O bobojonov k. Jumaniyozov


 – «Ajratilgan bo’linmalar, sho’'ba va qaram xo’jalik


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

4100 – «Ajratilgan bo’linmalar, sho’'ba va qaram xo’jalik 
jamiyatlaridan olinadigan schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik 
operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Dеbitorlik qarzlarini qoplash uchun 
ajratilgan bo’linmalardan assosiy vositalar 
va boshqa aktivlar kеlib tushdi
0110-
0190 va 
boshqala
r
4110
2 Ajratilgan bo’linmalarga mol-mulk 
(asosiy vositalar va boshqa aktivlar) 
ajratildi
4110
0110-
0190 va 
boshqala
144


r
3
Ajratilgan bo’linmalar xodimlariga 
mеhnat haqi to’lash uchun pul mablag’lari 
ajratildi
4110
5010, 
5110
4
Ajratilgan bo’linmalar tomonidan asosiy 
vositalar qaytarildi
0110-
0190
4110
5
Dеbitorlik qarzlarini qoplash uchun 
ajratilgan bo’linmalar, sho’'ba va qaram 
xo’jalik jamiyatlaridan pul mablag’lari 
kеlib tushdi
5010-
5530
4110, 
4120
6
Ajratilgan bo’linmalarga moddiy 
qiymatliklar bеrildi (1500 schyotdan 
foydalanganda)
4110
1510
7
Matеriallar qiymatidagi farq ajratilgan 
bo’linmalar hisobiga ularga bеrilgan 
matеriallar bo’yicha hisobdan chiqarildi 
(1610 schеtni qo’llaganda)
4110
1610
Кorxona, firma faoliyati jarayonida ayrim hollarda da’volar vujudga 
keladi. Bu da’volar asosan mol etkazib beruvchilardan olingan xom ashyo 
va materiallar bo’yicha kamomad, navlarining farqi va hokazo, 
pudratchilar bilan bajarilgan ishlarning hajmi va sifati bo’yicha. Transport 
tashkilotlarining aybi bilan sodir bo’lgan materiallarning kamomadi 
tegishli dalolatnomalarga asosan va tan olingan kamomadlar bo’yicha 
vujudga keladi. Ayrim hollarda da’volarni echish uchun uchinchi tomon – 
xo’jalik sudi ham jalb qilinadi. Oxirgi holatda xo’jalik sudining haqi da’vo 
qiluvchi sub’ekt tomonidan to’lanib sudda qaysi tomon- da’vogar yoki 
aybdor yutqazsa, o’sha tomon sudning xizmat haqini to’laydi.
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» sintetik hisobi ushbu 
da’volar bo’yicha sodir bo’lgan summalarni umumlashtirish va ularning 
holati va harakati ustidan nazorat o’rnatish uchun qo’llaniladi. 
Da’volarning turlariga qarab ushbu 4860 schyotda quyidagi analitik 
schyotlar yuritilishi lozim:
mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va transport tashkilotlarining 
schyotini tekshirishda akseptlangandan keyin aniqlangan shartnomaga 
nisbatan baholarning farq summasiga, tovar-material qiymatliklarining 
qiymati, tayyorlov xarajatlarining schyotlarda aks ettirilishining 
145


noto’g’riligi, arifmetik xatolar, narxlarni oshirib yozish natijasida sodir 
bo’ladigan da’volar;
materiallar va tovarlarni etkazib beruvchilarga, materiallarni qayta 
ishlovchi sub’ektlarga nisbatan standart talabi, texnikaviy va buyurtma 
sifatida to’g’ri kelmaganligi bo’yicha da’volar.
Кo’pincha 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyotining 
debeti bo’yicha quyidagi da’volarga oid hisoblashishlar aks ettiriladi:
mol etkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga 
da’volar – ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va 
preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq 
kelmasligi, shuningdek, arifmetik xatolar aniqlanganda – mol etkazib 
beruvchilarga va pudratchilarga to’lash uchun olingan schyotlarni yoki 
ishlab chiqarish zahiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi 
schyotlar bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Bu yozuv baholarning 
oshib ketishi yoki mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan 
schyotlardagi arifmetik xatolar tovar-moddiy boyliklarni yoki xarajatlari 
hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha yozuvlar amalga oshirilgandan so’ng 
aniqlanganda amalga oshiriladi (mol etkazib beruvchilar va pudratchilar 
tomonidan fakturalangan baho va hisoblardan kelib chiqqan holda);
mol etkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga tabiiy 
kamayish me’yoridan ortiqcha miqdorda yukning yo’ldagi kamayishi 
uchun bildirilgan da’volar – mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga 
to’lash uchun olingan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (6000, 7000) 
bilan korrespondensiyada;
mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarning aybi bilan yuzaga 
kelgan, to’lovchilar tomonidan tan olingan yoki xo’jalik sudida hal 
qilingan yaroqsiz mahsulotlar va bekor turib qolishlar uchun bildirilgan 
da’volar - ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan 
korrespondensiyada;
sub’ektning schyotlaridan noto’g’ri hisobdan chiqarilgan 
(o’tkazilgan) summalar bo’yicha bank muassasalariga bildirilgan da’volar 
– pul mablag’lari va bank kreditlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan 
korrespondensiyada;
shartnoma majburiyatlariga amal qilmaganligi uchun mol etkazib 
beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, to’lovchilar tomonidan tan 
olingan yoki xo’jalik sudida ko’rib chiqilgan miqdorda olinadigan 
jarimalar, o’simlar, beqarorliklar bo’yicha (to’lovchilar tomonidan tan 
olinmagan, bildirilgan da’volar summasi hisobda aks ettirilmaydi) – 
146


9330-«Undirilgan jarimalar, o’simlar va burdsizliklar» schyoti bilan 
korrespondensiyada.
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti pul 
mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyada kelib 
tushgan to’lov summalariga kreditlanadi. Кeyinchalik aniqlangan 
summalar, qoidaga muvofiq, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan 
schyotlar» schyotining debetiga hisobga olishga qabul qilingan summalar 
o’sha schyotlarga olib boriladi.
Ushbu schyot 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» pul 
mablag’lari schyotlari bilan bog’langan holda to’langan summa miqdoriga 
kreditlanadi. Agarda da’vo summasining undirilmasligi aniqlansa bu 
schyotning (4860) kreditidan 9430-«
Boshqa opеratsion xarajatlar» 
schyotidan keltirilgan bo’lsa o’sha schyotga qaytariladi.
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»ning analitik hisobi har 
bir da’vo bo’yicha ayrim hisobga olib boriladi, bu o’z navbatida da’volar 
bo’yicha hisoblashishni nazorat qilishga yordam beradi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling