O bobojonov k. Jumaniyozov
TMZni hisobga olishning davriy va uzluksiz tizimlari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
3.3. TMZni hisobga olishning davriy va uzluksiz tizimlari.
TMZni davriy hisobga olish. 92 Davriy hisobga olish tizimini qo’llashda yil davomida TMZning har birining batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy Rеzеrvlarning haqiqiy mavjudligi mavjud Rеzеrvlarning inventarizasiya natijalari bo’yicha aniqlanadi. Sotilgan TMZning tannarxini inventarizasiya yakunlanmaguncha aniqlab bo’lmaydi, chunki sotilgan TMZ tannarxini hisoblash quyidagi formula bilan topiladi: M s +M k = M t -M s1 = M r , bunda M s - hisobot davri boshiga bo’lgan TMZ qoldig’i M k - kelib tushgan TMZ M t - sotishga tayyor TMZ tannarxi M s1 - hisobot davri oxiriga bo’lgan TMZ qoldig’i M r - sotilgan TMZ tannarxi Davriy hisobga olish tizimini qo’llaganda, tovar-moddiy Rеzеrvlarning balans schyotlaridagi qoldig’i inventarizasiya yakunlanmaguncha boshlang’ich darajada qoladi. TMZning butun harakati xarajatlarning vaqtinchalik schyotlarida aks ettiriladi, masalan. materiallarning xaridi «Tovar moddiy Rеzеrvlari» balans schyotida emas, balki 1510- «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida aks ettiriladi. hisobot davrining oxirida TMZ qoldiqlarining inventarizasiyasi natijalari bo’yicha TMZni hisobga olish balans schyotlarining debetlanishi yoki kreditlanishi, «Tovar-moddiy Rеzеrvlar bo’yicha tuzatishlar» yoki «Materiallarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar» schyotlari bilan korrespondentlikda tuzatuvchi yozuvlar amalga oshiriladi. Butun hisobot davri davomida sotilgan TMZning tannarxi «Tovar- moddiy Rеzеrvlar bo’yicha tuzatishlar» schyotining qoldig’iga tuzatilgan, «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debeti bo’yicha yig’ilib boriladi. TMZni uzluksiz hisobga olish tizimini qo’llaganda TMZning balans schyotlarida tovar-moddiy Rеzеrvlarning kelib tushishi va chiqib ketishi batafsil aks ettiriladi. TMZni davriy hisobga olishda qo’llaniladigan xarajatlarning vaqtinchalik schyotlari bu holda qo’llanilmaydi. Natijada butun hisobot davri davomida TMZning ma’lum turlarining mavjudligi va sotilgan Rеzеrvlarning tannarxi ma’lum bo’ladi. Sotilgan TMZning tannarxi sotilish bo’yicha «Sotilgan mahsulot (tovar)ning tannarxi» schyotida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida uzluksiz va davriy tizimlarning asosiy farqi shuki, uzluksiz hisob tizimiga muvofiq «Tovarlar» schyotida doimo yangi xaridlar, sotuvlar va tovarlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa muomalalar aks ettiriladi. Rеzеrvlarning davriy hisob tizimi yuritilganda ushbu schyot 93 bo’yicha ma’lumotlar hisobot davrining oxirida mavjud tovar-moddiy Rеzеrvlarining inventarizasiyasi o’tkazilmaguncha, boshlang’ich holida qoladi. Natijada davriy hisob tizimi sharoitida ishlatiladigan «Tovarlarning xaridi», «Sotib olingan tovarlarning qaytarib berilishi va narxining pasaytirilishi», «Xaridorlardan chegirmalar» va «Tovarlarni sotib olish bo’yicha transport xarajatlari» kabi schyotlar Rеzеrvlarni uzluksiz hisobga olish tizimi sharoitida ishlatilmaydi. Ushbu farqlarni namoyon qilish uchun kanselyariya tovarlarining ulgurji savdosi bo’yicha muomalalarni ikki xil tizimda hisobga olishni ko’rsatamiz. 1. Umumiy qiymati 1200000 so’m bo’lgan 100 birlik TMZ olindi, 2/10, n/30 shartlarida, FOB-yo’nalish stansiyasi. Netto- xaridlar bo’yicha hisob usuli qo’llaniladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling