O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Masalan, «Ikrom» kompaniyasi quyidagi qimmatbaho qog’ozlarga
egalik qiladi, deb faraz qilamiz: Кomp a- niyalar Aksiya- larning miqdori Aksiya- larning sotib olish qiymati Aksiya- larning haqqo- niy (bozor) qiymati Jami sotib olish xarajatlari 20xx yil 31 dekabridagi umumiy bozor qiymati Bozor qiymati- ning ko’payishi (kamayishi ) A V S 200 400 100 3500 1000 9000 4000 1500 5000 7.00000 4.00000 9.00000 8.00000 6.00000 5.00000 1.00000 2.00000 (4.00000) - - - - 200000 0 1900000 (100000) Sotib olish va haqqoniy (bozor) qiymatidan, eng kam qiymati bo’yicha baholash usulining qo’llanilishi, aksiyalar portfelining qiymati 1000 so’mga, 20000 so’mdan 19000 so’mga kamaytirilishini ko’rsatadi, bunda 73 A va V aksiyalarining qiymati 3000 so’mga ko’paygan, S kompaniyasiniki 4000 so’mga kamaygan. 200x yilning oxirida qo’llash lozim bo’lgan yozuvlar: 200x yil 31 dekabr kuni: D-t 9620-«Кurslarning farqidan ko’rilgan zarar»...... 4000 so’m К-t 5810-«Qimamatli qog’ozlar (aksiyalar)».............. 1000 so’m К-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»...3000 so’m Agar «Ikrom» kompaniyasi ilgari sotib olingan hamma aksiyalarni keyingi yilning 1 yanvarda sotsa, u holda 19000 so’m oladi (agarda aksiyalarning bozor qiymati 20__ yil 31 dekabrda o’zgarmasa). Faraz qilaylik, keyingi yilda «Ikrom» kompaniyasi V kompaniyasining qayta baholangan aksiyalarini 600000 so’mga, ya’ni sotib olish narxiga nisbatan 200000 so’m yuqori narxga sotdi. Bu muomala quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»............................600000 so’m К-t 5810-« Qimamatli qog’ozlar (aksiyalar)»......... 600000 so’m D-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»....200000 so’m К-t 9560-«Qimamatli qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromad»..200 000 so’m Investisiyalarning chiqib ketishi hisobi quyidagicha yuritiladi. Qimmatli qog’ozlarni sotishdan sub’ekt odatda foyda oladi yoki zarar ko’radi. Demak: daromad va balans qiymati orasidagi farq daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi; aktivni qayta baholashdan kelgan har qanday daromad moliyaviy natijalar bo’yicha olingan foydaga qo’shilishi mumkin (bunda tanlangan usuldan oxirigacha foydalanish kerak). Agar investisiya portfeli asosida sotib olish va bozor qiymatidan eng kam qiymat bo’yicha hisoblanadigan joriy aktiv bo’lgan bo’lsa, sotuvdan kelgan foyda yoki zarar sotib olish qiymatiga asoslangan holda hisoblab chiqilgan bo’lishi kerak. Agar investisiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati bo’yicha qayta baholangan hamda ko’payish summasi qayta baholashdan kelgan daromadga (xususiy kapital)ga o’tkazilgan bo’lsa quyidagi ikkita usulni qo’llash mumkin: a) qayta baholashdan kelgan daromad summasining moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettirilishi natijasida sotuvdan kelgan daromad summasiga tegishli schyotning kreditlanishi bilan; 74 b) yoki qayta baholashdan kelgan daromad summasining taqsimlanmagan foydaga o’tkazilishi bilan. Aksiyalar sotilganda sotish va sotib olish qiymatlari orasidagi farq hisobda va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunday investisiyalar bo’yicha olingan dividendlarning summasi «Pul mablag’lari» (5000, 5100, 5200, 5500) schyotlarining debetida va 9520 - «Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi. Aytaylik, «Xamza» ST kompaniyasi 5000 dona aksiyasini «Xamidjon va O» korporasiyasiga sotadi. Bu aksiyalarning har biri 35 so’mga sotib olindi, jumladan, xizmat uchun brokerga komission to’lovlari bilan birga. Bu aksiyalarning har birining 25 so’mga sotilishi (brokerlik xizmati va komission to’lovlaridan tashqari) quyidagicha aks ettiriladi: 5 dekabrda: D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».......................... 125000 so’m D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarflar» (Investisiyalarni sotishdan ko’rilgan zarar)...........50000 so’m К-t 5810-«qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar)»......175000 so’m Bunday investisiyalarni baholash uchun ikkita usul qo’llaniladi, bular: amortizasiyalanadigan mulkni baholashdagi va uzoq muddatli investisiyalarni baholashda qo’llaniladigan usullardir. Moliyaviy hisobotlarda investisiyalar to’g’risidagi quyidagi ma’lumotlar ochib beriladi: 1. Tasdiqlangan hisob siyosatida: investisiyalarning balans qiymati; aktivlarning balans qiymatining o’zgarishi; qayta baholash natijasida olingan daromadni yoki ko’rilgan zararni hisobga olish usulini aniqlash uchun. 1. quyidagi muomalalar bo’yicha daromad moddalariga kiritiladigan summalar: foizlar, dividendlar, ijara va lisenziya to’lovlari bo’yicha; investisiyalarni sotishdan olingan foyda yoki zararlar bo’yicha; investisiyalarni baholashdagi o’zgarishlar bo’yicha. 2. Investisiyani-aktivlarni qayta baholash bo’yicha ma’lumotlar, jumladan: investisiyalarni qayta baholashning davriyligi to’g’risida; qayta baholash usuli va mustaqil ixtisoslashgan (professional) baholovchining jalb qilinishi to’g’risida. 75 3. Investisiyalarni sotishda sodir bo’ladigan muomalalarning summalarini va farqlarini schyotlarda qayd qilish tartiblari (cheklanishlar): investisiya uning qiymatiga kiritilgan, hisoblangan foiz daromadi bilan sotib olinganda, hisoblangan foiz ko’rinishidagi daromadining summasini debitorlik qarzlariga kiritish kerak; brokerlarga komission to’lovlar kabi sotib olish bo’yicha boshqa xarajatlar investisiyaning qiymatiga kiritilishi lozim; foizlar investisiyaning muddati davomida hisoblanadi; investisiyaning sotib olish qiymati nominal qiymatidan past bo’lsa, chegirma mavjud bo’ladi. Investisiya tannarx bo’yicha aks ettiriladi, chegirmaning hisobdan chiqarilishi esa investisiyaning muddati davomida investisiya qiymatining ko’payishi sifatida foizlar bo’yicha daromadga kiritilishi yo’li bilan hisobga olinadi. Natijada to’lash sanasida balans qiymati nominal qiymatga teng bo’ladi. Ushbu summaga 9530-"Foizlar ko’rinishidagi daromadlar" schyoti kreditlanadi va investisiyalar schyoti debetlanadi; investisiyaning sotib olish qiymati nominal qiymatidan ortiq bo’lsa, ustama mavjud bo’ladi. Investisiya tannarx bo’yicha aks ettiriladi, ustamaning hisobdan chiqarilishi esa investisiya muddati davomida foizlar ko’rinishidagi daromadning kamayishiga olib borilishi bilan investisiya qiymatining kamayishi deb hisobga olinadi. Natijada to’lash sanasida balans qiymati nominal qiymatga teng bo’ladi. Ushbu summaga 9620-"Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" schyoti debetlanadi va investisiyalar schyoti kreditlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling