O bobojonov k. Jumaniyozov


«Naqd pulni kirim qilish e’loni»


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

«Naqd pulni kirim qilish e’loni» - bu xujjat Hisob-kitob schyotiga naqd 
pul topshirilganda qo’llaniladi va pul qo’yuvchiga tasdiqlovchi xujjat sifatida 
patta (kvitansiya) beriladi;
«Pul cheki» - Hisob-kitob schyotidan tegishli miqdordagi naqd pulni 
olish uchun sub’ektning bankka beradigan buyrug’i;
«To’lov topshiriqnomasi» - sub’ektning hisoblashish yoki xorij valyutasi 
schyotidan mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, yuqori tashkilotlar, moliya 
va sug’urta tashkilotlarining schyotiga tegishli mablag’larni ko’chirishi 
to’g’risidagi topshirig’i.
Mablag’larni oluvchilarning joylashuvi va qaysi bank ularga xizmat 
ko’rsatuviga qarab ushbu to’lov topshiriqnomalarning tegishli 
nusxalarining miqdori belgilanadi. To’lov topshiriqnomalari shahar 
ichidagi hisoblashishlar va shahar tashqarisidagi hisoblashishlar amalga 
oshirilganda ham yoziladi. Ushbu to’lov topshiriqnomalarining shakli 
hisoblashishlarning hamma turlari uchun bir xildir.
Ayrim hollarda ya’ni, bir nechta pul o’tkazmalari bir vaqtda amalga 
oshirilsa, maxsus shakldagi yig’ma topshiriqnoma yoziladi. Bunday 
yig’ma to’lov topshiriqnoma bitta bank xizmat qiladigan bir nechta mol 
etkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar uchun 
yoziladi. Imzo va muhr to’lash lozim bo’lgan umumiy summaning tagiga 
bir marta qo’yiladi.
«Hisoblashish cheki» - naqd pulni olish chekidan boshqacha 
ko’rinishda bo’lib, sub’ektning Hisob-kitob schyotidan oluvchining 
schyotiga tegishli mablag’ni o’tkazish uchun bankka asos bo’luvchi xujjat;
«Hisob-kitob schyotidan ko’chirma» - sub’ektning bankdagi shaxsiy 
hisob varag’ining nusxasi. Unda mablag’larning harakati, qoldig’i 
to’g’risidagi ma’lumot ma’lum davrda berib turiladi. Sub’ektlar har kuni 
yoki bank bilan kelishilgan kunlarda bank tomonidan Hisob-kitob 
48


schyotidan ko’chirma olib turadi. Unda hisobot davrida sodir bo’lgan 
muomalalar o’z aksini topadi. Bu ko’chirmaga mablag’larni qabul qilish 
yoki ko’chirish uchun asos bo’lgan boshqa sub’ektlar tomonidan berilgan 
schyot-fakturalar, to’lov talabnomalari va sub’ekt tomonidan berilgan 
to’lov topshiriqnomalari ilova qilinadi.
Кo’chirma (nusxa)ni o’qiyotganda shunga e’tibor berishi kerakki, debet 
tomonidagi summalar bankning sub’ektga bo’lgan qarzining kamayishi va 
kreditidagi summalar esa sub’ektga bo’lgan qarzlarning ko’payishini 
bildiradi. Кo’chirmani o’qish oson bo’lishi uchun sodir bo’lgan 
muomalalarga raqamlar (kodlar) qo’yiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling