Nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlarni qo‘llash


Nutqiy taqlidni faollashtirish


Download 56.85 Kb.
bet7/8
Sana31.10.2023
Hajmi56.85 Kb.
#1735803
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlarni qo‘llash

Nutqiy taqlidni faollashtirish
Nutqsiz bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini tug‘dirish mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Taqlidiy nutqiy reaksiyalar har qanday tovush komplekslarida ifodalanishi mumkin. Shu sababli logoped shunday bir sharoitni yaratishi zarurki, bunda bolada aynan bir tovush birikmasini talaffuz qilish (takrorlash) istagi paydo bo‘lishi lozim. Chunonchi, logoped iltimosiga ko‘ra bola hayvonlar va qushlar ovoziga taqlid qiladi: «mo‘-mo‘», «ku-ku», «chi-chi» va hokazo.
Nutq rivojlanishining bu davrida bolalar o‘yinchoqlarni, tanish predmetlarni, harakatlarni, o‘z istaklari va munosabatlarini o‘zlariga qulay tovush shaklida nomlashlari mumkin.
Bu davrdan «sakrab o‘tib ketishga» urinish noto‘g‘ri bo‘lardi. Biroq bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq so‘z kombinatsiyalariga o‘tish muhim. Bunda bolada hech bo‘lmaganda so‘zlarning ayrim qismlarini taqlid bo‘yicha amalga oshirish zarur.
Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning amaliy faoliyati o‘yin, ko‘rgazmali vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma’lum darajasida, diqqat turg‘unligida, taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko‘p narsa o‘yinlarning qanchalik qiziqarli tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalarning ijobiy hissiyotlariga qanchalik chuqur ta’sir etishga, logopedning qay darajada ijodkorligiga bog‘liqdir.
Taqlidiy nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni rivojlantirishni umuman olganda «Men kabi bajar» dan boshlash kerak. Bolalarni predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo‘l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid qilishga o‘rgatish lozim. Logoped o‘zi va bolalarning xatti-harakatlarini so‘zlar bilan, agar iloji bo‘lsa she’riy shaklda to‘ldirib turadi.
Qo‘l panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga ayniqsa jiddiy yondashish tavsiya etiladi (mayda qo‘l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qo‘l harakatlariga taqlid rivojlantiriladi).
Logopedik ishning yakuni
Og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichida olib boriladigan logopedik ish yakunida bolalar passiv lug‘atlarida predmet va xarakatlarni ularning so‘z belgisi bilan taqqoslashga o‘rganishlari lozim.

Download 56.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling