O bobojonov k. Jumaniyozov
Fakturasiz TMZni hisobga olish tartibi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Yo’ldagi tovar-moddiy Rеzеrvlarini hisobga olish.
3.4. Fakturasiz TMZni hisobga olish tartibi.
Agarda sub’ektning nomiga fakturasiz TMZ kelib qolgan bo’lsa, u vaqtda tezda qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va TMZ omborga qabul qilinib hisobot bilan ilova sifatida buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu dalolatnomada TMZ sub’ektning hisob siyosatida qabul qilgan bahoda baholanadi, 6-jurnal-orderga qayd qilinadi, omborxonaga qabul qilinadi va akseptlanadi. Fakturasiz qabul qilingan TMZ 6-jurnal-orderga oyning oxirida qayd qilinadi, agarda ushbu oyda tasdiqlovchi to’lov xujjatlarini olish imkoniyati bo’lmasa 6-ustuniga schyot nomeri o’rniga F-1 belgisi qo’yiladi. Chunki ularning qiymatini to’lash mumkin emas, sababi bank uchun mablag’larni o’tkazishga asos to’lov talabnomasi yoki schyot- faktura hisoblanadi. Кeyingi oyda to’lov xujjatlarining kelib tushish sanasidan ular akseptlanadi, bank orqali qiymati to’lanadi va buxgalteriyada 6-jurnal-orderning tegishli materiallar guruhida qayd qilinadi va "aksept" ustunida belgilanadi. Кeyin "saldo" qatorida (to’lanmagan hisoblashish) tegishli bahoda ilgari yozilgan summa o’chiriladi (storno). Ushbu yozuvlar amalga oshirilgandan keyingina ushbu TMZ bo’yicha mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish tugallangan deb hisoblanadi. 3.5. Yo’ldagi tovar-moddiy Rеzеrvlarini hisobga olish. Agarda TMZ to’lov xujjatlari olinib akseptlangan, lekin ular xaligacha sub’ekt omboriga kirim qilinmagan bo’lsa ushbu qiymatliklar yo’ldagi TMZ deyiladi. Chunki bank tomonidan qiymatining to’langanligi yoki to’lanmaganligidan kat’iy nazar akseptlangan to’lov xujjatlari hisobga olinishi lozim. To’lov xujjatlari 6-jurnal-orderning «Кelmagan yuklar» va «Aksept» ustunlarida oy davomida qayd qilib boriladi. Oyning oxirida esa sub’ekt ushbu TMZ o’zining balansiga qabul qilishi va tegishli guruhlarga yozishi 107 shart. Lekin keyingi oyning boshidan ushbu mollar yuzasidan bo’ladigan hisoblashishlar davom qiladi. qiymatliklar omborga qabul kilangandan keyin ular tegishli TMZ turlari va guruhiga ombor mudiri tomonidan kirim qilinadi va omborxonaning kirim orderi buxgalteriyaga beriladi. Lekin akseptlanmaydi, chunki uning to’lov xujjatlari ilgari buxgalteriyaga akseptlanib topshirilgan ehtimol bu to’lov xujjatlarida ko’rsatilgan summa to’langan bo’lishi mumkin. Chunki 6-jurnal-orderni hisobot davrining oxirida yopayotganda ushbu guruhdagi materiallar ikki marta kirim qilinishi mumkin. Mol etkazib beruvchilar bilan TMZ yuzasidan hisoblashish amalga oshirilayotganda ularning kamomadi yoki ortiqchaligi aniqlanishi mumkin. Ayrim hollarda haqiqatda qabul qilingan TMZ mol etkazib beruvchilarning to’lov xujjatlaridagi ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi va dalolatnoma (M-7) bilan tasdiqlanadi. Aniqlangan ortiqcha qiymatliklar kelishilgan yoki qabul qilingan bahoda dalolatnomaga asosan qabul qilinadi. Кeyin 6-jurnal-orderning ayrim qatorida fakturasiz TMZ sifatida ko’rsatiladi va marketing bo’limi mol etkazib beruvchiga ortiqcha qiymatlik to’g’risida xabar yuborib to’lov xujjatini jo’natishni so’raydi. Mabodo ushbu usulni qo’llash natijasida (taqqoslash) kamomad aniqlansa dalolatnomaga asosan sub’ekt mol etkazib beruvchiga da’vo bildiradi. Bu vaqtda kam chikkan TMZ haqiqiy tannarxda hisoblanadi, tashish tarifi yukning og’irligiga va ustama yoki chegirma summasi qiymatlikning umumiy summasiga mutanosib aniqlanadi. Кamomad summasi 4860- "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar"ning debeti va 6010- "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyotining kreditida qayd qilinadi va 6-jurnal-order va 7- qaydnomada ko’rsatiladi. Bu jurnal-orderda faqatgina TMZ olish bilan bog’liq bo’lgan hisoblashishlar aks ettiriladi. Lekin ko’p hollarda sub’ekt o’zining faoliyati davomida mol etkazib beruvchilarning xizmatlaridan (gaz, energiya, suv, ta’mirlash va xokazo) ham foydalanadi. Shuning uchun ushbu xizmatlar yuzasidan hisoblashishni aks etirish uchun ayrim 6-jurnal-order (6/ 1 j/o)ni ochish va yuritish yuritish maqsadga muvofiqdir. hisobot davri tugagandan keyin ushbu jurnal-orderlarning ko’rsatkichlari 6010-"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar" schyoti bo’yicha jamlanma ma’lumotlar olish uchun yig’iladi va Bosh daftarga o’tkaziladi. Sub’ektning buxgalteriyasi "Moddiy qiymatliklarning harakati" (pul ko’rinishida) qaydnomasidan foydalangan holda TMZ harakatini so’m ko’rinishida hisobga olib boradi. Ushbu qaydnoma TMZ butligini nazorat 108 qiluvchi, joylarda harakatini hisobga oluvchi asosiy registr hisoblanadi. Ushbu 10-qaydnoma quyidagi tarkibda tuzilgan: 1-bo’limda: sintetik schyotlar va guruhlar bo’yicha hisob-reja bahosida va haqiqiy tannarxida TMZ kirimi va qoldiq summasi; 2-bo’limda: transport-tayyorlov sarflari va materiallarning guruhlari bo’yicha haqiqiy tannarxi bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farqning summa va foiz ko’rinishlari; 3-bo’limda: xaqiqatda sarflangan TMZ haqiqiy tannarxini hisoblash, ombordan jo’natish, bo’limlarda sarflanishi, bo’limlardagi, markaziy ombordagi qoldig’i (xaqiqiy va hisob-reja tannarxida). 10-qaydnomani tuzish uchun ma’lumotlar omborning registrlari va M-4 jamg’arma qaydnomasidan olinadi. Ushbu qaydnomada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: «Кirim qilingan TMZ xaqiqiy tannarxining tarkibi». Bu ma’lumotlar 1,6.7,8,10 va 13 jurnal-orderlardan va joriy oyda TMZ tayyorlash bilan bog’liq sarflarni aks ettiradigan hamma xujjatlardan olinadi. Bu ma’lumotlar 10-qaydnomaning 2-bo’limini to’lg’azish uchun zarur. «Кirim qilingan TMZ hisob-reja tannarxi» tegishli ma’lumotlar yuqoridagi jurnal-orderlardan olinadi, lekin TMZ tayyorlov sarflari bundan mustasno. Bu ma’lumotnomaning ma’lumotlari 10-qaydnomaning 1- bo’limidagi ma’lumotlarni taqqoslash va joriy davrda tayyorlov jarayonlarining natijasini va transport-tayyorlov sarflarining summasini hisoblash zarur. Natijada «Tovar-materiallar Rеzеrvsining harakati» nomli 10-qaydnoma buxgalteriya hisobining bu sohadagi vazifalarini echish uchun zamin tayyorlaydi. 10-qaydnomaga to’lg’azuvchi sifatida 11 «TMZ hisob-reja bahosida bo’limlar, omborlar bo’yicha harakati» nomli qaydnoma qo’llaniladi. 11-qaydnoma bo’limlarning ishlab chiqarish hisoboti, moddiy qiymatliklarni qaytarish yuk xati, inventar va xo’jalik jihozlari harkatining yig’ma va guruhlashtiruvchi qaydnomasi va boshqa xujjatlarga asosan buxgalteriyada to’lg’aziladi. Chunki ushbu xujjatlar yordamida xar-bir bo’lim bo’yicha olingan va qaytarilgan TMZ miqdori aniqlanadi. Bundan tashqari bo’limlarda qolgan va sarflangan qiymatliklar 11-qaydnomada va 10-qaydnomaning 3-bo’limida ko’rsatiladi (bo’limlardagi omborlardan sarflanishi va ombori bo’lmagan bo’linmalarda sarflanishi). 109 Demak, 10-qaydnomaning 1-bo’limining ma’lumotlari bo’yicha omborxona va buxgalteriyadagi TMZ hisobining ma’lumotlarini taqqoslash mumkin. Bu taqqoslash xar bir ombor bo’yicha ayrim olgan holda, materiallar guruhlanmagan holda hisob-reja bahosida amalga oshiriladi, chunki ushbu ma’lumotlar hisobning tezkor-qoldiq usuli uchun zarurdir. Ushbu qaydnomaning 2-bo’limida ikki xil baholash- hisob-reja bahosi va xaqiqiy tannarxda balansning tegishli moddalarida va TMZ guruhlari bo’yicha umumiy xajmini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada tashish- tayyorlash sarflari va baholar o’rtasidagi farqning summalari va foizini hisoblash mumkin bo’ladi. 10-qaydnomaning 3-bo’limida buxgalteriya hisobining muhim ko’rsatkichlaridan biri bulmish sarflangan TMZ xaqiqiy tannarxi, ularning xaqiqiy sarfi, materiallar guruhi bo’yicha oy oxiridagi qoldig’i to’g’risidagi balans moddalarini to’lg’azish uchun zarur ma’lumotlar keltiriladi. Tashish-tayyorlov sarflari TMZ haqiqiy tannarxi tarkibiga kirib bu sarflarga shartnomadagi kelishilgan bahodan tashqari ushbu qiymatliklarni olib kelish sarflari (tayyorlash, saqlash, yuklash, keltirish, tushirish va hokazo) majmuidan iborat. Ushbu sarflar TMZ aniq turlari yoki guruhlari bo’yicha TMZ hisobga oladigan schyotlarda hisobga olib boriladi. har oyda buxgalteriya TMZ turlari yoki guruhlari bo’yicha sarflangan tashish tayyorlov sarflarining xajmi va qiymatiga nisbatan foizini hisoblab chiqadi. Chunki ushbu summalar va foiz ulushlari joriy davrda sarflangan TMZ tegishli (bo’limlar bo’yicha) transport tayyorlov sarflarining (TTS) ulushini aniqlash zarur. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun 10- qaydnomaning 2 va 3 bo’limidagi ma’lumotlar asos bo’lib xizmat qiladi. hisobdan chiqarilgan va sarflangan TMZ tegishli TTS summalari qiymatliklarni hisobga oluvchi va sarflar schyotlariga o’tkaziladi. haqiqiy tannarx bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farq summalarini hisobdan chiqarish mumkin. Faqat farqi tejalgan "-" yoki ortiqcha sarf "+" ko’rinishida qayd qilinadi. Ortiqcha sarflar TTS kabi TMZ tannarxini oshiradi, tejalgan summa esa ularning tannarxini kamaytiradi. Shuning uchun xam tejalgan summa "-" belgisi va ortiqcha sarflangan summa esa "+" belgisi bilan tegishli registrlarga qayd qilinadi. Transport tayyorlov sarflarini hisoblash uchun har oyda maxsus qaydnoma-jadval tuziladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling