O bobojonov k. Jumaniyozov
moliyalashtirish mablag’lari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
moliyalashtirish mablag’lari. Bu mablag’lar 0800 - «Кapital
qo’yilmalar»dan tashqari ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. hukumat idoralari tomonidan beriladigan yordamlar / subsidiya / . Ayrim hollarda sub’ektning raqobat bardoshligini ushlab turish va ko’tarish uchun yoki uni qayta tiklash yoki kengaytirish maqsadida mahalliy va markaziy byudjetdan mablag’ ajratilib, ushbu mablag’lardan foydalanish ustidan shu muassasalar nazorat qilib boradilar. mahsulotlar va hayvonlar uchun aholi bilan hisoblashishlar schyotida aholi bilan ulardan shartnoma asosida sotish uchun olingan 63 qishloq xo’jalik mahsulotlari, hayvon va parrandalar bo’yicha hisoblashish uchun zarur bo’lgan mablag’lar hisobga olib boriladi. Maxsus maqsadlar uchun ajratilgan mablag’larning harakatini schyotlarda hisobga olish tartibi quyidagi chizmada keltirilgan. Agarda akkreditivlar va chek daftarchalari xorij valyutasida ochilgan bo’lsa ham ularning holati va harakati ushbu 5510-«Akkreditivlar» va 5520-«Chek daftarchalari» schyotlrida alohida qayd qilib boriladi. Chunki ushbu ochilgan analitik schyotlar tegishli valyutalarda ochilgan akkreditivlar, maxsus schyotlar va olingan cheklarda har bir mablag’ning, ayniqsa davlat subsidiyalari, maqsadli yo’nalishdagi mablag’larning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilishga yordam beradi. 5500-« Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari »schyotlarning sintetik ma’lumotlari 3-jurnal orderda kredit belgilari bo’yicha umumlashtirilsa, uning analitik hisobi,ya’ni har bir akkreditiv, chek daftarchasi va tegishli schyotlar bo’yicha debet tomonidagi ma’lumotlar 25-qaydnomada jamg’arilib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kassasida naqd milliy va xorijiy valyutalardan tashqari pochta markalari, davlat bojxona to’lovlarining markalari, veksellar, avia, temiryo’l chiptalari va boshqa pul ekvivalentlariga tenglashtirilgan xujjatlar ham saqlanadi. Ushbu pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilish va umumlashtirish maqsadida 5600-« Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar» schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bo’lib pul mablag’lari schyotlarining guruhiga ta’lluqlidir. Pul ekvivalentlari 5600 schyotda nominal qiymatda hisobga olib boriladi. Yo’ldagi pul mablag’lariga asosan mahsulotlarni sotish ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish natijasida kassaga olingan naqd pullarning bankdagi pul mablag’lariga o’tkazish uchun inkassatorlarga topshirilgan, lekin bank tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlanmagan naqd pul mablag’lari kiradi. Ushbu ma’lumotlarni qayd qilish va umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)» Aksiyadorlik jamiyatlari o’zlarining aksiyalarini tugatish yoki qayta sotish maqsadida sotib olishini ham tegishli 5600-« Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar » schyotida yuritishi mumkin. Ushbu holatda bu muomalalarni qayd qilish uchun schyotlarning guruhida qo’shimcha ravishda 5630-«Aksiya egalaridan sotib olingan o’zining aksiyalari» schyotini ochishi mumkin. Ushbu schyotda 64 keyinchalik tugatish yoki qayta sotish uchun aksiya egalaridan sotib olingan o’zining aksiyalari hisobga olib boriladi. Ushbu mablag’lar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish quyidagi xujjatlarga asosan amalga oshiriladi: tushgan naqd pullarni topshirganda – bankning pattalari, aloqa bo’limlarining pattalari, inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi kuzatuv qaydnomasining nusxasi va hokazolar; bosh sub’ekt yuborgan mablag’ga – sanasi, topshiriqnoma nomeri, miqdori, bank yoki aloqa bo’limining nomi ko’rsatilgan bildirishnomani olish. Ayrim o’rtoqlik jamiyatlari kelishilgan tartibda boshqa shaxslarning ulushlarini sotib olib boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun olingan ulushlarni ham hisobga olib boradilar. Aksiya egalaridan o’zining aksiyalarini sotib olish jarayonlari tegishli 5600-« Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar» schyotlarining debet tomonida va ularning qiymatini to’lash esa tegishli 5000, 5110, 5200, 5500 va hokazo schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Agarda ushbu aksiyalar tugatilsa (muomaladan chiqarilsa), ushbu muomala qonun doirasida amalga oshirilsa tegishli 8600-« Sotib olingan xususiy aktsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining debetida va 5600-« Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar» schyotining kreditida qayd qilinadi. Pul ekvivalentlarining analitik hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi. Pul ekvivalentining holati va harakatini schyotlarda qayd qilish chizmasi quyidagi tartibda beriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling