O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil
Download 5.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekzogen-etiologik omillarga
Endogen omillar
b u tun organizmning kasalligi yoki ayrim a ’zo va tizimlar o'zgarishi oqibatida vujudga keladi. Shuni ham aytish joizki, kasalliklar ko'pincha tashqi va ichki omillarning birgalikdagi t a ’siridan yuzaga keladi, ayrim hollarda esa bir necha ekzogen omillar t a ’siridan hosil bo'ladi, ulardan biri kasallik kelib chiqishiga tayyorlovchi, yana biri esa bevosita kasallik chaqiruvchi bo'lib xizmat qilishi mumkin (misol uchun piodermiyaning rivojlanishi). Ekzogen-etiologik omillarga mexanik, termik, nur, kimyoviy m odda lar va turli infek sion a g e n tla r kiradi. E n d o g e n -etio lo g ik om illar o'zlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bular orasida ichki a ’zolar kasalliklari, ayniqsa, jigar, oshqozon-ichak kasalliklari, m o d d a la r almashinuvining buzilishi, endokrin, asab tizimi, gemopoez, tomir tizimi, genetik omillar va boshqalar alohida ahamiyatga ega. M oddalar almashinuvi, xususan, uglevodlar, yog'lar, mineral-suv a lm a s h in u v i b u z ilis h la ri shu xil m o d d a l a m i n g terid ag i d o im iy almashinuvining izdan chiqishiga olib keladi, bu o'zgarishlar esa terida 28 turli xil patologik holatlarga sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, giperglikemiya furunkulyozga, teri qichishiga, yog4 almashinuvining buzilishi esa ksantomalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'plab ksanto- malar patogenezida gipo va avitaminozlar yotadi, asosan, A, C, PP, P va B vitaminlar yetishmovchiligi sababli ko'plab dermatozlar kuzatiladi. Misol uchun A vitamini yetishmovchiligi natijasida frinoderma, nikotin kislotasi yetishmasligidan esa pellagra va boshqa kasalliklar yuzaga keladi. Dermatozlarning yuzaga kelishida psixogen va markaziy asab tizimi (MAT)dagi hamda vegetativ asab tizimidagi o'zgarishlar sabab bo'lishi mumkin. Ekzema, eshakemi, teri qichishishining vujudga kelishida M A T n in g b irla m c h i o 'z g a r i s h la r i y o tis h i a v v a ld a n m a ’lum: b u o'zgarishlar psixik omillar oqibatida yuzaga keladi. Vegetativ asab tizimining o'zgarishlari oqibatida turli dermatozlar yuzaga kelishi ham fanga m a ’lum. D erm atozlarning yuzaga kelishiga endokrin bezlar faoliyatining o'zgarishlari ham sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, teri miksedemasi qalqonsimon bez kasalligi bilan og'rigan bemorlarda uchrashi, Addison kasalligida terining bronza rangiga kirishi, oddiy husnbuzarning jinsiy bezlar faoliyati bilan bog'liqligi. Qator kasalliklar etiologiyasi va patogenezi immun o'zgarishlar bilan bog'liqligi kuzatiladi. Birinchi navbatda bu xil o'zgarishlar allergik va autoimmun jarayonlarga bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida o'choqli infeksiyaning roli sezilarlidir: masalan, surunkali tonzillit, gaymorit, otit, kariozli tishlar va boshqalar. O'choqli infeksiya organizmni sensebilizatsiyaga uchrashiga sabab bo'lishi, ikkinchi tom ondan esa gumoral immunitetni pasaytirishi va immun tanqislikka sabab bo'lishi mumkin. O'choqli infeksiyalarning eshakemi, ko'p xilli ekssudativ eritema, psoriaz, qizil yugirik va boshqa dermatozlar patogenezida ahamiyati tasdiqlangan. Bir q a t o r k a s a llik la r yu zaga k e lish id a m a ’lum d a ra ja d a irsiy omillarning ahamiyati katta. Xususan, ixtioz, pigmentli kseroderma, bullez epidermoliz, keratodermiya, atopik dermatit, psoriaz va boshqa kasalliklar shular jumlasidandir. Ayrim kasalliklar o 'sm a va infeksion kasalliklar metastazlanishi oqibatida yoki teri osti to'qimalari kasalliklarining teriga o'tishi natijasida v u ju d g a kelishi m u m k in (misol u c h u n , teri silining bir turi - skrofuloderma). Shuni ham qayd etish kerakki, ayrim dermatozlarning etiologiyasi va patogenezi oxirigacha o'rganilmagan. Shunday qilib, teri kasalliklari ko'pincha bir emas, bir necha sabablar bir necha nojo'ya t a ’sirlarning uzoq muddat organizmga ta ’sir etib turishi 29 oqibatida teri kasalligining paydo bo'lishi uchun «sharoit» tayyorlasa, arzimas biror bir omil t a ’siridan kasallik yuzaga chiqishi mumkin. Yuqorida aytib o ‘tilgan teri kasalliklarining etiologik omillarini 3 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh - asosiy sababchi omillar, ya’ni ichki a ’zolar o'zgarishlari, asab tizimi o'zgarishlari dermatozlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Misol uchun, moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida kalsinoz yoki ksantomatoz, qon ishlab chiqaruvchi a ’zolar patologiyasi bilan leykemik toshmalar, teri limfomasi va boshqalar, irsiy o'zgarishlarning tug'ma kasalliklami vujudga keltirishi (misol uchun, ixtioz, qalqonsimon bez o'zgarishlari - teri miksedemasiga olib keladi). Ikkinchi guruhga xatarli omillar (faktor riska), y a’ni ichki a ’zolar, asab tizimi, modda almashinuvini o'zgartiruvchi hamda irsiy omillar kirib, ular kasallikning vujudga kelishiga tayyorlovchi holatlar bo'lib xizmat qiladi. Uchinchi guruh hal qiluvchi omillar guruhi yig'indisidan iborat bo'lib, ular ichida stress birinchi navbatda turadi. Stress va boshqa etiologik holatlar xatarli yoki hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Bu esa u yoki bu omil ta ’sir etgan vaqtda organizm qay holatda bo'lishiga bog'liq. Dermatologik bemorlar o'z kasalliklarining boshlanishi yoki ularning avjlanishini k o'p hollarda stress bilan bog'laydilar, xususan, psixogen omillarni kasallikning asosiy sababchisi deb biladilar. Shunga asoslanib aytish m um kinki, emotsional omil birlamchi b o 'lib , teri o'zgarishlari esa uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin. U yoki bu kasalliklarga, xususan, teri kasalliklariga irsiy moyillik deganda ota-onadan bolalarga b a ’zi xususiyatlar o'tadi, ya’ni moddalar almashinuvi, gomeostaz, a ’zolar faoliyati, organizm tizimlari, hujayralar ichida kechuvchi biokimyoviy reaksiyalar va boshqa belgilar holati - bularning hammasi ularning tashqi hamda ichki ko'rinishlarini birdek ko'rsatadi, hatto t a ’sirga javob reaksiyasi ham o'xshash bo'ladi. Bu o'xshashliklar u yoki bu xil kasallikka bir xil moyillikka olib keladi. Ammo bu moyillik doimo bir kasallikka chalinishga sabab bo'lmasligi ham m um kin, buning uchun moyillikni y anada oshiruvchi, q o 's h im c h a t a ’sirlar zarur. Shundan m a ’lumki, ota-ona va bolalar har doim ham bir xil kasallikka chalinavermaydi. Teri kasalliklarining patogenezi turli-tuman hamda murakkabki, asab, irsiy moyillikdan tashqari, ko'pgina kasalliklar patogenezida, asosan, organizmning tabiiy rezistentligiga va immun tizimidagi o'zgarishlarga ham bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida allergik omil asosiy rol tutsa, qizil yugirik, p o 'rsild o q yarada au to im m u n jara y o n , yana b oshq a dermatozlarda esa ikkilamchi hujayra immunodefitsiti ahamiyat kasb etadi. 30 Allergik genezli dermatozlarning ayrimlarida kasallik allergenlarning to ‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga kontakt yo‘li bilan yoki organizmga turli yo‘llar bilan tushib, t a ’sir etishi oqibatida kuzatilsa, yana bir guruhida esa allergiyani infeksion omillar chaqiradi (infeksion, bakterial allergiya). Bunda ikkilamchi infeksiya o ‘choqlari yuqumli kasalliklarga s a b a b bo‘ladi. Yana boshqa bir holatlarda organizmda allergizatsiyaga sabab b o ‘luvchi omillar autoallergik jara y o n la rd ir, bu holat ichki a ’z o la r patologiyasi, moddalar almashinuvining buzilishi va hokazolar tufayli vujudga keladi. Bu xil o ‘zgarishlar birga uchrab, immun tanqislik holati va autoimmun reaksiyalar bilan kechishi mumkin. Shunday qilib, m a ’lum bir sabab, m a ’lum bir etiologik omil teriga turli t a ’sir etish mexanizmiga qarab, har xil teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Teri kasalliklarining tashxis asoslari Teri, og‘iz shilliq pardasi va lab qizil hoshiyasi kasalliklarining tashxisi birinchi navbatda ularni diqqat bilan k o ‘zdan kechirish va tekshirish natijalariga asoslanadi. Shifokorning bem or bilan m uloqoti bem or shikoyatini tinglash va uni chuqur mulohaza qilish bilan boshlanadi. D erm atozning turiga q a ra b bem orlar turli xil shikoyat bildirishlari mumkin: jumladan, teri qichishishlari, achishishi, og‘rishi, sanchishi, tortishishi kabilar. Bir xil kasallik boMishiga qaramasdan, ayrim kishilarda bu hissiyotlar turli darajada rivojlangan b o ‘lishi mumkin. Ayrim kasalliklar esa subyektiv hissiyotlarsiz kechishi m um kin. Bemor shikoyati a n iq la n g an id a n so‘ng, kasallik va bemor hayotiy anam nezini y ig ‘ishga o ‘tiladi. U n d a n s o ‘ng esa bemorni k o ‘z d an kechirishga kirishiladi. Teri va k o ‘zga k o ‘rinadigan shilliq pardalar kuzatilgach, bu m a ’lumotlar klinik-laborator tekshiruv m a ’lumotlari bilan t o ‘ldiriladi. Teri kasalligi tarixini aniqlash jarayonida kasallik muddati, sabablari, uning kelib chiqishi va zo‘rayishi qay sabablarga bog‘liqligini aniqlash zarur. Undan s o ‘ng kasallik kechishi xarakteri o 4rganiladi: jumladan, qaytalashga moyilligi, mavsumga b ogiiqligi, remissiyalar kuzatilishi, ularning davomiyligi aniqlanadi. Agar bemor a w a l davolangan b o isa , uning xarakteri va samarasi aniqlanadi. Kasallanish jarayoniga suv, sovun, oziq-ovqatlar, dori-darm onlar, kasbdagi zararli ta'sirlarning ahamiyati o ‘rganiladi. Bemor hayotiy anamnezini yig‘ishda tashqi omillarning kasallik patogenezidagi ahamiyatini aniqlash maqsadida uy, mehnat sharoitlari, boshidan kechirgan kasalliklari, oilaviy yoki nasliy kasalliklari haqida, 31 zararli odatlari to ‘g‘risidagi m a ’lumotlarga e’tibor berish zarur. Bemor bilan suhbatlasha turib, uning asab tizimi holatini, turli stresslarga javob reaksiyasini, o ‘z kasalligiga b o i g a n munosabatini aniqlashga harakat qilish kerak. Bemorni issiq, tabiiy yoritilgan xonada ko‘zdan kechirish maqsadga m uvofiq. O g ‘iz shilliq p a rd a sin i k o ‘rish uchun yoriq elektr nuri y o ‘naltirilib, y o g ‘och s h p a te ld a n fo y dalaniladi: y o g ‘och shpatel kuzatiluvchi sohani soiaklardan yaxshi tozalaydi. Terining butun yuzasini ko'zdan kechirish zarur, aks holda, subyektiv bezovta etmagan, lekin toshmalar toshgan sohalarni bemor sezmasligi mumkin, bu xil toshmalar - chandiqlar, surilib ketgan toshmalar o ‘rnida qolgan pigmentatsiyalar ayrim hollarda diagnostik ahamiyatga egadir. Teridagi morfologik toshmalar. Birlamchi va ikkilamchi elementlar Teri tanani qoplab turuvchi organ bo‘lib, bir qancha fiziologik vazifa larni bajaradi. Lekin b a ’zi holatlarda terining normal holati buzilib, terida har xil patologik o ‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar vujudga keladi. Masalan, ichki va tashqi t a ’sirlar sababli teri yallig‘lanishi natijasida qizarish, shishish, og‘rish, issiqlanish va vazifasi buzilishi sababli b o ig an o‘zgarish- larni ko‘rish mumkin. Patologik o ‘zgarishlar asosida paydo boiadigan teridagi morfologik toshmalar klinik belgilar sifatida ifodalanadi. Teri va shilliq pardalarda paydo b o ig a n toshmalar turli xil boiishi mumkin va ular birlamchi hamda ikkilamchi toshmalarga ajratiladi. Download 5.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling