O bobojonov k. Jumaniyozov


moliyalashtirish mablag’lari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

moliyalashtirish mablag’lari. Bu mablag’lar 0800 - «Кapital 
qo’yilmalar»dan tashqari ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun 
ishlatiladi.
hukumat idoralari tomonidan beriladigan yordamlar 
/
subsidiya
/
. Ayrim hollarda sub’ektning raqobat bardoshligini ushlab 
turish va ko’tarish uchun yoki uni qayta tiklash yoki kengaytirish 
maqsadida mahalliy va markaziy byudjetdan mablag’ ajratilib, ushbu 
mablag’lardan foydalanish ustidan shu muassasalar nazorat qilib boradilar.
mahsulotlar va hayvonlar uchun aholi bilan hisoblashishlar 
schyotida aholi bilan ulardan shartnoma asosida sotish uchun olingan 
63


qishloq xo’jalik mahsulotlari, hayvon va parrandalar bo’yicha hisoblashish 
uchun zarur bo’lgan mablag’lar hisobga olib boriladi.
Maxsus maqsadlar uchun ajratilgan mablag’larning harakatini schyotlarda 
hisobga olish tartibi quyidagi chizmada keltirilgan.
Agarda akkreditivlar va chek daftarchalari xorij valyutasida ochilgan 
bo’lsa ham ularning holati va harakati ushbu 5510-«Akkreditivlar» va 
5520-«Chek daftarchalari» schyotlrida alohida qayd qilib boriladi. Chunki 
ushbu ochilgan analitik schyotlar tegishli valyutalarda ochilgan 
akkreditivlar, maxsus schyotlar va olingan cheklarda har bir mablag’ning, 
ayniqsa davlat subsidiyalari, maqsadli yo’nalishdagi mablag’larning holati 
va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilishga yordam beradi.
5500-« Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari »schyotlarning 
sintetik ma’lumotlari 3-jurnal orderda kredit belgilari bo’yicha 
umumlashtirilsa, uning analitik hisobi,ya’ni har bir akkreditiv, chek 
daftarchasi va tegishli schyotlar bo’yicha debet tomonidagi ma’lumotlar 
25-qaydnomada jamg’arilib boriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kassasida naqd milliy va xorijiy 
valyutalardan tashqari pochta markalari, davlat bojxona to’lovlarining 
markalari, veksellar, avia, temiryo’l chiptalari va boshqa pul 
ekvivalentlariga tenglashtirilgan xujjatlar ham saqlanadi.
Ushbu pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining holati va 
harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilish va umumlashtirish 
maqsadida 5600-«
Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar» 
schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bo’lib pul 
mablag’lari schyotlarining guruhiga ta’lluqlidir. Pul ekvivalentlari 5600 
schyotda nominal qiymatda hisobga olib boriladi.
Yo’ldagi pul mablag’lariga asosan mahsulotlarni sotish ishlarni bajarish 
va xizmatlar ko’rsatish natijasida kassaga olingan naqd pullarning 
bankdagi pul mablag’lariga o’tkazish uchun inkassatorlarga topshirilgan, 
lekin bank tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlanmagan naqd pul 
mablag’lari kiradi. Ushbu ma’lumotlarni qayd qilish va umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)»
Aksiyadorlik jamiyatlari o’zlarining aksiyalarini tugatish yoki qayta 
sotish maqsadida sotib olishini ham tegishli 5600-«
Pul 
ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar » schyotida yuritishi 
mumkin. Ushbu holatda bu muomalalarni qayd qilish uchun schyotlarning 
guruhida qo’shimcha ravishda 5630-«Aksiya egalaridan sotib olingan 
o’zining aksiyalari» schyotini ochishi mumkin. Ushbu schyotda 
64


keyinchalik tugatish yoki qayta sotish uchun aksiya egalaridan sotib 
olingan o’zining aksiyalari hisobga olib boriladi.
Ushbu mablag’lar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish 
quyidagi xujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
tushgan naqd pullarni topshirganda – bankning pattalari, aloqa 
bo’limlarining pattalari, inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi 
kuzatuv qaydnomasining nusxasi va hokazolar;
bosh sub’ekt yuborgan mablag’ga – sanasi, topshiriqnoma nomeri, 
miqdori, bank yoki aloqa bo’limining nomi ko’rsatilgan bildirishnomani 
olish.
Ayrim o’rtoqlik jamiyatlari kelishilgan tartibda boshqa shaxslarning 
ulushlarini sotib olib boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga 
berish uchun olingan ulushlarni ham hisobga olib boradilar.
Aksiya egalaridan o’zining aksiyalarini sotib olish jarayonlari tegishli 
5600-«
Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar» 
schyotlarining debet tomonida va ularning qiymatini to’lash esa tegishli 
5000, 5110, 5200, 5500 va hokazo schyotlarining kreditida aks ettiriladi. 
Agarda ushbu aksiyalar tugatilsa (muomaladan chiqarilsa), ushbu 
muomala qonun doirasida amalga oshirilsa tegishli 8600-«
Sotib olingan 
xususiy aktsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining 
debetida va 5600-«
Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi 
schyotlar» schyotining kreditida qayd qilinadi.
Pul ekvivalentlarining analitik hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta 
markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) bo’yicha ayrim olgan 
holda yuritiladi.
Pul ekvivalentining holati va harakatini schyotlarda qayd qilish 
chizmasi quyidagi tartibda beriladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling