O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Izoh: Investisiya sotib olish qiymati bo’yicha hisobga olinganda, to’lash 
muddati etgandan keyin balans qiymati nominal qiymatga teng bo’lishi 
lozim.
Sub’ektning boshqa sub’ektlarning qimmatbaho qog’ozlariga, davlatning 
foizli obligasiyalariga va mahalliy qarzlar va hokazolarga qisqa muddatli (1 
yildan ortiq bo’lmagan muddatga) qo’yilmalari (investisiyalari), shuningdek, 
boshqa sub’ektlarga berilgan qarzlarining holati va harakati haqidagi 
ma’lumotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
5810-«Qimmatli qog’ozlar»;
5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar»;
5890-«Boshqa joriy investisiyalar».
Qoplashning belgilangan muddatlari 1 yildan ortiq bo’lmagan foizli 
obligasiyalar va boshqa qimmatbaho qog’ozlar, shuningdek boshqa 
sub’ektlarga berilgan qarzlar qisqa muddatli investisiyalar guruhidagi 
schyotlarda hisobga olinadi. qoplash (so’ndirish) muddati belgilanmagan 
76


boshqa qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilmalar qisqa muddatli qo’yilmalarni 
hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi. Ushbu qo’yilmalar amalga 
oshirilganda, so’zsiz ular bo’yicha bir yildan ko’p muddat ichida daromad 
olinadi.
5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida aksiyalarga, davlatning foizli 
obligasiya va mahalliy qarzlarga, shuningdek boshqa qimmatli qog’ozlarga 
qo’yilgan qisqa muddatli investisiyalarning holati va harakati hisobga 
olinadi.
Obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlar 5810-«Qimmatli qog’ozlar» 
schyotida sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Aksiya, obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarning sub’ekt 
tomonidan olinishi 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotining debetida va 
5110-«Hisob-kitob schyoti», xorij valyutalarini hisobga oluvchi 5210, 
5220-schyotlarning krediti orqali aks ettiriladi. Agarda qimmatbaho 
qog’ozlar uchun to’lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul 
mablag’laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa 
qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar kreditlanadi.
Sub’ektning qisqa muddatli investisiyalari yuzasidan ajratilgan summalari 
boshqa sub’ektga o’tkazilsa-yu, ammo hisobot davrida uning tegishli 
xuquqlarini tasdiqlovchi xujjatlar olinmasa, ushbu summalar qisqa muddatli 
investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlarda alohida hisobga olinadi.
Agar sotib olingan obligasiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarning 
sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib 
olish va nominal qiymati o’rtasidagi farqni shunday o’chirish yoki 
qo’shimcha yozish kerakki, 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida hisobga 
olinadigan qimmatbaho qog’ozlarning bahosi ularni qoplash davrida 
nominal qiymatiga teng bo’lishi kerak.
5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida hisobga olinadigan obligasiya va 
boshqa qimmatbaho qog’ozlarning qoplanishi (so’ndirilishi) va sotilishi pul 
mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida sotish bahosida 
5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotining kreditida esa balans qiymatida aks 
ettiriladi.
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan ko’rilgan moliyaviy natijalar, agarda 
daromad olinsa, 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» 
schyotining kreditida yoki zarar ko’rilsa, 9690-«Moliyaviy faoliyatlar 
bo’yicha boshqa xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida sub’ektning boshqa 
sub’ektlarga qisqa muddatga bergan pul mablag’lari yoki boshqa 
qarzlarning holati hisobga olinadi.
77


Berilgan qarzlar 5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotining 
debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti» va boshqa tegishli schyotlarning 
krediti orqali aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi 5110-«Hisob-kitob 
schyoti» yoki boshqa tegishli mablag’lar schyotining debeti va 
5820-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotining krediti bo’yicha 
korrespondensiyasi orqali aks ettiriladi.
5890-«Boshqa joriy aktivlar» schyotida sub’ektlarning bank va boshqa 
omonatlarga so’mda va xorijiy valyutadagi qo’yilmalarining harakati 
hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablag’larining o’tkazilishi 5890-«Boshqa joriy 
aktivlar» schyotining debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki 
5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» va 5220-«Chet eldagi valyuta 
schyotlari»ning krediti bo’yicha korrespondensiyalanishi orqali aks ettiriladi. 
qisqa muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha 
analitik hisob ikki xususiyatni e’tiborga olgan holda yuritiladi:
qisqa muddatli investisiyalarning turlari bo’yicha;
qo’yilmalar amalga oshirilgan ob’ektlar bo’yicha (qimmatbaho 
qog’ozlarni sotuvchi sub’ektlar, omonatlar va hokazolar).
Analitik hisobning tuzilishi qisqa muddatli qo’yilmalarning mamlakat 
hududidagi va xorijdagi ob’ektlari bo’yicha zarur va etarlicha 
ma’lumotlarga ega bo’linishini ham ta’minlashi kerak.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling