O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar
- 3.BOB. MATERIALLAR HISOBI 3.1. Materiallar xaqida tushuncha va ularning hisobini tashkil qilsh vazifalari.
Tayanch iboralar.
Aksiya, aksiyadorlik jamiyati, analitik hisob, bank, banknotalar, bankrotlik, bank emitent, barter, baho, birlamchi hisob, birlamchi xujjatlar, blanka, brutto, buxgalteriya arxivi, buxgalteriya balansi, buxgalteriya daftarlari, buxgalteriya hisobining uslubi, buxgalteriya hisobi schetlari, buxgalteriya hisobining o’lchov birliklari, buxgalteriya hisobining xujjatlari, kassa kitobi, kassa limiti, kassaning orderlari, 81 kassirning hisoboti, kassir, kvota, emissiya, extiyot qismlar, hisob to’lov qaydnomasi (vedomosti), xujjat, xujjatlarning aylanishi, O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Pul mablag’larining iqtisodiy mazmuni va moxiyatini ayting? 2. Pul mablag’larining hisobini yuritishning axamiyati va vazifalari nimalardan iborat? 3. Nakd va nakd pulsiz hisob kitob operasiyalari hisobi qanday amalga oshiriladi? 4. Кassa operasiyalari analitik hisobi qanday amalga oshiriladi? 5. Nakd pul bilan bog’liq jarayonlarning sintetik hisobini ayting? 6. Hisoblashish schetida operasiyalarni aks ettirish tartibini ayting?. 7. Valyuta muomalalarini aks ettirish tartibi qanday amalga oshiriladi? 8. Maxsus schetdagi pul mablag’lari bilan bog’liq operasiyalarning rasmiylashtirilish tartibi qanday amalga oshiriladi? 9. Akkreditiv scheti bilan bog’liq jarayonlarning sintetik hisobini ayting? 10.“Yo’ldagi o’tkazmalar” scheti bilan bog’liq operasiyalarning hisobi qanday yuritiladi? 82 3.BOB. MATERIALLAR HISOBI 3.1. Materiallar xaqida tushuncha va ularning hisobini tashkil qilsh vazifalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o’rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o’rnatilgan baho (chunki ushbu baholarni tartibga solib turuvchi omil – bu tannarxdir) mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chikkan holda ishlab chiqarishni tashkil qilayotganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab qilishi lozim. Bu bo’limda sub’ektga tegishli bo’lgan tovar-moddiy Rеzеrvlari, shu jumladan, yo’ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mehnat buyumlari, xom ashyo va materiallar, aylanma mablag’larning tarkibiga kiritilgan mehnat buyumlarining tarkibi, miqdori, harakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari o’rganiladi. O’rganish jarayonida xom-ashyo materiallarining tarkibi, holati, harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e’tibor berish lozim. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o’zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini- moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar meyorini pasaytirish, tovar-moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash va qo’riqlash va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishi lozim. Ushbu talabni bajarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: saqlash va ularga ishlov berish joylarida moddiy qiymatliklar va tayyor mahsulotlarning saqlanishi ustidan nazorat qilish; moddiy qiymatliklar va tovarlarning harakati bilan bog’liq muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida xujjatlashtirish; mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovar va moddiy qiymatliklarni tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni ajratib olish va qayd qilish; ishlab chiqarilgan mahsulotlar va sarflangan xom ashyo va materiallarning, qoldiq mahsulot va materiallarning tannarxini to’g’ri 83 hisoblash va saqlash joylari va balansning tegishli moddalari bo’yicha yoritish; tovar-moddiy boyliklarning sarfi bo’yicha belgilangan me’yorlarga amal qilish va ortiqcha tovar-moddiy Rеzеrvlarni sotish ustidan nazorat qilish; tovar-moddiy qiymatliklarini etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan bo’ladigan hisoblashishlarni kelishilgan vaqtda amalga oshirish; yo’ldagi tovarlar, mahsulotlar va moddiy qiymatliklarning harakati va tovar-moddiy Rеzеrvlarni etkazib berish sanalari ustidan nazorat o’rnatish. Ushbu vazifalarni bajarish va nazoratni etarli talab darajasida o’rnatish uchun sub’ektda marketing bo’limini tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, omborxona xo’jaligining holati, uning jixozlari-o’lchov uskunalari, tokchalar, stellajlar, yashiklar ham muhim o’rin tutadi. Chunki xom ashyo, materiallar, tovar va mahsulotlar omborxonaning maxsus jixozlarida yashik, stellaj-tokchalarda tegishli turlari va guruhlari bo’yicha saqlanishi va uning xavosi mutadil saqlanishi lozim. Bundan tashqari, ushbu qiymatliklarni – TMZ qabul qilib oluvchi va sarfga chiqaruvchi javobgar shaxslarni tayinlash va ushbu muomalalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xujjatlarga imzo chekuvchi javobgar shaxslarni tayinlash va belgilash muhim o’rin tutadi. Chunki tovar-moddiy Rеzеrvlaridan xo’jalik faoliyatida har xil maqsadlar uchun foydalaniladi: tovarlar va tayyor mahsulotlar iste’molchilarga sotiladi; xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishda to’liq iste’mol qilinadi; ayrim materiallar – moylash materiallari, bo’yoqlar va shunga o’xshashlar faqatgina o’zlarining shaklini o’zgartiradilar; tayyorlangan mahsulotning tarkibiga o’zgarmagan holda kiritiladi,- ehtiyot qismlar, mashina va agregatlarning qismlari; mahsulotlarni tayyorlashga yordam beradi yoki sharoit yaratadi- Inventar va xo’jalik jihozlari. Tovar-moddiy Rеzеrvlaridan foydalanish va yo’nalishi bo’yicha ular asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: tovarlar va sotiladigan xom ashyo va materiallar, tayyor mahsulotlar va ortiqcha xom-ashyo va materiallar; xom ashyolar-rudalar, paxta, kalava, ip, cho’yan, neft va hokazo; asosiy materiallar-yog’och, temir, kalava va xokazolar; 84 sotib olingan yarim fabrikatlar – motorlar, qismlar, bo’yoqlar va hokazolar; chiqindilar-qirindilar, lattalar, urvoqlar va hokazolar; idishlar-karton, yog’och, plastmassa va metal idishlar; yoqilg’ilar-qattiq-yog’och, ko’mir, suyuq-gaz, mazut yoqilg’ilari; ehtiyot qismlar-mashina va uskunalarning ayrim buyumlari; Inventar va xo’jalik jihozlari – qisqich, kurak, ombir va boshqa jixozlar. Tovar-moddiy Rеzеrvlarning ustidan tezkor va tizimli nazorat o’rnatish va ularni hisobga olishni tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: tovar-moddiy qiymatliklarining nomi va bahosini o’rnatish; xujjatlashtirish va xujjatlarning aylanish tartibini aniq belgilash va javobgar shaxslarga birkitish; belgilangan tartibda va muddatda inventarizasiya o’tkazish; hozirgi davr talabi bo’lgan hisobni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish va keng qo’llash. TMZ kirimini eng avvalo marketing bo’limi nazorat qiladi, chunki bu bo’lim mol etkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzishda faol qatnashadi, keyinchalik ta’minlanish grafigini nazorat qiladi, uning tarkibi va qabul qilayotganda aniqlangan kamomadlari bo’yicha mol etkazib beruvchilarga da’volar bildiradi va jarima soladi hamda yo’qolgan TMZlarni topish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Chunki tovar-moddiy Rеzеrvlari asosan sotish uchun olingan va ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan aktivlardan tashkil topgan bo’lib, ular sub’ektning faoliyatida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Tovar-moddiy Rеzеrvlar bu quyidagi shakldagi aktivlardan tashkil topgan: a) realizasiya uchun mo’ljallangan mahsulot va tovarlar, shu jumladan, yo’ldagi tovarlar; b) tugallanmagan ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining tugallanmagan sarflari; v) ishlab chiqarish jarayoni yoki xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan xom ashyo va materiallar; Ayrim hollarda sub’ektning omborxonalarida mavjud bo’lgan tovar- moddiy Rеzеrvlarining ayrim turlari tovar-moddiy Rеzеrvlarning tarkibiga kiritilmasligi ham mumkin. 85 1-xol. Inventarizasiya qilinayotgan davrda kompaniyaning egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar topilishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan, u tomonidan qiymati to’langan (ya’ni, oldi-sotdi bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovarlardir. Ularning realizasiyasini qayd qilish zarur. 2-xol. Moddiy Rеzеrvlarning tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir kategoriyasi bu- konsignasiyadagi tovarlardir. Кonsignasiya- bu komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorning o’z tovarlarini boshqa kompaniyaning omborlarida joylashtirishidir. Кonsignator bunday tovarlarni o’zining moddiy Rеzеrvlarining tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizasiya davrigacha bu tovarlar jo’natuvchi- konsignantning mulki hisoblanadi. Tovar-moddiy Rеzеrvlarning hisobini yuritish jarayonida ular quyidagi tartibda, ya’ni tovar-moddiy Rеzеrvlar quyidagilarning eng kam qiymati bo’yicha baholanadi: a) tannarx bo’yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki moddiy Rеzеrvlarning xarid bahosiga transport-tayyorlov sarflari qo’shilgan holda; b) sof realizasiya qiymati bo’yicha kelishilgan bahodan ularni sotishga tayyorlash va sotish bilan bog’liq sarflarni chegirgandan keyin qolgan qiymatda. Tovar-moddiy Rеzеrvlarni tannarx bo’yicha baholash tartibida tovar- moddiy Rеzеrvlarning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi: a) tovar-moddiy Rеzеrvlarining sotib olish xarajatlari, jumladan, xarid qiymati (schyot-fakturada ko’rsatilgan summadan xarid chegirmalarining ayirmasi), bojxona to’lovlari va boshqa soliqlar (qoplashga mo’ljallanganlarning ayirmasi bilan), fraxt qiymati (yuklash- tushirish ishlari va tovarning yo’ldagi sug’o’rtasini hisobga olgan holda), xarid bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlardan; b) qayta ishlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq xarajatlardan, jumladan: 1. xom-ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda stanok va asbob-uskunalarda bevosita band bo’lgan ishchilarning mehnat haqini to’lash va ijtimoiy sug’urtalash xarajatlari; 2. xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish uchun sarflangan doimiy va o’zgaruvchan ishlab chiqarishning ustama xarajatlarni doimiy tartibda taqsimlashdan iborat. v) joriy davrda TMZni tayinlangan joyga eltib berish uchun transportirovka yoki ularni kerakli holatga keltirish jarayonida (tayyor 86 mahsulotni omborga olib borish, tovarni shaxsiy buyurtmalar asosida bichish va yig’ish xarajatlari va boshqalar) sarflangan boshqa xarajatlar. Xizmat qiluvchi sohadagi sub’ektlardagi tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxi quyidagi xarajatlardan tashkil topgan: a) xizmat ko’rsatish bilan bilvosita bog’liq (o’rta bug’indagi rahbar xodimlarni qo’shgan holda) xodimlarga hisoblangan mehnat xaqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari; b) yordamchi xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va boshqa xo’jaliklarning xarajatlari; v) xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita sarflangan ustama sarflar. Tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxiga kirtilmaydigan quyidagi xarajatlar (xizmat ko’rsatishni qo’shgan holda, hamma sohalarga qo’llaniladigan) mavjud: a) me’yordan yuqori bo’lgan (sub’ekt tomonidan o’rnatilgan muqobil (optimal) xarajat me’yorlaridan) materiallar, ishchi kuchi va boshqa rejalashtirilmagan ishlab chiqarish sarflari; b) agar texnologik jarayonda ko’rib o’tilmagan bo’lsa, ishlab chiqarish siklining alohida bosqichlari o’rtasida TMZni saqlash xarajatlari; v) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; g) realizasiya bilan bog’liq xarajatlar. Masala: Ishlab chiqarish xarajatlari va davr xarajatlari. «A» firmasi ofis mebelining bitta modelini ishlab chiqaradi. hamma mahsulotlar bir xil. Yil davomida quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan: Mehnat xaqi: ishlab chiqarishdagi ishchilarga; 8000000 so’m noishlab chiqarishdagi ishchilarga; 2500000 so’m sotuvchilarga; 300000 so’m ma’muriyat xodimlariga; 150000 so’m Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 4200000 so’m Ishlab chiqarishda ishlatilgan xom ashyo; 15200000 so’m Binoning ijarasi; 1500000 so’m Ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarining amortizasiyasi; 500000 so’m Binoni elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlari; 800000 so’m qo’shimcha ma’lumotlar: Yil boshida tovar-moddiy Rеzеrvlar yo’q edi; Yil davomida 800 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan; Yil oxirida butun mahsulot ishlab chiqarilib bo’ldi; 600 birlik mahsulotning xar bir birligi 45000 so’mdan sotildi; 87 Bino maydonining 2/3 qismi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, qolgan qismi ma’muriyat ofislari uchun ishlatiladi; Elektr energiyaning 3/4 qismi ishlab chiqarishni ta’minlash uchun sarflanadi; Yanvarda kompaniya aksiyadorlar qo’ygan 50000000 so’m ustav kapitali bilan faoliyat boshladi. hisobot davrida kompaniya kreditga xech nima olmagan va sotmagan. Ushbu jarayonning sarflarini hisobga olib quyidagi amallarni bajarish lozim: 1. Xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot birliklariga taqsimlanish tartibi. 2. Xarajatlarning yil oxirida qolgan mahsulot birliklariga taqsimlanish tartibi. 3. Yil uchun sof foyda xajmini aniqlash. 1. Xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot birliklariga taqsimlanishi. Bevosita ishlab chiqarish mehnat xarajatlari 11200000 s. Bilvosita ishlab chiqarish mehnat xarajatlari 3500000 s. Bevosita material xarajatlar 15200000 s. Binoning ijarasi (15.00000x2/3) 1000000 s. Ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarning amortizasiyasi 500000 s. Elektr bilan ta’minlash xarajatlari (800000x3/4) 600000 s. Ja’mi ishlab chiqarish xarajatlari 32000000 s. Mahsulot birligining tannarxi 32000000/800 40000 s. 2. Xarajatlarning yil oxirida sub’ektda qolgan mahsulotning birliklariga taqsimlanishi. 800-600 =200x40000 8000000 s. 3. Yil uchun sof foyda xajmini aniqlash. Realizasiyadan olingan daromad (600x45000) 32000000 s. Realizasiyaga tayyor TMZ tannarxi 240000 s. Minus davr oxiridagi TMZ 24000000 s. Realizasiya qilingan mahsulotning tannarxi 24000000 s. Sotuvchilarning mehnat xaqi 3000000 s. Ma’muriyat xodimlarning mehnat xaqi 150000 s. Binoning ijarasi (1500000x1/3) 500000 s. Binoning elektr ta’minoti (800000x1/4) 200000 s. Jami xarajatlar 25150000 s. Soliq solinguncha bo’lgan foyda (taqsimlanmagan foyda) 1850000 s. Foyda solig’i 370000 s. 88 Sof foyda 1480000 s. 31-dekabrga bo’lgan sinov balansi Pul mablag’lari 43350000 TMZ 8000000 hisoblangan amortizasiya 500000 To’lanadigan soliqlar 370000 Ustav kapitali 50000000 Taqsimlanmagan foyda 1480000 Jami: 51850000 Tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxini hisoblash usullari quyidagilardan tashkil topgan: a) yalpi identifikasiya usuli, aniq xarajatlarga asoslangan bo’lib o’zaro almashtirilmaydigan konkret birliklari maxsus individual buyurtmalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar va xizmatlarning tannarxini hisoblash uchun qo’llaniladi. b) o’rtacha tortilgan qiymat usuli- TMZ har bir birligining qiymati hisobot davrining boshida bir turli TMZ birliklari va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli TMZ birliklarining o’rtacha tortilgan qiymati bo’yicha aniqlanadi. TMZ birligining o’rtacha tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini ushbu Rеzеrvlar birliklarining soniga bo’lish bilan aniqlanadi. v) birinchi xarid baholari bo’yicha baholash usuli (FIFO- birinchi kirim- birinchi chiqim)- birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan tartibga asoslangan. g) oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli (LIFO)- oxirgi xarid qilingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniqlash uchun, hisobot davrining oxiriga bo’lgan Rеzеrvlarning tannarxi esa birinchi navbatda xarid qilingan tovarlarning tannarxi asosida hisobga olinadi, degan taxminga asoslangan. Masalan: Tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxini hisoblash usullari. «Maxmud» kompaniyasi yil davomida quyidagi TMZni xarid qildi: Yil oxirida omborxonada 400 birlik mahsulot bor edi. Realizasiyadan kelgan sof tushum 1250000 so’mni tashkil etdi. 1. Birinchi xarid narxlarida baholash usuli (FIFO)ni qo’llab, sotilgan mahsulotning tannarxini va davr oxiridagi Rеzеrvlarga taqsimlangan xarajatlar quyidagi tartibda aniqlanadi: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling