O bobojonov k. Jumaniyozov


-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik 
operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
O’rnatiladigan asbob uskunalar 
schyotida aniqlangan baho va 
tariflarning bir-biriga muvofiq 
kеlmasligi, xatolar bo’yicha mol 
еtkazuvchilarga da'vo bildirildi
4860
0710-
0720
2
Kapital qurilish uchun ilgari to’langan, 
hajmning oshib kеtishi, baholarning 
nomutanosibligi va schyotlardagi 
xatolar bo’yicha pudratchilarga da'vo 
bildirildi
4860
0810-
0890
Кorxona va firmalar o’z faoliyati jarayonida ishlab chiqarish uchun xom 
ashyo va materiallar sotib oladilar. Natijada mol etkazib beruvchilar bilan 
yil boshida yoki zarur xom ashyo va materiallarni olayotgan vaqtda 
kontraktlar tuziladi. Bu kontraktlarda sub’ektlarning nomi, manzili, xizmat 
ko’rsatayotgan banklar va ulardagi Hisob-kitob schyotining kodi, xom 
ashyo va materiallarning turi, sifati, navi, bahosi, miqdorlari va etkazib 
147


berish vaqtlari ko’rsatiladi. Chunki mol etkazib beruvchilarning shartni 
bajarishi ishlab chiqarishning bir tekis, bir maromda faoliyat ko’rsatishiga 
ijobiy ta’sir qiladi. Agarda mol etkazib beruvchilarning xom-ashyo va 
materiallari o’z vaqtida kelmasa sub’ektning faoliyatida uzilish sodir 
bo’lishi, to’xtab qolishi va natijada zarar etkazib kelish va hisoblashishni 
amalga oshirish sub’ektning faoliyatida muhim o’rin tutadi.
Кorxona va firmalarda shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ustidan 
tezkor nazorat yuritish va hisobga olish marketing bo’limi tomonidan amalga 
oshiriladi. Shuning uchun ham olingan tovar, material qiymatliklarining to’lov 
xujjatlari avvalo shu bo’limga yoki moliya bo’limiga kelib tushadi. Bu erda 
xujjatlarning to’lov talabnoma-topshirig’i, schyot-fakturalar va hokazolarning, 
tuzilgan kontraktga mos kelishi tekshirilib keyin "Кelib tushgan yuklarni 
hisobga olish daftari"da qayd qilinib kontraktlarni bajarish daftarida 
belgilanadi va qiymatining to’lanishiga (akseptiga) rozilik beriladi.
To’lov xujjatlariga ichki nomer qo’yilib qiymatini to’lash uchun 
buxgalteriyaga beriladi, patta va tovar-transport yukxati esa ushbu 
qiymatliklarni olib kelish uchun ekspedisiya bo’limiga beriladi. Natijada 
shu vaqtdan boshlab korxona va firmalar bilan mol etkazib beruvchilar 
o’rtasida hisoblashish muomalalari ro’yobga chiqadi.
Tovar-moddiy zahiralarni va boshqa aktivlarni etkazib berganligi uchun, 
ishlarni bajargan va xizmat ko’rsatgani uchun, shuningdek pudratchilardan 
qabul qilingan qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarning qiymatini 
to’lash bo’yicha berilgan bo’naklarga oid hisoblashishlar haqidagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4310-«Tovar-moddiy boyliklar uchun mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga berilgan bo’naklar»;
4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga berilgan bo’naklar»;
Berilgan bo’naklar, shuningdek, qisman tayyor holdagi mahsulot va ishlar 
uchun to’langan summalar 4310-«Mol etkazib beruvchilarga va 
pudratchilarga berilgan bo’naklar» schyotining debetiga 5110-«Hisob-kitob 
schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari » schyotlari bilan 
korrespondensiyada aks ettiriladi.
Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga bo’nak mol etkazib 
beruvchi va sub’ektning o’rtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida 
beriladi. Alohida hollarda, ishlarni qisman bajarish to’g’risidagi 
dalolatnoma tuzilishi mumkin. Xorijiy xamkorlar bilan aloqani 
tasdiqlaydigan asosiy xujjatlar bo’lib, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida 
va vakolatlangan banklarda ro’yxatga olingan kontraktlar hisoblanadi. 
148


Bunda to’lov topshiriqnomalarida qisman haq to’lash miqdori va oldindan 
to’lash foizi ko’rsatiladi.
4300-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» 
schyotlari bo’yicha analitik hisob har bir debitor bo’yicha yuritiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling