O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chek daftarchalari
Akkreditiv shakldagi hisoblashish oldindan qiymatini to’lash uchun
mablag’larni ajratish usuli asosan olgan mahsulotning qiymatini o’z vaqtida to’lay olmaydigan iste’molchilarga qo’llaniladi (ayrim hollarda iste’molchining to’lash qobiliyatiga ishonch bo’lmasa ham). Akkreditiv – bu mol etkazib beruvchilarning schyotiga tegishli tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan shartlarga ko’ra olingan tovar-moddiy qiymatliklarning qiymatini iste’molchining akkreditiv arizasiga muvofiq o’tkazib berish to’g’risidagi o’zining bankiga bergan topshirig’idir. Akkreditiv ochilishidan avval mol etkazib beruvchi bilan maxsus shartnoma tuzilib unda olinadigan xom ashyo va materiallarning nomi, miqdori, sifati, bahosi va etkazib berish vaqtlari ko’rsatiladi va shunga muvofiq tegishli summa hisoblashish yoki valyuta schyotidan ushbu schyotga o’tkaziladi, ya’ni akkreditiv ochiladi. Har bir akkreditiv faqat tegishli mol etkazib beruvchi va olinadigan tovar-moddiy Rеzеrvlarining aniq turlari uchun ochiladi va ushbu mollarga tegishli to’lov schyotlari bankka topshirilgandan keyin ushbu summa xaridorning schyotidan mol etkazib beruvchining schyotiga o’tkaziladi. Chek daftarchalari olingan xom-ashyo va materiallar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha hisoblashishni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. hisoblashish cheki bu chek beruvchining chekni taqdim qiluvchining schyotiga ushbu chekda ko’rsatilgan summani o’tkazib berish to’g’risidagi bankka berilgan topshirig’idir. Chek daftarchalarining hisoblashish muddati bank bilan kelishilgan holda o’rnatiladi va ushbu muddatdan keyin foydalanilmay qolgan summa bankka qaytarilib topshirilishi shart. Bu daftarchalar chegaralangan va chegaralanmagan summada bo’ladi. Bu chek daftarchasi – ayrim to’lov cheklaridan tashkil topadi va har bir to’lov uchun chek yoziladi va uning tasdiqlovchi qismi chek daftarchasining egasida olib qolinadi. Har bir ochilgan akkreditiv va to’lov cheklari maxsus kartochkalarda qayd qilib boriladi. 61 5500 -«Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari» schyotlarda akkreditivlar, limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalari, boshqa to’lov xujjatlari (veksellardan tashqari) alohida joriy va boshqa maxsus schyotdagi pul mablag’lari, maqsadli tushumlar va moliyalashtirishga aloqador pul mablag’larining harakati hisobga olinadi. 5500 -« Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari» schyotlarida ushbu mablag’larning holati va harakati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida quyidagi schyotlar ochiladi. 5510 Akkrеditivlar 5520 Chеk daftarchalari 5530 Boshqa maxsus schyotlar Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling