilish uchun kerak. Ular bilan ishlamiz oson bo’ladi. Har bir maishiy asboblarni o’z ishlatish qonun qoidasi bor. Ular tokka ishlaydi. Bolalar ulardan foydalanmaydi. Faqat kattalar onalar, opalar, dadalar, akalar ishlatishlari kerak. Tok havfli bolalar ishlatishlari mumkin emas. Bazi hollarda ular elektr tokidan uzilmasa yong’in chiqishi mumkin. Bunday vaziyet hech bo’lmasin. Kichik bolalar ishlatmasligi kerak, agar uyda tokdan uzilmagan maishiy buyumlarni ko’rsak kattalarni ogohlantirishimiz kerak. Kelinglar bir mashq qilamiz (tetiklashtiruvchi)
Qushlar uchib keladilar
Daraxtlarga qo’nadilar
U yon qarab turadilar
Bu yon qarab turadilar
Yana uchib ketadilar.
Bilmasvoy ham bolalar bilan birgalikda qoladi. Bolalar men sizlarga Zuhra Ro’ziyeva “kim zo’r” hikoyasini aytib beraman. Bu yerda kim zo’r? Nima odamlar uchun zarur buyum hisoblanadi. Oshxonadagi buyumlar o’zaro tortishib qolishibdi. Maishiy buyumlar oshxonada juda ko’p ekan. Muzlatgich, gaz, changyutgich, elektr choynak, elektr go’sht qiymalagich. Muzlatgich bahsga qo’shilmadi. Birinchi bo’lib gaz plitasi gap boshladi: Bu yerda men eng zaruriman, chunki eng ko’p meni ishlatishadi. Kuniga 3 martta ovqat pishirish, choy qaynatish uchun meni yonimga kelishadi.
-Hechamda- gapga aralashdi elektr choynak.Bu uydagilar ovqat yeyishgan ham ko’ra choy ichishni ko’proq yaxshi ko’rishadi. Mendan hatto o’n marttalab foydalnishadi. O’zinglar o’ylanglar yana qaysi biringa odmalarning shuncha ko’p ishi tushadi? Tavba indamasa rossa gapirasizlarda. Men ham uyni hamma changdan halos qilaman. O’zim yo’talib qolsam ham ushbu uydagilarni kasal bo’masligi uchun bor changni yutib yuboraman. Shu payt- bo’ldi-e juda shovqin qilib yubordilaring. Hammalaring noto’g’ri gapirdilaring, bu yerda eng zaruri deb muzlatgivhni yo’tal tutib qoldi .Sizlar nima deysilar bolalar ?
Eng zarur qaysi maishiy buyum ? To’g’ri ularni barchasi biz uchun zarur .Hammasi ishimizni osonlashtiradi. Ularni maqtanishi to’g’rimi ? Sizlar ham maqtanchoqmisiz ? Kelinglar maqol yodlaymiz.
“Maqtanma g’oz hunaring oz “
“Kamtarga kamol manmanga zavol”
Endi aytinglarchi changlarni nima tozalaydi ? Ovqat nimada pishadi? Kirlar nimada yuviladi ? Biz nimani tomosha qilamiz ? Nima ustboshimizni tekislaydi ? Mustahkamlash . Kelinglar maishiy buyumlarni birlik va ko’plikda birgalikda aytamiz.
Televizor- televizorlar
Muzlatgich –Muzlatgichlar
Dazmol- dazmollar
Kompyuter-kompyuterlar
Sizlarga topishmoq aytaman: Qizdirsang ishlar
Kiyim tekislar.
Katta quti ko’zi bor
Kop tomosha so’zi bor

Markazlarda faoliyatni davom ettirish


Matematika markazida
San’at markazida
Rolli syujetli markazi
Download 11.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling