Nutqni rivojlantirish metodikasining fan sifatida shakllanish tarixi Reja Kirish. Nazariy qism


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi


Download 52.69 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi52.69 Kb.
#1459924
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nutqni rivojlantirish metodikasining fan sifatida shakllanish tarixi

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’limtarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ij timoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish
muammolarini o‘rganadi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama ta’lim - tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shartsharoitlarni ishlab chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktabgacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – “o‘rgatuvchi”, didasko – “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari
• maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
• bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
• bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
• uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
– tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
– o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
– muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
– suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutqdialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi(1-jadval). Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.

Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi.


Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi. Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan «noqulaylik»ni his etadi. Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.


    1. Download 52.69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling