O bobojonov k. Jumaniyozov
Maxsus schyotlardagi va yo’ldagi pul mablag’lari va pul
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
2.6. Maxsus schyotlardagi va yo’ldagi pul mablag’lari va pul
o’tkazmalarining hisobini yuritish Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida hisoblashishning har xil turlari, ya’ni sub’ekt mablag’ining aylanishini tezlashtirishga yordam beradigan omillar qo’llaniladi. Amalga oshirilayotgan muomalaning mohiyati va ahamiyatiga muvofiq xo’jalik sub’ektlari hisoblashish jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradilar. tovar muomalalari yuzasidan hisoblashishlar, agarda sub’ekt tayyor mahsulotlarini xaridorlarga sotsa, ish bajarsa va xizmat ko’rsatsa – mablag’ oluvchi sifatida; agarda mol etkazib beruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilardan xom ashyo va moddiy qiymatliklar olsa yoki ular bajargan ish yoki xizmatni iste’mol qilsa – tayyorlovchi sub’ekt yoki majburiyat egasi sifatida; bundan tashqari notovar muomalalari bo’yicha ham turli muomalalar – mablag’lar bilan amalga oshiriladigan qarz olish yoki qarz berish, investisiya muomalalari ham amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – mol etkazib beruvchilar va xaridorlarning joylashish manziliga muvofiq bitta shahar ichidagi va shaharlararo hisoblashishni ham amalga oshiradilar. Ushbu hisoblashishlarning shakli O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Hozirgi davrda ushbu sub’ektlar o’zaro majburiyatlarini bajarishda hisoblashishlarning quyidagi shakllaridan foydalanadilar: to’lov topshiriqnomalariga asosan, ayrim hollarda inkassa shaklida; akkreditivlar va maxsus schyotlar yordamida; rejali to’lovlar tartibida; o’tkazmalar – aloqa vazirligi korxonalarining yordamida o’tkaziladigan pul mablag’lari; chek daftarchalaridagi cheklar yordamida va boshqalar. Xo’jalik faoliyatini yuritish jarayonida ushbu yuqorida qayd qilingan shakllarning muqobil shaklini qo’llash hisoblashishlarni tezlashtirish, majburiyatlarining kamayishi, tovar moddiy qiymatliklarni olish muddatining qisqarishi va debitor va kreditor qarzlarning kamayishiga, oqibat natijada pul mablag’laridan samarali foydalanishga olib keladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning maxsus schyotlaridan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining holati va harakati ustidan nazoratni o’rnatish va kuchaytirish maqsadida ularning hisobini yuritish uchun 60 5500-«Bankdagi maxsus schyotlar» schyotlarining guruhi qo’llaniladi. Ushbu mablag’lar- aktiv schyotlarda sub’ektning maxsus mablag’lari haqidagi axborotlar umumlashtiriladi. 5500-«Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari» schyotlarida akkreditivlar, limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalari, maxsus maqsadlar uchun ajratilgan va boshqa shunga o’xshash mablag’larning holati va ularning harakati – kirimi va sarfi qayd qilib boriladi. Akkreditivlar va chek daftarchalari bilan hisoblashishlar taqozo qiladigan hisoblashish turlari debitorlar qarzining ko’payib borishi sharoitida akkreditiv va chek bilan hisoblashishlardir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling