Pedagogika fakulteti 021-31 guruh talabasi Umumiy pedagogika fanidan Mustaqil ishi Nutq madaniyati. Nutqning kommunikativ sifatlari Nutq madaniyati avvalo, to‘g‘ri, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda so‘zlashdir. Shunga ko‘ra nutq haqidagi quyidagi fikrlarga e’tibor beraylik: - Agar nutqda adabiy til me’yorlariga amal qilingan bo‘lsa, bunday nutq to‘g‘ri nutqdir.
- Agar nutqda adabiy tilga begona bo‘lgan, shu tilga o‘zlashmagan so‘zlar, gap qurilishlari … o‘rin olmasa, bunday nutq sof nutqdir.
- Agar nutqda ko‘p va har xil adabiy til belgilaridan (ifoda vositalaridan) foydalanilgan bo‘lsa, bu nutq boy nutq hisoblanadi.
- Agar nutqni tashkil etgan so‘zlar, so‘z birikmalarining ma’nolari ular ifodalagan tushunchalar hajmiga to‘g‘ri kelsa, mos bo‘lsa, bunday nutq aniq nutqdir.
- Agar nutq tuzilishiga kirgan so‘z, so‘z birikmalariga xos ma’nolarning aloqasi mantiq qonunlariga, tafakkur qonunlariga zid bo‘lmasa, bunday nutq mantiqli nutqdir.
- Agar nutq til vositalarining yaxshi tanlab joylashtirilishi orqali tuzilib, faqat tinglovchining ongigagina ta’sir etib qolmasdan, unga his-hayajon ham bag‘ishlasa, tinglovchining diqqatini tortsa, qiziqtirolsa, bunday nutq ifodali nutqdir.
- Agar nutq tuzilishi tinglovchi ongiga ta’sir qilish bilan birga unda borliq haqida ma’lum bir aniq tasavvur sezdirsa, o‘sha narsani ko‘z oldida gavdalantirsa, bu nutq obrazli nutq bo‘ladi.
- Agar nutq tinglovchi ongining ko‘p tomonlarini egallab olib, uni so‘zlovchiga mahliyo, tobe qilib qo‘ysa, bunday nutq ta’sirli nutqdir.
- Agar nutq o‘z o‘rnida, o‘z vaqtida, o‘z janrida, vazifasiga ko‘ra tuzilgan bo‘lsa, shu sharoit yoki vaziyatlarga mos kelsa, bunday nutq jo‘yali nutqdir.
- Agar nutqning til tuzilishi tinglovchining qabul qilinishini osonlashtirishga xizmat qilsa, bunday nutq tushunarli nutq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |