O bobojonov k. Jumaniyozov
"ABC" firmasida TMZ bo’yicha tashish-tayyorlov sarflarini (TTS)
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
"ABC" firmasida TMZ bo’yicha tashish-tayyorlov sarflarini (TTS)
hisoblash (oktyabr 20___ y.). 110 (so’m va foizda, 1010 schyotiga) № Кo’rsatkichlar Shartnoma bahosida Xaqiqiy tannarxda 1. Oy boshidagi qoldiq 500000 525000 2. Oy davomida qabul qilindi 3500000 3675000 3. Ja’mi 4000000 4200000 4. Tashish-tayyorlov sarflari: - so’mda - foizda +200000 +5% (4200000- 4000000) 200000 x100 4000000 5. hisobot davrida sarflangan TMZ qiymati 3800000 3990000 (3800000x5) 100 6. hisobot davri oxiridagi qoldiq 200000 (4000000- 3800000) 210000 (4200000- 3990000) Shunday qilib tashish-tayyorlov sarflari har oyning oxirida maxsus jadval-hisob yordamida xar-bir TMZ guruhlari yoki turi bo’yicha hisoblab chiqiladi va sarflangan kanal-tarmoqlariga- ishlab chiqarish, xizmat, ish va xokazo aniqlangan foizda taqsim qilinadi, keyin mahsulot, ish va xizmatning aniq turlariga taqsimlanadi. Agarda ortiqcha sarf aniqlansa tegishli ob’ektlarga (schyotlarga) qo’shimcha yozuv "+" belgisi bilan yoki tejalgan bo’lsa "-" belgisi bilan yozuvlar amalga oshiriladi. Ushbu usulning qo’llanilishi natijasida sub’ektda qo’llanilgan baho (ulgurji yoki hisob-reja bahosi) haqiqiy tannarxga etkaziladi. Tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy Rеzеrvlarini inventarizasiya qilishni talab qiladi. Ushbu inventarizasiya quyidagi hollarda va tartibda o’tkaziladi: tuzilgan yillik hisobotda TMZ haqiqiy holatini aniqlash maqsadida yilda 1 marta 1-oktyabr holatiga; moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli shikoyat tushganda va tabiiy ofat sodir bo’lganda; buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan omborxona hisobidagi (hisobotidagi) ma’lumotlarda farqlar vujudga kelsa. Inventarizasiya o’tkazish uchun yil boshida sub’ekt rahbarining imzosi bilan doimiy xarakatdagi inventarizasiya komissiyasini tuzish va uning 111 a’zolari to’g’risida buyruq chiqariladi. Unga ob’ektning etakchi mutaxassislari, bo’limlardan vakillar jalb qilinadi. har bir ayrim inventarizasiya o’tkazish uchun sub’ekt rahbarining imzosi bilan buyruq chiqariladi. Unda komissiya a’zolari, inventarizasiya ob’ekti va o’tkazish davri ko’rsatiladi. Inventarizasiya o’tkazishdan asosiy maqsad TMZ jismoniy va so’m ko’rinishidagi haqiqiy mavjudligini aniqlashdir. Inventarizasiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: tovar-modiy Rеzеrvlarining saqlanish sharoiti; ularni saqlash va chiqarish tartiblarining to’g’riligi va tortuv va o’lchov jixozlarining ahvoli; tovar-moddiy Rеzеrvlarining harakatini hisobga olish tartibi (omborxona hisobining yuritilishi). Inventarizasiya o’zining mohiyati, usuli va qamrovi bo’yicha quyidagicha guruhlanadi: a) tekshirish xajmining qamrovi bo’yicha: yoppasiga- ob’ekt xar tomonlama va to’liq tekshiriladi; tanlanma- ob’ektning asosiy ko’rsatkichlari tanlab olib tekshiriladi; b) o’tkazish vaqtiga qarab: rejali-sub’ekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan (yilda bir marta) o’tkaziladi; kutilmagan holda – javobgar shaxs kutmagan holda- shikoyat tushganda va hokazo o’tkaziladi. Inventarizasiyani o’tkazish ustidan umumiy rahbarlik sub’ektning rahbari yoki uning urinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyruqka asosan tuzilgan inventarizasiya komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb qilinadi va natijasini (dalolatnomani) rahbar tasdiqlaydi. Inventarizasiya komissiyasi o’tkazish davriga buxgalterning hisob ma’lumotlariga asoslangan holda TMZ inventarizasiya ro’yxatini omborlar bo’yicha (inv- 3) tuzadi. Uni o’tkazish vaqtida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qilish va chiqarish ta’qiqlanadi, u inventarizasiya komissiyasiga hamma xujjatlardagi ma’lumotlar omborxona hisobidagi tegishli kartochkalarga o’tkazilganligi va buxgalteriyaga topshirilganligi to’g’risida tilxat beradi. Inventarizasiyaning natijalarini aniqlash uchun TMZ qoldiqlarini hisobga oluvchi daftardan foydalanish mumkin, chunki unda inventarizasiyaning natijasi bo’yicha tuzilgan ro’yxatga asosan jismoniy ko’rinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi maxsus ustun mavjud. Inventarizasiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, taqqoslash qaydnomasini tuzish natijasida, haqiqiy tannarxda xujjatlashtiriladi. 112 Ortiqcha deb topilgan TMZ tegishli schyotlarda kirim qilinadi, debet 1000, 1080,1100, 2900 va davr sarflari kamaytiriladi, ya’ni muomalaviy daromadlar sifatida tegishli 9390- "Boshqa opеratsion daromadlar" schyotining kreditida ko’rsatiladi. TMZ kamomadi esa tegishli schyotlarning kreditidan 9430- "Qiymatliklarning kamomadi va buzilishi natijasidagi yo’qotishlar" schyotining debetiga olib boriladi. Кeyinchalik inventarizasiya komissiyasining qarori rahbar tomonidan tasdiqlangandan keyin yoki javobgar shaxs zimmasiga olib boriladi debet schyot 4630, yoki davr sarfi sifatida 9430 schyotning debet tomonida qoladi (agar ushbu summani sub’ekt o’z zimmasiga olsa). Ushbu holatni chuqurroq o’rganish maqsadida quyidagi misolni keltiramiz: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling