O bobojonov k. Jumaniyozov
-« Pul ekvivalеntlarini hisobga oluvchi schyotlar »
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
5600-«
Pul ekvivalеntlarini hisobga oluvchi schyotlar » schyoti . Т/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Dеbеt Krеdit 1 Pul ekvivalеntlarining nakd pulga xarid qilinishi 5610 5010, 5020 2 Pul ekvivalеntlarini hisob-kitob schyotidan pul mablag’larini o’tkazish orqali xarid qilinishi 5610 5110 65 3 hisobdor shaxslar orqali pul ekvivalеntlarining xarid qilinishi 5610 4220- 4290 6970 4 Turli shaxslardan pul ekvivalеntlarining xarid qilinishi 5610 6990 Ayrim sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul qilingan naqd pullar tegishli mas’ul xodimlar (inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablag’lari schyotiga topshiriladi. Ushbu muomalalarni (mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan naqd pullarni (tushumlarni) topshirishni qayd qilish, ya’ni, saqlanish joyidan ketgan (inkassatorlarga topshirilgan) lekin yo’naltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni hisobga olish 5620-«Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyot tranzit schyoti hisoblanib ushbu pul mablag’larining harakati va holati ustidan doimiy nazoratni o’rnatishda bog’lovchi bosqichni bajaradi. Ushbu 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini» schyotining debet tomonida kassadan inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi va shu vaqtda 5010 va 5020 schyotlarning krediti tomonida qayd qilinadi. Ushbu mablag’lar bankdagi tegishli pul mablag’lari schyotlariga qabul qilingandan keyin esa 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini» schyotining kreditidan pul mablag’lari schyotlarining 5110, 5210 debetiga o’tkaziladi. Ushbu mablag’lar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa shaxslarga bo’lgan qarzlar to’lansa tegishli 6810-«Bankning qisqa muddatli kreditlari», 7810-«Bankning uzoq muddatli kreditlari», 6820-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7890-«Boshqa uzoq muddatli to’lovlar» schyotlarning debetida qayd qilib boriladi. Ushbu schyotni bosh sub’ekt o’zining qaramog’idagi mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalariga pul mablag’larini o’tkazishda ushbu mablag’lar hisobot davrining oxirida tegishli schyotlarga o’tkazilmaganda qo’llaydi. Bundan tashqari mustaqil balansga o’tgan bo’linmalarning pul mablag’lari bosh sub’ektga o’tkazilayotganda shunga o’xshash holatlar ro’y bersa ushbu schyotni yuqorida keltirilgan tartibda qo’llaydilar. Ushbu schyotlarda mablag’larni qayd qilish uchun quyidagi xujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi: kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda – bankning va aloqa bo’limining pattasi, bankning inkassatorlariga naqd pullarni topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning nusxasi va boshqalar; 66 bosh korxona o’zining bo’limlariga berilayotgan summalari bo’yicha – o’tkazish uchun pul mablag’ini qabul qilgan bank yoki aloqa bo’limining nomi va summasi va avizo (xabarnomasi)ning sanasi, to’lov topshiriqnomasining nomeri ko’rsatiladi. Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining analitik hisobi ularning har bir turi bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi. Yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakatini schyotlarda aks ettirishning quyidagi chizmasi keltirilgan. Moliyaviy hisobning asosiy vazifalaridan bittasi pul mablag’larining holati va harakati ustidan, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning doimiy va tizimli nazoratni o’rnatishdir. hisob shaxslarning faoliyatini tashkil qilishdagi elementlaridan biridir, chunki hisob va ma’muriy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’ladigan axborotlarni yig’ish va ularga ishlov berish manbaidir. Sub’ektlarning boshqa mablag’lari kabi pul mablag’lari xo’jalikda sodir bo’ladigan muomalalarning ta’siri natijasida doimiy ravishda harakatda bo’ladi. Chunki sub’ektning faoliyati- ta’minot, ishlab chiqarish va realizasiya jarayonlari doimo takrorlanib turadi. Sub’ektning pul mablag’lari saqlanish joylarida- kassada, bankdagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarida (hisoblashish, valyuta schyotlarida, akkreditiv, chek daftarchalari va boshqa maxsus schyotlarda) hisobga olib boriladi. Lekin inkassasiya qilinayotganda va pul o’tkazmalarini amalga oshirayotganda ushbu mablag’larning holati va harakati ustidan nazorat qilish uzilib qoladi. Shuning uchun o’sha jarayonni nazorat qilish, ya’ni yo’ldagi va o’tkazmalardagi pul mablag’larining tegishli joylarga banklar yoki oluvchilarga borib etkuncha nazoratini tashkil qilish uchun maxsus 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini» schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyotda milliy va xorijiy valyutalarning o’tkazilishi yuzasidan ya’ni, aloqa bo’limlariga topshirilgan lekin tegishli manzildagi oluvchilarning schyotlariga borib tushmagan yo’ldagi o’tkazmalarning holati va harakati ustidan nazorat o’rnatiladi. 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini»schyotida tegishli summalarni yozish uchun bank muassasalarining pattalari, aloqa bo’limlarining pattalari va boshqa tasdiqlovchi xujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi. Tegishli bankdagi pul mablag’lari schyotlaridan bank ko’chirmalari olingandan keyingina ushbu mablag’lar 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini»schyotining kreditidan tegishli 5110, 5210, 5510, 5520, 5530, 6310, 6710 va boshqa schyotlarning debetiga o’tkaziladi. 67 Xorij valyutasidagi yo’ldagi o’tkazmalar 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini»schyotida ushbu o’tkazmalarning turlari bo’yicha ayrim hisobga olib boriladi. 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini» schyoti bo’yicha analitik hisob har bir o’tkazmaning turi bo’yicha ayrim holda yuritiladi. Yo’ldagi o’tkazmalardagi pul mablag’larining holati va harakatini schyotlarda aks ettirishning chizmasi quyidagicha keltirilgan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling