Nutqning uslubiy turlari


Rasmiy ish yuritish uslublari Ilmiy uslub


Download 1.63 Mb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1303718
1   2   3   4
Bog'liq
Nutqning uslubiy turlari

Rasmiy ish yuritish uslublari

Ilmiy uslub

Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.

Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:

  • Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
  • axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
  • nutqning ma’lumotlarga boyligi;
  • fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
  • muallif individualligining sezilmasligi;
  • emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
  • atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
  • matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
  • adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
  • fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
  • ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi);
  • turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
  • otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
  • matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
  • maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.

Publitsistik uslub

Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir.

Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling