O c h IL m a V l o n o V biologiya • b o t a n ik a • z o o L o g I y a


Download 5.46 Mb.

bet1/61
Sana13.02.2018
Hajmi5.46 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61

O C H IL   M A V L O N O V

BIOLOGIYA

•   B O T A N IK A

•   Z O O L O G I Y A

•   O D A M   A N A T O M IY A S I  VA 

F I Z I O L O G I Y A S I

•   U M U M I Y   B IO L O G IY A

О ‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta ’limi  vazirligi 

nashrga  tavsiya  etgan

Oliy  о ‘quv yurtlariga  kiruvchilar,  о ‘rta  umumta ’lim  maktablari 

va  akadem ik  litsey  о ‘quvchilari  uchun  о ‘quv  qo ‘llanma

TO SH K EN T—2008



28

М13


M avlonov  Ochii.

Biologiya:  Botanika.  Zoologiya.  Odam  anatom iyasi  va fiziologiyasi.  Um umiy 

biologiya:  Oliy o'quv  yurtlariga  kiruvchilar,  o'rta  um um ta’lim  m aktablari  va  akad.  litsey 

o'quvchilari  uchun  o'quv  qo'l./ O.  Mavlonov.  - Toshkent:  Nihol,  2008.  512  b.

Б Б К28Я 7

O.  M avlonov.  Biologiya.

O liy  o ‘q u v   y u rtla rig a   k iru v c h ila r,  o 'r t a   u m u m t a ’lim   m a k ta b la ri  va 

a k a d e m ik   litsey  o 'q u v c h ila ri  u c h u n   o 'q u v   q b 'lla n m a .

U sh b u   o 'q u v   q o 'lla n m a   o 'r ta   u m u m ta ’lim   m a k ta b la ri  va  a k a d e m ik  

litseylam ing biologiya o'quv dasturiga  kiritilgan  barcha  m avzularni qam rab  olgan. 

U ni  yozishda  B otanika  (O '.  Pratov,  A.  T o'xtayev,  M.  Azim ova);  Zoologiya 

(O .  M a v lo n o v ),  O d a m   va  u n in g   s a lo m a tlig i  (B.  A m in o v ,  T.  T ilo v o v ,

0 .   M a v lo n o v ),  B io lo g iy a   (A.  Z ik ir y a y e v ,  A.  T o 'x t a y e v ,  I.  A z im o v ,

1.  S o n in ),  U m um iy  biologiya  (A.  G 'o fu ro v ,  Y.  T o 'ra q u lo v   va  b oshqalar); 

Б иология,  человек  (H .  Ч.  С о н и н ,  М.  Р.  С аиин);  Б иология  (В.В.  П асечник), 

Ч еловек,  анатом ия,  ф и зи ологи я,  гигиена  (А.М.  Ц узм ер,  О. J1.  П етрищ ина); 

О бщ ая  б и ологи я  (В.  Б.  Захаров,  С.  Г.  М ам онтов,  Н.  И.  С о н и н );  Ч еловек, 

п олная  эн ц и к л о п е д и я  (Ю .  Ш к о л ьн и к ),  О бщ ая  б и ология  (Д .К .  Беляеев  va 

boshqalar)  o'q u v   darsliklari  va  qo'llanm alarida,  shuningdek  bir  qan ch a  ilmiy 

om m abop  ju rnallarda  keltirilgan  m a ’lum otlardan  foydalanilgan.

T a q r i z c h i l a r :



0 ‘.  Pratov 

—  O 'z b e k is to n   R e sp u b lik a si  fan  a rb o b i,  b io lo g iy a 

fan la ri  d o k to ri,  pro fesso r;

K.  Almatov 

—  b io lo g iy a  fan la ri  d o k to ri,  p rofessor;



A.  Zikiryayev 

—  b iologiya  fanlari  d o k to ri,  professor;

S . 

Dadayev 

—  biolo g iy a  fan la ri  d o k to ri,  professor.

ISBN  978-9943-334-15-1

© -Nihor,  2008



Ustozim akademek Axror  To ’laganov 

tavallud topgan kunining 100 yillik 

sanasiga bag’ishlayman.

Ochil Mavlonov

M U Q A D D I M A

Biologiya  tirik  tabiat  to ‘g ‘risidagi  fanlar  m ajm uyi.  Bu  fan  tirik  o r­

ganizm lar va  ular tabiiy jam oalarining  tuzilishi,  funksiyasi,  tirik m avju- 

dotlarning  kelib  chiqishi  va  tarqalishi,  ularning  o ‘zaro  va jonsiz  tabiat 

bilan  bog‘lanishini  o ‘rganadi.  Biologiyaning  asosiy  vazifasi  tiriklikning 

n am oyon  b o ‘lish  qonuniyatlarini  va  hayotning  m ohiyatini  ochib  berish 

ham da  tirik  m avjudotlarni  sistem aga  solishdan  iborat.  ,,Biologiya“  ata- 

m asini ilk b or b ir-biridan m ustasno ravishda fransuz  olim i  J.  B.  Lam ark 

va  nem is  olim i  G .  R.  Treviranus  tak lif  etishgan.  A m m o  biologiyaning 

fan  sifatida  rivojlanishi  va  shakllanishi  ju d a   uzoq  tarixga  ega.  Ibtidoiy 

odam lar boshpana  sifatida  foydalangan  g‘orlarga  chizilgan  suratlar  ular 

hayvonlam ing tuzilishi va  hayotidan  xabardor ekanliklarini  k o ‘rsatadi.

Biologiya  organik dunyo  haqidagi ju d a  k o ‘p  fanlam i o ‘z  ichiga o la­

di.  Bu  hoi  tirik  organizm lar  va  ularni  tekshirish  usullarining  xilm a- 

xilligi  bilan  bog‘liq.  Biologiya  botanika,  zoologiya,  odam   anatom iyasi, 

m ik ro b io lo g iy a ,  g id ro b io lo g iy a   (su v d a   y a sh o v c h i  o rg a n iz m la rn i 

o ‘rganadigan  fan)  kabi  fanlarga  b o ‘linadi.  Bu  fanlar  h am   o ‘z  navbatida 

fan  sifatida  o ‘rganiladigan bir q ancha  sohalarga  ajratiladi.  M asalan,  zo ­

ologiya  sohasida  sutem izuvchi  hayvonlarni  teriologiya,  y a’ni  m am m - 

alogiya,  qushlam i om itologiya,  hasharotlam i entom ologiya, bir hujayral- 

ilam i  protozoologiya,  y a’ni  protistologiya  o ‘rganadi.  O rganizm larning 

xilma-xilligi va u lam i guruhlarga b o lis h n i  sistem atika,  ularning hayotiy 

funksiyalarini  fiziologiya,  x atti-h arakatlarini  etologiya,  individual  rivo­

jlanishini em briologiya,  hujayraviy tuzilishini sitologiya,  tarixiy rivojlan­

ishini evolutsion ta ’limot, irsiyat va o ‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini genetika 

fanlari  tadqiq  qiladi.  Keyingi  yillar  davom ida  biologiya  bilan  boshqa 

fanlar oralig‘idagi chegaradosh biofizika, biokimyo, bionika,  radiobiologiya, 

biom etriya,  biologik  m uhandislik kabi yangi  fanlar vujudga keldi.

3


Biologiya fanining rivojlanishida X V III—XIX asrda amalga oshirilgan 

bir  q an ch a  kashfiyotlar,  ayniqsa  o ‘sim liklar  va  hayvonlar  su n ’iy  siste­

m asining  ishlab  chiqilishi,  jinsiy  hujayralam ing  kash f  etilishi,  hujayra 

nazariyasining  asoslab  berilishi,  evolutsion  t a ’lim otning  yaratilishi ju d a 

katta aham iyatga ega b o ‘ldi.  XX asr biologiya fanlarining jadal  rivojlani­

shi  va  klassik  tad qiqotlar  m iqyosining  kengayishi  bilan  ajralib  turadi. 

Ana shu asrda genetika,  sitologiya, fiziologiya, biokimyo,  ekologiya, biosfera 

haqida t a ’lim ot,  m ikrobiologiya,  virusologiya,  gelm intologiya va boshqa 

k o ‘p  fanlar shakllanib, jad al  su r’atlar bilan  rivojlandi.  XX asrda  qilingan 

kashfiyotlar orasida  G .  M endel  ochgan  q o n u n la r  asosida  m u tatsiy a  va 

irsiyatning xrom osom a nazariyasining  ishlab  chiqilishi,  D N K  stru ktur- 

asi  o ‘rganilib,  genetik kodning  k ash f etilishi biologiyaning  rivojlanishida 

inqilobiy aham iyatga ega b o ‘ldi.  A na shu  kashfiyotlar tufayli XX asrning 

ikkinchi yarmida biologiyaning eng yosh sohasi molekular biologiya dunyoga 

keldi va tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.  M olekular biologiya sohasid- 

agi  kashfiyotlar gen m uhandisligi  va biotexnologiya  kabi  am aliy fanlarn- 

ing  rivojlanishi  uch u n   nazariy asos  b o ‘ldi.

V.  I. Vemadskiyning biosfera, A.  Tenslining ekosistemalar to ‘g‘risidagi 

m a ’lum otinin g  yaratilishi  ham   biologiya  sohasida  erishilgan  eng  katta 

yutuqlardan biri hisoblanadi.  M azkur t a ’lim otlar asosida insonning tabiat 

bilan  o ‘zaro  m unosabatlari  strategiyasi  ishlab  chiqilm oqda.  V.  Shelford 

va  C h.  E lton lar  ekologiyaning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqishgan.

Biologiya qishloq xo‘jaUgi va tibbiyot fanlarining nazariy asosi hisobla­

nadi.  Biologiya  qonuniyatlarini  bilib  olish  ekinlarning  serhosil  navlari 

va uy hayvonlarining serm ahsul  zotlarini yaratish,  biosferani ifloslanish- 

d an  saqlash,  tabiiy  boyliklarni  m uhofaza  qilish  ham da  u lardan  oqilona 

foydalanish  y o ‘llarini  k o ‘rsatib  beradi.  G en  va  hujayra  m uhandisligi  so­

hasida  q o ‘lga  kiritilgan  m uvaffaqiyatlar o ‘simlik  va  hayvonlardan  o lina- 

digan biologik faol m oddalar  (gorm onlar,  ferm entlar)ni  sanoat m iqyosi- 

da  k o ‘plab  ishlab  chiqarishga,  klonlash  ishlarini  am alga  oshirishga  keng 

im koniyat  yaratib  berdi.  XX  asrning  oxiri  va  XXI  asr  boshida  biologiya 

fanining jadal rivojlanishi uning  inson faoliyatidagi  aham iyatining boshqa 

tabiiy  fanlarga  nisbatan  keskin  ortganligi  bilan  belgilanadi.  E ndilikda 

biologik tadqiqotlar natijalariga k o ‘ra,  har qanday jam iyat  m oddiy-texni- 

ka bazasining rivojlanishi to ‘g ‘risida xulosa chiqarishi  m um kin.

Biologiya  sohasidagi  bilim lar  aholining  oziq-ovqat  m ahsulotlariga 

b o ‘lgan  talabini  to ‘laroq  qondirish,  kasalliklarning  oldini  olish  va  davo- 

lash,  tabiiy  m uhitni  m uhofaza  qilish  bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  m uam m olam i 

yechishga,  respublikamiz qudratini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

4


I .   B O I A M  К А

Umumiy  ma’Iumotlar

B otanika  (grekcha  «botane»  —  o ‘t,  k o ‘kat,  «logos»  —  t a ’lim o t  de- 

m a k d ir ) —  o £s im lik la r  t o ‘g ‘ris id a g i  f a n la r   m a jm u y id ir .  Bu  fa n  

o ‘sim liklarning tuzilishi,  hayot  kechirishi,  k o ‘payishi,  rivojlanishi,  tashqi 

m uhit  bilan  o 'zaro   m unosabati,  tarqalishi va kelib  chiqishini  o ‘rganadi.

B otanika  b ir  q a n c h a   ayrim   fa n la rd an   tarkib  to p g an .  M asalan , 

0

‘sim liklar  m orfologiyasi  —  о ‘sim liklar  va  ular  organlarining  tashqi 



tu z ilis h in i,  o ‘sim lik la r  a n a to m iy a si  —  u la rn in g   ic h k i  tu z ilis h in i, 

o ‘sim liklar  fiziologiyasi  —  o ‘sim liklarda  sodir  b o ‘ladigan  jaray o n larn i 

o ‘rganadi.  0 ‘sim liklar geografiyasi esa Yer yuzida 

0

‘sim liklarning tarqal- 



ish qonuniyatlarini,  paleobotanika —  qirilib ketgan,  hozir qazilm a holda 

uchraydigan  o 'sim lik larn i  o ‘rganadi.  0 ‘sim liklar  bilan   tashqi  m u hit 

o ‘rtasidagi m unosabatlam i ekologiya,  o ‘simlik jam oalarining tarkibi,  tu z ­

ilishi va tarqalishini geobotanika o ‘rganadi.  Fitopatologiya esa o ‘sim Ш arning 

kasalliklari va zararkunandalarini o ‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini 

ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.  Botanika boshqa biologiya fanlari,  qishloq 

xo‘jaligi va kimyo bilan cham barchas bog‘langan.

0 ‘simliklarning xilma-xilligi.  Yer yuzida 412  m ingdan,  0 ‘rta  Osiy- 

oda  8000  dan,  0 ‘zbekistonda  4000  d an  ortiq 

0

‘sim lik tu ri  mavjud.  U lar 



sayyoramizning turli iqlim sharoitida yashashga moslashgan.  0 ‘simliklami 

tuproqda,  chuchuk suv havzalarida va dengizlarda uchratish m um kin.  U lar 

orasida faqat  m ikroskop yordam ida k o ‘rinadigan  (bir hujayrali suvo‘tlari) 

va  bir  n echa  o ‘n,  h atto   100  m etrga  yetadigan  ulk an  turlari  (daraxtlar, 

lianalar)  bor.  Hujayraviy  tuzilishiga  b in o an   o ‘sim liklar  tuban  va y u ksa k 

o ‘simliklarga  ajratiladi.  T uban  o ‘sim liklar bir  xil  tuzilgan  hujayralardan 

iborat  b o ‘lib,  alohida  to ‘qim alari  va  organlari  rivojlanm agan  (m asalan, 

suvo‘tlari).  Botanika darslarida an’anaviy ravishda bakteriyalar va zam buruglar 

ham   o ‘rganiladi.Aslida bakteriyalar,  z a m b u ru g la r,  lishayniklam ing tu z ­

ilishi va  hayot  kechirish  xususiyatlari  haqiqiy  o ‘sim liklardan  farq  qiladi. 

Shuning  uchun  ularga organik olam ning  m ustaqil u ch ta dunyosi sifatida 

qarash  lozim.

0 ‘simliklarning  tabiatda  va  inson  hayotidagi  ahamiyati.  Y ashil 

o ‘simliklar barcha tirik mavjudotlar uchun oziq va kislorod manbayi hisobla­

nadi.  H ayvonlar,  z a m b u ru g la r,  bakteriyalar  yashil  o ‘sim liklar  yoki  ul- 

am ing  qoldiqlari  bilan  oziqlanadi.  0 ‘sim liklar  ishlab  chiqaradigan  kis­

lorod  bilan  barcha  tirik  organizm lar  nafas  oladi.  0 ‘sim liklar  hayvonlar 

u ch u n  p an a joy b o ia d i.

5


O dam  hayotida ham  o ‘sim liklarning aham iyati katta.  C hunki  odam  

ham   boshqa  tirik  organizm lar  singari  o ‘sim liklar  ishlab  chiqaradigan 

kislorod bilan  nafas oladi,  ulardan  oziq-ovqat  sifatida foydalanadi.  B un­

dan  tashqari,  o ‘sim liklar  yengil  sanoat  uchun  xom ashyo,  uy-joy  u ch u n  

qurilish  m ateriali  hisoblanadi.  Bir  qancha  yovvoyi  o ‘sim liklar  (yalpiz, 

ravoch, piyoz,  do‘lana)  iste’m ol qilinadi;  aksariyat  ko ‘pchilik turlari  (shu- 

voq,  yan toq,  sebarga,  izen,  chitir)  chorva  m ollari  u ch u n   yem -xashak, 

boshqalari  (k iy ik o i,  m arm arak,  parpi,  isiriq,  qoraqobiq,  chakanga,  zub- 

tu ru m )  dorivor  hisoblanadi.  0 ‘sim liklardan  nav ro ‘zgul,  siternbergiya, 

shirach,  sallagul  0 ‘zbekiston  „Qizil kitobi“ga  kiritilgan.



0 ‘zbekistonda botanikaning rivojlanishi.  Hozirgi  0 ‘rta  Osiyo  h ud u- 

didagi o ‘simliklar to ‘g‘risidagi m a ’lum otlar buyuk vatandoshlarim iz  M ah ­

m u d   Q o sh g ‘ariy,  Ibn  S ino,  B eruniy  asarlarid a  u ch rayd i.  M ah m u d  

Q oshg‘ariy  „D evoni  lug‘o tit  tu rk “  asarida  200  d an  ortiq  o ‘sim liklarni 

keltiradi,  Abu  Ali  ibn  S inoning  „K itob  al  q o n u n   fit-tib “  va  „K itob  as- 

shifo“ ,  Abu  R ayhon  B em niyning  „K itob  as-Saydana fit-tib b “  asarlarida 

dorivor  o ‘sim liklar  haqida  yozilgan.  Shoir,  olim   va  davlat  arbobi  Z a- 

hiriddin   M uham m ad  B oburning  ,,B oburnom a“  asarida  ham   o ‘sim liklar 

to ‘g‘risida qiziqarli m a ’lum otlar bor.

T urkiston  o ‘sim liklarini  ilm iy-tadqiqot  ishlarini  m s  sayyohi  B.  A. 

F ed ch en k o   19-  asr oxirlarida boshlab bergan.  Bevosita uning ishtirokida 

1 9 0 6 -1 9 1 6 -  yillar  davom ida  „T urkiston  florasi  ro ‘yxati“  tuzilib,  unga 

4111  o ‘sim lik  turi  kiritilgan.

B otanikaning rivojlanishida XX asm ing  20-yillarida Turkiston davlat 

universiteti  (H ozirgi  0 ‘zbekiston  milliy  universiteti),  o ‘sha  asm ing  40- 

yillarida  0 ‘zbekiston  F an lar  akadem iyasi  B otanika  institutining  tashkil 

etilishi katta ahamiyatga ega b o ‘ldi. XX asming ikkinchi yarmida 0 ‘zbekiston 

M arkaziy gerbariysi tashkil etildi.  6 jildlik  , , 0 ‘zbekiston  florasi“  (1941 — 

1962)  n ash r  etildi;  , , 0 ‘rta  Osiyo  o ‘sim liklari  aniqlagichi“  (1963— 1991) 

yaratildi.  Bu ishlam i am alga oshirishda A.  I.  Vvedenskiy,  Ye.P.  Korovin, 

Q.  Z.  Zokirov,  M.  G .  P opovning  xizm atlari  katta  b o id i.  Q.  Z.  Zokirov 

Z arafshon   daryosi  havzasi  o ‘sim liklarini  o ‘rganish  asosida  o ‘sim liklar 

qoplam ini  c h o ‘1,  adir,  to g ‘  va yaylov  m intaqaviy  klassifikatsiyasini  ta k ­

lif  etdi.  V atanim iz  olim lari  olib  borgan  tad q iq o tla r  asosida  4  jildlik 

, , 0 ‘zbekiston o ‘sim liklari q o p lam i“  yaratildi.

0 ‘zbekistonlik  olim   P.  A.  B aranov  o ‘sim liklar  anatom iyasi  va  em - 

briologiyasi,  J.  K.  Saidov  c h o i   o ‘sim liklari  an atom o -m orfo logik  tu z i­

lishining  yashash  sharoitiga  m oslanishi  xususiyatlari,  A.  M.  M uzaffarov 

su v o ilarin in g  sistematikasi,  tu r rarkibi va ulardan am aliyotda foydalanish 

borasida yirik tadqiqotlam i amalga oshirishdi.

6


1 -   b o b .   B A K T E R IY A L A R   V A   Z A M B U R U G ‘L A R

BAKTERIYALAR

Ilgari  bakteriyalar va  za m b u ru g ia r  o ‘sim liklar  dunyosiga  kiritilgan. 

Lekin  ular hujayraviy tuzilishi  va  hayot  kechirishiga ko‘ra o ‘sim liklardan 

keskin  farq  qiladi.  Shuning  uchun  ular  hozir alohida  ikkita  dunyo:  b ak­

teriyalar va zam buruglarga  ajratib  o ‘rganiladi.

Tuzilishi.  B akteriyalar bir  hujayrali  sodda  tuzilgan  m ikroskopik  o r­

ganizm lar.  U lar  orasida  bir  necha  hujayradan  iborat  ipsim on  shaklda 

tuzilgan  turlar  ham   uchraydi.  Hujayrasi  sharsim on  (kokklar),  tayoq- 

chasim on  (batsillalar),  spiralsim on  (spirillalar),  egilgan yoysim on  (vibri- 

onlar)  shaklida  b o ia d i.  0 ‘z  navbatida  sharsim on  bakteriyalar  ham   bit- 

tadan,  ikkitadan  (diplokokklar),  t o ‘rttadan  (tetrakokklar),  zanjirsim on 

(streptokokklar)  yoki  uzum   boshiga  o ‘xshash  (stafilokokklar)  b o iis h i 

m um kin  (1-rasm ).

B akteriyalar — prokariot (lotincha  «pro»  —  oldin,  — gacha;  y unon- 

cha  «karion»  —  yadro  (m a g lz )  organizm lar  b o iib ,  hujayrasida  shakl- 

langan  yadrosi,  m itoxondriyalar,  endoplazm atik  to ‘r,  Golji  apparati  va 

ko‘pchilik organoidlar b o lm a y d i.  H ujayra  m em branasi  sitoplazm a  ichi­

ga  botib  kirib,  mezosoma  deb  ataladigan  burm alarni  hosil  qiladi  (2- 

rasm).


M ezosom alar m itoxondriyalar,  endoplazm atik t o ‘r yoki  Golji  ap p a­

rati  funksiyalarini  o ‘taydi.  F otosintez  qiluvchi  bakteriyalar  m em branasi 

burm alarida maxsus pigm entlar va ferm entlar b o ia d i.  Sitoplazm a m arka- 

zida  halqa shaklidagi  q o ‘sh zanjirli  D N K   m olekulasidan  iborat  nuk/eoid 

joylashgan.  H am m a  prokariot  organizm lar  singari  bakteriyalarda  ham

0,1 mm

1-  rasm.

  Bakteriya  hujayralarining  shakllari:  7—kokklar, 



2— 7—

 bastillar,



8—

vibrionlar, 



9—

 spirilla, 



10—

 streptokokklar.



4

2- 

rasm.

  Bakteriya  hujayrasi: 

/ —hujayra  devori, 

2—

 xivchin, 



3—

 sito p laz m a, 



4—

 m e m b ran an in g  

botib  kirgan  joyi,  5— m ezosom a,

6— 

nukleoid,  7—ribosom alar, 

zaxira  oziq  m oddalar,

9—

 hujayra kapsulasi.

nukleoid sitoplazm adan m em brana 

bilan ajralmagan.  A na shu halqasi- 

m on  nukleoid  yadro  funksiyasini 

bajaradi.

Bakteriyalaming sitoplazmatik 

m e m b ra n a s i  ta s h q i  t o m o n d a n  

p o lisa x a rid la r  yoki  g lik o p ro te i- 

dlardan  iborat  kapsula  bilan  q o p ­

langan.  Ayrim  bakteriyalar kapsulasi  ustiga shilim shiq m odda ham  ishlab 

chiqaradi.  K o'pchilik  bakteriyalar  harakatsiz  b o 'iad i,  lekin  u lar  orasida 

xipchinli turlari harakatlanadi.  Ayrim turlari esa tanasidan ajratib chiqar- 

adigan shilim shiq m odda yordam ida  ham  harakatlanadi.



Ko‘payishi.  K o'pchilik  bakteriyalar  oddiy  ikkiga  b o 'linish  orqali 

ko'payadi.  Qulay m uhitda bakteriya hujayrasi  har 20—30 m inutda bo'linib 

turadi.  Bunday tez ko'payishda bitta bakteriya hujayrasi besh sutka davomida 

barcha dengiz va okeanlarni  to'ldirishi  m um kin.  Lekin tabiatda  hech qa- 

chon  bunday  bo'lm aydi.  C hunki  ular  quyosh  nuri,  nam   tanqisligi,  oziq 

yetishmasligi,  yuqori  harorat  (qizdirish)  ta ’sirida tez  nobud bo'iadi. Ayrim 

bakteriyalarda oddiy jinsiy ko'payish  ham   uchraydi.  Bunday holda ikkita 

bakteriya  hujayrasi  yaqinlashib,  ular  o 'rta sid a  sitoplazm a  ko'prigi  hosil 

b o 'iad i  va  har  bir  hujayradan  D N K   ning  bir  qism i  boshqasiga  o 'tad i. 

S hundan   so'ng  hujayralar ajralib  ketadi.  Konyugatsiya  deb  ataladigan bu 

jarayonning asosiy m ohiyati  individlar o 'rtasid a  irsiy belgilar alm ashinu- 

vidan iborat.  Noqulay sharoitda bakteriya hujayrasi ortiqcha suvini yo'qotib, 

yum aloqlanadi va qattiq  qobiqli spora hosil qiladi.  Spora ichida bakteriya­

lar uzoq vaqt  saqlanadi,  qulay sharoitga tushib  qolganida yana faol hayot 

kechirishga o'tadi.

Hayot kechirishi.  Oziqlanish  usuliga k o 'ra geterotrof va avtotrof bak­

teriyalar  bo'iadi.  Geterotrof  bakteriyalar tayyor  oziq  m oddalar  hisobiga 

hayot  kechiradi.  Avtotroflar esa  kimyoviy jarayonlarda ajralib chiqadigan 

energiyadan  yoki  quyosh  energiyasidan  foydalanadi.  G eterotro flar  o r­

ganik m oddalarning qoldiqlari bilan  oziqlanadigan saprofitlar ham d a tirik 

organizm lar hujayrasi  hisobiga oziqlanadigan parazitlarga ajratiladi.



G e tero tro f bakteriyalar o ‘z hayot faoliyati  uchun zarur b o ‘lgan ener- 

giyani  nafas olish va achish jarayonida oladi.  Nafas olish organik birikm a- 

lam i kislorod ishtirokida karbonat angidrid va suvgacha parchalanishidan 

iborat b o ‘lsa,  achish bu  m oddalam i kislorodsiz m uhitda parchalanishidir. 

K islorodli  m uhitda yashovchi bakteriyalar aeroblar,  kislorodsiz m u hitd a 

yashovchilar esa  anaeroblar deyiladi.

K o‘pchilik bakteriyalar anaerob  m uhitda hayot  kechiradi.  K islorod­

siz  m uhitda  organik  m oddalar oxirgi  m ahsulotlargacha parchalanm asligi 

tufayli birm uncha oddiy oraliq organik m oddalar hosil b o ‘ladi.  Bakteriya- 

larning turiga qarab  achish  natijasida etil  spirti,  sut kislotasi,  yog‘  kislota­

lari,  sirka  kislotasi  yoki  boshqa  kislotalar hosil  b o ‘lishi  m um kin.

Avtotrof bakteriyalar organik moddalarning sintezi uchun zarur b o ‘lgan 

energiyani anorganik m oddalarning oksidlanishi va qaytarilishi jarayonida 

ajralib  chiqadigan  energiyadan  (xemosintez  bakteriyalari)  yoki  quyosh 

energiyasidan (fotosintez qiluvchi bakteriyalar) oladi.  Xemosintez bakteriya- 

larning  bir  xil  guruhi  oltingugurt,  vodorod,  tem ir  birikm alari,  am m iak 

va boshqa anorganik m oddalam i  oksidlasa, boshqalari  nitrat tuzlarini azot 

va am m iakka,  sulfatlarni sulfid va vodorodga,  karbonatlam i  m etangacha 

qaytaradi.  Bakteriyalarda  fotosintez  jarayonida  vodorod  m anbayi  suv 

b o ‘lm asdan  (yashil  o ‘sim liklardagi  singari),  balki  vodorod  sulfid,  spirt- 

lar va yog‘  kislotalaridir.  Shuning u ch u n  fotosintez jarayonida  erkin  kis­

lorod ajralib  chiqm aydi.



Bakteriyalaming  tarqalishi  va  ahamiyati.  B akteriyalar  Yer  yuzida 

mavjud b o ‘lgan barcha m uhitlarda tarqalgan.  U lam ing sporasi biosferaning 

eng yuqori chegarasida —  30 km balandlikda ham  topilgan.  Ular,  ayniqsa, 

tuproqda va  ifloslangan  suv  havzalarida  k o ‘p  uchraydi.  B akteriyalam ing 

ju d a  k o ‘p  turlari  odam   va  hayvonlar  organizm ida  parazit  yoki  sim bioz 

b o ‘lib  yashaydi.

Bakteriyalar  tabiatda  kimyoviy  elem entlarning  davriy  aylanishida, 

tuproq hosil b o ‘lishi jarayonlarida ju d a katta aham iyatga ega.  0 ‘simlik va 

hayvonlar  qoldiqlarini  chiritadigan  bakteriyalar tab iatda  sanitarlar vazi­

fasini  bajaradi.  Yer yuzida bakteriyalar yordam ida h ar yili  1  m lrd  to n n a- 

ga yaqin  organik birikm alar parchalanib,  uglerod oksidi va suvga aylana­

di.  Bu jarayonda,  ayniqsa,  chirituvchi  bakteriyalam ing  aham iyati  katta. 

D ukkakli  ek in lar  ildizida  sim bioz  yashaydigan  tu g an ak   b akteriy alari 

(3-  rasm)  va tuproqdagi nitrifikatsiya bakteriyalari  havodagi  erkin azotni 

bog‘lab,  o ‘simlik  o ‘zlashtira oladigan  holatga  keltirish xususiyatiga ega.

K arbonsuvlarning bakteriyalar t a ’sirida parchalanishi  achish deyila­

di.  B akteriyalam ing turiga  qarab,  achish bir necha xil b o ia d i.  Sut kislo­

tali  achish  bakteriyalar  ishtirokida  boradi.  Bu jaray on da  sut  tarkibidagi 

laktoza shakari  sut  kislotasiga aylanadi:



А

3-  rasm.

  Tuganak  bakteriyalar: 



A

—dukkakli  o'sim lik  ildizidagi  tuganaklar, 



Б

—tuganak  kesim ining  m ikroskopda  ko'rinishi.

Hosil  bo'lgan  sut  kislotasi  sut  tarkibidagi  kazein  oqsilini  eriinaydigan 

holatga  o'tkazishi  natijasida  sut  iviydi.  Sut  kislotali  bakteriyalar sut  m ah ­

sulotlari  tayyorlashda,  shuningdek  karam ,  pom idor va  bodringni tuzlash, 

chorva mollariga silos tayyorlashda keng foydalaniladi.  Sirka kislotali achishda 

etil  spirti sirka kislotasiga aylanadi.  Yog'  kislotali  bakteriyalar uglevodlarni 

yog',  sirka  kislotalarigacha parchalaydi.  Bu jarayonda karbonat angidrid va 

vodorod  hosil  bo'lganligi  sababli  sut  m ahsulotlari  buziladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling