O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Joriy investisiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko’p bo’lmagan
muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatbaho qog’ozlardir. Ular odatda bozorning (likvidli) qimmatbaho qog’ozlari deb ataladi. Bozorning qimmatbaho qog’ozlari ko’p hollarda vaqtincha bo’sh turgan naqd pullar va pul mablag’larining vaqtincha qo’yilmasi bo’ladi. Ular, shuningdek, bino, asbob-uskunalarga va boshqa uzoq muddatli aktivlarga qo’yilishi kutilayotgan kapital ham bo’lishi mumkin. Boshlanishida joriy investisiyalar hisobda sotib olish qiymati bo’yicha aks ettirilib, ushbu summa qimmatbaho qog’ozlarning kelishilgan bahosi, sotib olish xarajatlari, jumladan, brokerlarga berilgan mukofotlar, bojxona to’lovlari va yig’imlari va bank xizmatlari uchun to’langan summalardan iborat. Кeyinchalik joriy investisiyalar quyidagi tartibda baholanadi: 1. Haqiqiy (bozor) qiymati; yoki 2. Sotib olish va haqiqiy (bozor) qiymatlaridan eng kichigi bo’yicha hisobga olinishi mumkin. Haqiqiy qiymat – xabardor bo’lgan va bitimga tayyor tomonlarning o’rtasida aktivning ayriboshlanayotgan summasidir. Bozor qiymati – bu qimmatbaho qog’ozlar bozorida aksiyalarning kelishilgan holdagi olinadigan va sotiladigan qiymatidir. Agarda sub’ekt investisiyalarni haqiqiy (bozor) qiymati bo’yicha hisobga olsa, ushbu bozor qiymatining o’zgarishlarini davriy ravishda hisobga olishi lozim. Tanlangan usulga mos ravishda, qiymatning ko’payishi qayta baholashdan olingan daromad sifatida xususiy kapitalga olib boriladi, 69 qiymatning kamayishi esa moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda xarajat deb tan olinadi. Joriy va uzoq muddatli qo’yilmalar sifatida sotib olinadigan qimmatbaho qog’ozlar, ikkita alohida qimmatbaho qog’ozlar portfelini aks ettiradi va sotib olish va haqiqiy (bozor) qiymatlaridan eng kichigi bo’yicha baholash usuli har bir portfel uchun alohida qo’llaniladi. Investisiyalarni sotib olish tartibi quyidagicha belgilangan: qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish, hisobda 5800-«qisqa muddatli investisiyalar» schyotlarining debetida sotib olish qiymati va ushbu muomala bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi. Investisiya qimmatbaho qog’ozlar, jumladan aksiyalarning qiymati bo’lib, ularning nominal qiymati emas, balkim haqiqiy qiymati hisoblanadi. Agar investisiyalar boshqa aktivlarni qo’yish orqali amalga oshirilsa, u holda ularning qiymati berilgan aktivning haqiqiy qiymatiga teng bo’ladi. Obligasiyalar va shu kabi qimmatbaho qog’ozlar investor tomonidan balansda aktivlar guruhidagi schyotda sotib olish qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Agar sotib olish qiymati nominal qiymat (to’lash qiymati) dan farq qilsa, u holda sotib olish qiymati va nominal qiymati orasidagi farq (ustama yoki chegirma) summasi, obligasiyalar chiqarilgan muddat davomida tegishli tartibda hisobdan chiqariladi. Ustamaning hisobdan chiqarilishi qisqa muddatli investisiyalar schyotining kreditlanishi bilan, chegirmalar esa ushbu schyotning debetlanishi bilan amalga oshiriladi. Chunki, obligasiyalarning to’lanishi davrigacha ularning balans qiymati nominal qiymatga to’g’ri kelishi kerak. Obligasiyalar bo’yicha ustamalar va chegirmalarning hisobdan chiqarilishining davriyligi ular bo’yicha hisoblangan foiz daromadlarining davriyligiga mos keladi. Berilgan hisobot davrida hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan chegirma, ustama summalari foiz daromadi yoki xarajati deb turkumlashtiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling