Kiritma gap - So`zlovchining asosiy fikr ichida yo`l – yo`lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o`zi kiritilgan gapning biror bo`lagiga mazmunan aloqador bo`lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o`rtaydi). (F.Musajonov).
- Kiritma gap ko`pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko`zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad o`g`lining ismi shunday ekan – bizning yo`l uchastkamizda qolishdi. (CH.Aytmatov).
1- mashq. O‘qing. Undalmalarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini, o‘rnini va intonatsiyasiga ko‘ra qo‘yilgan tinish belgilarini tushuntiring. - 1- mashq. O‘qing. Undalmalarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini, o‘rnini va intonatsiyasiga ko‘ra qo‘yilgan tinish belgilarini tushuntiring.
- 1. “U uyga choy so‘rashsa, Yo‘lchi akangga kelib shipshit, Gulnor qizim!”–deb to‘y bekasi Lutfiniso ketdi. (O.) 2. Gapir, Qo‘zivoy, gapir, bo‘taloq, so‘z seniki! (H. G‘.) 3. Qani, Sinchalakxon qizim, mana buni kiyib oling-chi! (A. Q.) 4. Kuylangiz, xonim qizlar, chevar qizlar, Boshlarda ipak ro‘mol hilpillasin! Kuylangiz, asl qizlar, dongdor qizlar, Ko‘kraklarda Yulduzlar yaltillasin. (Mirm.) 5. Dadangni hurmat qil, puchuq. (H. G‘.) 6. Oy yuzli, shakar so‘zli, olamda tanho go‘zal, ayting-chi, siz chindan ham shu uyning bekasi bo‘lasizmi? (H. G‘.) 7. Xadicha! Sarvi! Qumri! Erkinoy! Saodat! Uylaringizga boringlar. Ertalab “Baxt uyi”da uchrashamiz. (H. G‘.) 8. Do‘ppilar qutluq, askar bola!– Qulluq, opoq buva. (H. G‘.) 9. Suyukli qiz, qora ko‘z Navro‘z, Badaxshonning nozli kaptari, Sen haqingda yuritaman so‘z... (Mirm.)
2- mashq. O‘qing. Undalmalarni aniqlang. Undalmaning egaga o‘xshash va farqli tomonlarini tushuntiring. Undalmalarni egaga aylantirgan holda gaplarni qayta tuzib ko‘ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |