O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Izoh: Investisiya sotib olish qiymati bo’yicha hisobga olinganda, to’lash
muddati etgandan keyin balans qiymati nominal qiymatga teng bo’lishi lozim. Sub’ektning boshqa sub’ektlarning qimmatbaho qog’ozlariga, davlatning foizli obligasiyalariga va mahalliy qarzlar va hokazolarga qisqa muddatli (1 yildan ortiq bo’lmagan muddatga) qo’yilmalari (investisiyalari), shuningdek, boshqa sub’ektlarga berilgan qarzlarining holati va harakati haqidagi ma’lumotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 5810-«Qimmatli qog’ozlar»; 5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar»; 5890-«Boshqa joriy investisiyalar». Qoplashning belgilangan muddatlari 1 yildan ortiq bo’lmagan foizli obligasiyalar va boshqa qimmatbaho qog’ozlar, shuningdek boshqa sub’ektlarga berilgan qarzlar qisqa muddatli investisiyalar guruhidagi schyotlarda hisobga olinadi. qoplash (so’ndirish) muddati belgilanmagan 76 boshqa qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilmalar qisqa muddatli qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi. Ushbu qo’yilmalar amalga oshirilganda, so’zsiz ular bo’yicha bir yildan ko’p muddat ichida daromad olinadi. 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida aksiyalarga, davlatning foizli obligasiya va mahalliy qarzlarga, shuningdek boshqa qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan qisqa muddatli investisiyalarning holati va harakati hisobga olinadi. Obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlar 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida sotib olish qiymatida kirim qilinadi. Aksiya, obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarning sub’ekt tomonidan olinishi 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotining debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti», xorij valyutalarini hisobga oluvchi 5210, 5220-schyotlarning krediti orqali aks ettiriladi. Agarda qimmatbaho qog’ozlar uchun to’lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablag’laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar kreditlanadi. Sub’ektning qisqa muddatli investisiyalari yuzasidan ajratilgan summalari boshqa sub’ektga o’tkazilsa-yu, ammo hisobot davrida uning tegishli xuquqlarini tasdiqlovchi xujjatlar olinmasa, ushbu summalar qisqa muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlarda alohida hisobga olinadi. Agar sotib olingan obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarning sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati o’rtasidagi farqni shunday o’chirish yoki qo’shimcha yozish kerakki, 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida hisobga olinadigan qimmatbaho qog’ozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga teng bo’lishi kerak. 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida hisobga olinadigan obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarning qoplanishi (so’ndirilishi) va sotilishi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida sotish bahosida 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotining kreditida esa balans qiymatida aks ettiriladi. Qimmatli qog’ozlarni sotishdan ko’rilgan moliyaviy natijalar, agarda daromad olinsa, 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schyotining kreditida yoki zarar ko’rilsa, 9690-«Moliyaviy faoliyatlar bo’yicha boshqa xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi. 5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida sub’ektning boshqa sub’ektlarga qisqa muddatga bergan pul mablag’lari yoki boshqa qarzlarning holati hisobga olinadi. 77 Berilgan qarzlar 5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotining debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti» va boshqa tegishli schyotlarning krediti orqali aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa tegishli mablag’lar schyotining debeti va 5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotining krediti bo’yicha korrespondensiyasi orqali aks ettiriladi. 5890-«Boshqa joriy aktivlar» schyotida sub’ektlarning bank va boshqa omonatlarga so’mda va xorijiy valyutadagi qo’yilmalarining harakati hisobga olinadi. Omonatlarga pul mablag’larining o’tkazilishi 5890-«Boshqa joriy aktivlar» schyotining debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» va 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari»ning krediti bo’yicha korrespondensiyalanishi orqali aks ettiriladi. qisqa muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik hisob ikki xususiyatni e’tiborga olgan holda yuritiladi: qisqa muddatli investisiyalarning turlari bo’yicha; qo’yilmalar amalga oshirilgan ob’ektlar bo’yicha (qimmatbaho qog’ozlarni sotuvchi sub’ektlar, omonatlar va hokazolar). Analitik hisobning tuzilishi qisqa muddatli qo’yilmalarning mamlakat hududidagi va xorijdagi ob’ektlari bo’yicha zarur va etarlicha ma’lumotlarga ega bo’linishini ham ta’minlashi kerak. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling