O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Akkreditiv shakldagi hisoblashish oldindan qiymatini to’lash uchun 
mablag’larni ajratish usuli asosan olgan mahsulotning qiymatini o’z 
vaqtida to’lay olmaydigan iste’molchilarga qo’llaniladi (ayrim hollarda 
iste’molchining to’lash qobiliyatiga ishonch bo’lmasa ham).
Akkreditiv – bu mol etkazib beruvchilarning schyotiga tegishli tuzilgan 
shartnomada ko’rsatilgan shartlarga ko’ra olingan tovar-moddiy 
qiymatliklarning qiymatini iste’molchining akkreditiv arizasiga muvofiq 
o’tkazib berish to’g’risidagi o’zining bankiga bergan topshirig’idir. 
Akkreditiv ochilishidan avval mol etkazib beruvchi bilan maxsus 
shartnoma tuzilib unda olinadigan xom ashyo va materiallarning nomi, 
miqdori, sifati, bahosi va etkazib berish vaqtlari ko’rsatiladi va shunga 
muvofiq tegishli summa hisoblashish yoki valyuta schyotidan ushbu 
schyotga o’tkaziladi, ya’ni akkreditiv ochiladi. Har bir akkreditiv faqat 
tegishli mol etkazib beruvchi va olinadigan tovar-moddiy Rеzеrvlarining 
aniq turlari uchun ochiladi va ushbu mollarga tegishli to’lov schyotlari 
bankka topshirilgandan keyin ushbu summa xaridorning schyotidan mol 
etkazib beruvchining schyotiga o’tkaziladi.
Chek daftarchalari olingan xom-ashyo va materiallar, bajarilgan 
ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha hisoblashishni osonlashtirish uchun 
xizmat qiladi. hisoblashish cheki bu chek beruvchining chekni taqdim 
qiluvchining schyotiga ushbu chekda ko’rsatilgan summani o’tkazib berish 
to’g’risidagi bankka berilgan topshirig’idir. Chek daftarchalarining 
hisoblashish muddati bank bilan kelishilgan holda o’rnatiladi va ushbu 
muddatdan keyin foydalanilmay qolgan summa bankka qaytarilib 
topshirilishi shart. Bu daftarchalar chegaralangan va chegaralanmagan 
summada bo’ladi. Bu chek daftarchasi – ayrim to’lov cheklaridan tashkil 
topadi va har bir to’lov uchun chek yoziladi va uning tasdiqlovchi qismi 
chek daftarchasining egasida olib qolinadi. Har bir ochilgan akkreditiv va 
to’lov cheklari maxsus kartochkalarda qayd qilib boriladi.
61


5500 -«Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari» schyotlarda 
akkreditivlar, limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalari, boshqa 
to’lov xujjatlari (veksellardan tashqari) alohida joriy va boshqa maxsus 
schyotdagi pul mablag’lari, maqsadli tushumlar va moliyalashtirishga 
aloqador pul mablag’larining harakati hisobga olinadi.
5500 -« Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari» schyotlarida 
ushbu mablag’larning holati va harakati ustidan nazoratni kuchaytirish 
maqsadida quyidagi schyotlar ochiladi.
5510
Akkrеditivlar
5520
Chеk daftarchalari
5530
Boshqa maxsus schyotlar

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling