O c h IL m a V l o n o V biologiya • b o t a n ik a • z o o L o g I y a


Download 5.46 Mb.

bet2/61
Sana13.02.2018
Hajmi5.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61

Parazit  va  zararli  bakteriyalar.  Parazit  bakteriyalar  tirik  organizm ­

larda yashab,  ular hisobiga oziqlanadi.  Parazit bakteriyalar organizm da tez 

ko'payib,  zaharli  m ahsulotlar ishlab  chiqarishi  natijasida ju d a og'ir  kasal­

liklarni yuzaga keltirib chiqaradi.  Misol  tariqasida sil,  o'lat  (chum a),  angi­

na,  qorin  tifi,  brutsellyoz,  vabo  (xolera),  sibir yarasi,  chechak  kabi  kasal­

liklarni  qo'zgatuvchi  bakteriyalarni  ko'rsatish  m um kin.  C hirituvchi bak­

teriyalar oziq-ovqat  m ahsulotlarini  buzishi,  ular  ishlab chiqargan  zaharli 

m oddalar  organizm ni  o g 'ir  zaharlanishga  olib  kelishi  m um kin.

Parazit  bakteriyalar  o'sim liklarni  ham   zararlab,  dog'  paydo  qilishi, 

so'lish va chirishga  sabab  bo'lishi  m um kin.  G 'o 'z a   ko'saklarining  chirishi

—  gommoz,  kartoshka  tugunaklari fitoftoroz\n\  bakteriyalar  paydo  qiladi.

B akteriyalarni  yo'qotish  uchun  karbol  kislotasi,  form alin,  xloram in, 

spirt  va  boshqa  m oddalar yordam ida  buyum lar dezinfeksiya  yoki  yuqori 

tem p eratu ra t a ’sirida  st^rilizatsiya  qilinadi.  O ziq-ovqat  m ahsulotlari  bu- 

zilmasligi uchun 60—70°C haroratda pasterizatsiya qilinadi. Tibbiyotda bak- 

teriyalarga  qarshi  biom itsin,  penitsillin.  streptom itsin,  eritrom itsin  kabi 

antibiotik preparatlar qo'llaniladi.

Z A M B U R U G ‘LAR

Tuzilishi.  Z am b u ru g 'lar  —  tayyor  oziq  m oddalar  bilan  oziq lan adi­

gan  g etero tro f  organizm lar.  U larning  100  mingga  yaqin  turi  m a’lum. 

Z am b u ru g 'la r  tashqi  k o ‘rinishi,  tuzilishi,  yashash  m uhiti,  fiziologik  xu- 

susiyatlari  bilan  xilm a-xil  b o'iadi.  U larning  vegetativ  tanasi  mitseliy deb

10


ataladi.  M itseliy ju d a  kuchli  tarm oqlangan b o ‘lib,  ingichka ipga o ‘xshash 

giflar dan  hosil  b o ‘ladi.  M itseliy orqali  zam burug‘lar suv va  u n d a  erigan 

mineral m oddalam i so‘rib oladi. Yuksak zam burug‘lar mitseliysi ko‘ndalang 

to ‘siqlar bilan alohida hujayralarga b o iin g an .  Tuban zam burug‘larda b u n ­

day to ‘siqlar  rivojlanm aganligi  tufayli  h ar bir gif ju d a   kuchli  tarm o q lan ­

gan  ko‘p  yadroli  ulkan  hujayradan  iborat.  O datda  z a m b u ru g ia r tan asi­

ning  faqat  kichik  bir  qismi  k o ‘zga  tashlanadi,  m itseliyning  asosiy  qismi 

substrat  ichida joylashadi.

Z am burug‘lar hujayrasining  qobig‘i xitin  m oddasidan  iborat.  Faqat 

tuban zamburug‘larda selluloza qobiq rivojlangan.  Zam burug‘lar hujayrasida 

zaxira  oziq  m odda  — glikogen to ‘planadi.

O ziqlanish  usuliga  binoan  z a m b u ru g ia r  saprofitlar va  parazitlarga 

b o ‘linadi.  Saprofitlar organik m oddalar qoldig‘i bilan oziqlanadi.  Parazitlar 

hayvon va o ‘simliklar organizm ida yashaydi.  U lar orasida gulli o ‘simliklar 

ildizi  bilan  sim bioz  hayot  kechiradigan  turlari  k o ‘p  uchraydi.  Sim bioz 

hayot kechiradigan zam burug‘lar o ‘simlikdan organik m oddalar (uglevod­

lar)  oladi;  o ‘simlik esa zam burug‘  mitseliysi yordam ida  suv  ham d a unda 

erigan  m ineral  m o ddalam i  tu p ro q d an   shim ib  oladi.  Yuksak  o ‘sim liklar 

bilan  za m b u ru g iarn in g   birga  hayot  kechirishi  —  mikoriza  deb  ataladi.

Z a m b u ru g ia r jinssiz va jinsiy y o i  bilan k o ‘payadi.  Jinssiz  k o ‘payish 

vegetativ  yoki  sporalar  hosil  qilish  orqali  am alga  oshadi.  V egetativ 

k o ‘payishda zam burug‘  m itseliysining bir b o la g id a n  yangi  m itseliy hosil 

b o ia d i.  Bir  qancha  z a m b u ru g iarn in g   vegetativ  k o ‘payishi  kurtaklanish 

orqali  ham   am alga  oshadi.  Jinsiy  k o ‘payish  xilm a-xil  b o iib ,  asosan 

jinsiy  hujayralar  —  gam etalar,  y a’ni  urug‘  va  tuxum   hujayralarining 

q o ‘shilib,  zigota  hosil  b o iish id a n   iborat.

Z am b u ru g ia r — juda xilma-xil m uhitda yashashga m oslashgan orga­

nizmlar.  U lar organik qoldiqlar b o ig a n  ham m a joylarda,  xususan daraxt - 

lam ing p o ‘stlog‘ida,  oziq-ovqat  m ahsulotlari ham da odam  va hayvonlam - 

ing  ichak  b o ‘shlig‘ida  yashaydi,  tuproq ning  organik  m odd alar  y ig ilib  

q o lg a n   jo y la rid a ,  a y n iq sa ,  z a m b u r u g i a r   k o ‘p  u c h ra y d i.  P a ra z it 

z a m b u ru g iarn i  odam ,  hayvon  va  o ‘sim liklarning  turli  organlarida  u ch - 

ratish  m um kin.



M og‘or  zamburuglari.  M og‘or  za m b u m g larig a  oq  m og‘o r  yoki 

m ukor va penitsill zam buruglari misol b o iad i.  M og‘or zam bu ru gi saprofit 

b o iib ,  uni go‘ngli tuproqlarda,  non,  sabzavot va m evalam ing ustida,  zax 

bosgan uylarning devorida uchratish  m um kin.  M og‘o r mitseliysidagi  har 

b ir  g if ju d a   tarm o q lan g a n   k o ‘p  y adroli  b itta   ulk an   h u jay ra d an   ib o rat 

(4-  rasm).  M og‘or faqat sporalar yordam ida ko‘payadi.  Havoda uning spo- 

ralari  doim o  b o ia d i.  Bunday  sporalardan  qulay  sharoitda  giflar  hosil 

b o ia d i.  G iflar iliq va  nam lik yetarli b o ig a n   organik substratda tez o ‘sadi 

va ju d a  k o ‘p  tarm oqlangan  oqish  m om iq  k o ‘rinishidagi  m itseliyni  hosil 

qiladi.  G iflam ing  uchki  qism idagi  m axsus  sporangiylarda  ju d a  m ayda 

qora sporalar yetishib chiqadi.  Sporangiylar yorilganida sporalar to ‘kiladi.

11


4-  rasm.  Oq  mog‘or 

zamburug‘i:  7—giflar,



2— spora boshchasi,

3— boshcha ichidagi 

sporalar,  4—  mitseliy,



5—  rizoidlar.

5-  rasm.  Achitqining  kurtaklanib 

ko'payishi.



Penitsill  zam burugl  ko‘p  hujayrali  m i- 

tseliyga ega b o ‘lib,  uning  mitseliysi  ko ‘ndalang 

t o ‘siq la r  y o rd a m id a   a lo h id a   h u ja y ra la rg a  

b o lin g a n .  Sporalari  maxsus spora boshoqcha- 

larida yetiladi.

Achitqi  zamburug‘lari.  A chitqilar bir  h u ­

jayrali  z a m b u ru g ia r b o ‘lib,  m itseliy  hosil  qil- 

m aydi  (5-  rasm ).  Tanasi  sharsim on  shakldagi 

m ikroskopik  tuzilishga  ega  b o ig a n   b itta  h u ­

ja y ra d a n   ib o rat  o ‘sim liklar.  A c h itq i  za m b u - 

ru g la ri  anaerob  organizm lar  b o iib ,  havosiz, 

qandli  suyuq  m uhitda  saprofit  hayot  kech ira­

di.  U lar suyuqlik tarkibidagi shakam i etil spirti va karbonat angidridgacha 

parchalaydi.  Bu jarayon  bijg‘ish  deyiladi:

C 6H 120 6  ->  2C 2H 5OH  +   2C O ,

A chitqilar  kurtaklanish  orqali  ko'payadi.  Bu jaray o n d a  dastlab  h u ­

jayraning sirtida kichik b o ‘rtiqcha hosil b o ia d i.  B o‘rtiqcha o ‘sib,  alohida 

hujayraga  aylanadi va o na  organizm idan ajralib  ketadi  yoki u n d an   ajral- 

m asdan  k etm a-ket  kurtaklanib,  zanjirsim on  tuzilgan  hujayralardan  ibo­

rat koloniya hosil qiladi. Achitqilar iliq va qandli m uhitda juda tez ko‘payadi. 

N o n   yopishda  achitqi  (xam irturush)  z a m b u ru g larin in g   faoliyati  tufayli 

ajralib  chiqqan  karbonat  angidrid  gazi  pufakchalari  xam irni  k o ‘pchitib, 

uni g‘ovak qiladi. A chitqilar no n  m ahsulotlari,  pivo va vino tayyorlashda 

keng q o ‘llaniladi.  Chorvachilikda ulardan oziq achitqilari tayyorlashda foy­

dalaniladi.



Qalpoqchali zamburugiar.  Q alpoqchali  z a m b u ru g ia r organik m o d ­

dalarga boy n am  tuproqlarda k o ‘p uchraydi.  U lar k o ‘p hujayrali m itseliy- 

sining asosiy qismi tuproqning ustki  qatlam ida joylashgan.  T uproq yuzasi- 

da  esa  zich joylashgan giflardan  iborat  m eva  tanasi  hosil  b o ia d i.  M eva 

tanasi  tik joylashgan  poyadan  va  uning  ustida joylashgan  keng  qalpoq- 

ch ad an   iborat.  Q alpoqchali  z a m b u ru g ia r  saprofit  b o iib ,  tuproqdagi 

chiriyotgan o ‘simlik qoldiqlarini parchalaydi.


Q alpoqchali  zam burug‘lar  tu z i­

lish  xususiyatlariga  k o ‘ra  ikki  guruh: 

naysim on va plastinkasim on zam bu- 

ruglarga bo ‘linadi.  Naysim on zam bu­

r u g i a r   (q o ‘ziq o rin ,  oq  dala  z a m ­

b u ru g l va  qayin  zam burug‘lari)  qal- 

poqchasining  ostki  qismi  ju d a   k o ‘p 

naychalardan  iborat.  Plastinkasim on 

z a m b u r u g ‘la r  (s h a m p in o n ,  y a ’ni 

q o ‘zidum ba,  beshenka,  rijik)  qalpo- 

qchasining  ostida  k o ‘p  qator  b o iib  

joylashgan plastinkalari b o ia d i.

Q alpoqchali z a m b u ru g ia r spora 

hosil qilib ko‘payadi.  N aylaming ichi­

da yoki plastinkalarning oraliglda mil- 

lionlab sporalar hosil b o iad i.  Sporalar 

yetilgach,  zam burug‘  mitseliysi  yem - 

iriladi va son-sanoqsiz sporalar tupro- 

qqa to ‘kiladi yoki shamol bilan havoga 

ta rq a la d i.  0 ‘rm o n   z a m b u r u g la r i 

muayyan  bir  turdagi  daraxtlar  bilan  boglangan.  Ariqlar  b o ‘yida  va  go‘ng 

uyumlari ustida zaharli go‘ng zam buruglari ko‘p uchraydi.



0 ‘simliklaming parazit zamburuglari.  Z am b u ru g iar orasida m adaniy 

o ‘sim liklarda parazitlik  qilib,  o ‘sim lik  hujayralarini yem iradigan  h am d a 

ularni  kuchsizlantirib,  nobud  etadigan  turlari  ham   k o ‘p  uchraydi.  Vilt 

za m b u ru g l g‘o ‘za va boshqa ekinlarda parazitlik qilib,  s o lis h  kasalligini 

paydo  qiladi.  Vilt  bilan  kasallangan  o ‘sim lik  barglari  so liy d i  va  qurib, 

to ‘kilib ketadi.  G ‘alla o ‘simliklarida qorakuya zam buruglari parazitlik qila­

di  (6-  rasm).  Z am burug‘  gul  tugunchalarining  organik  m oddalari  bilan 

oziqlanadi.  Z ararlangan  o ‘sim liklarning u ru g la ri  m ayda b o ia d i,  b a ’zan 

gul  um u m an   u ru g ‘  tugm aydi.  K asallangan  o ‘sim liklar  b o s h o g ld a   d on 

o ‘rniga  ju d a   ko ‘p  m iqdorda  qora  sporalar  hosil  b o ia d i.  Sporalar  hosil 

yig lb  olinganida so g lo m  donlarga ham  o la d i. Ana shunday donlar ekilga- 

nida  zam burug‘  sporalari  unib  chiqadi  va  ularning  giflari  g‘alla  poyasi 

ichiga kirib olib,  poyaning uchki qismiga qarab o ‘sadi.  Boshoq hosil b o ‘lishi 

bilan gul tugunchalari ichiga kirib oladi.  Qorakuya zam burugl makkajo‘xori, 

bug‘doy,  arpa,  suli  kabi  m adaniy  o ‘sim liklar  h am d a  g ‘um ay,  ajriq  kabi 

yovvoyi o ‘simliklarda parazitlik qiladi.

D araxtlarning  p o ‘stlog‘ida  p o ‘stloq  za m b u ru g larin in g   tuyoqsim on 

m eva  tanasi  k o ‘p  uchraydi.  Z am b u ru g ‘  m itseliysi  daraxt  tan asin in g 

yog‘ochlik qism ida parazitlik qiladi.  Parazit zam burug4 o ‘sim lik tanasiga 

s e llu lo z a n i  p a rc h a la y d ig a n   fe r m e n tla r   ish la b   c h iq a r a d i.  P a ra z it 

zam burug‘ning  meva  tanasi  ostidagi  naychalarda  sporalar yetiladi.  Spo-

6-  rasm.  Kasallik  tug‘diruvchi 

zamburugiar:  1  —  makkajo‘xori 

kuyasi,  2  —  bug‘doy  qorakuyasi, 

3,  4 —  kartoshka va pomidor 

fitoftorasi.

13


ralar  daraxt  p o ‘stlog‘ining  zararlangan  joyiga  tushganida  m itseliy  hosil 

qiladi.  Z am bu ru g‘  daraxtlam ing yog‘ochlik  qism ini  yem iradi.

0 ‘sim lik parazit  zam burug‘lari  qatoriga  keng tarqalgan u n  shudring 

va zang zam burug‘lari  ham   kiradi.



Zamburug‘laming  x o ‘jalikdagi  va  tabiatdagi  ahamiyati.  T abiatda 

saprofit  z a m b u ru g la r  ayniqsa,  k atta  aham iyatga  ega.  U lar  bakteriyalar 

bilan  birga  organik  m oddalarni  parchalab  m inerallashtiradi,  tuproq nin g 

hosildorligini  oshiradi.  C hirituvchi  z a m b u ru g la r  tabiatn i  o ‘sim lik  va 

hayvon qoldiqlaridan tozalaydi.  M ikoriza za m b u ru g lari 

0

‘sim liklar ildi­



zi  bilan  birga  sim bioz  yashab,  ularga  tu p ro q d an   suv  va  m ineral  m od- 

dalam i shimib olishga yordam  beradi.  Qalpoqchali za m b u ru g lar tarkibida 

k o ‘p  m iq dorda  oqsil  b o ia d i.  U larning  k o ‘p  turlari:  q o ‘ziqorin,  dala  oq 

za m b u ru g l,  gruzd,  rijik,  lisichka oziq uch u n  ishlatiladi.  S ham pinonlar va 

lisichkalar issiqxonalarda o ‘stiriladi. Achitqi zam buruglari non mahsulotlari 

va  sp irtli  ic h im lik la r  tay y o rla sh d a   keng  fo y d a la n ila d i.  T ib b iy o td a  

z a m b u r u g la rd a n   x ilm a -x il  a n tib io tik   d o rila r  tay y o rla n a d i,  a c h itq i 

z a m b u ru g la rid a n  polivitam inlar tayyorlanadi.

Z a m b u ru g la r  orasida  ziyon  keltiruvchi  turlari  ham   k o ‘p  uchraydi. 

Parazit zam b u ru g lar,  ayniqsa,  o ‘simliklarga katta ziyon keltiradi.  Saprofit 

z a m b u ru g la r oziq-ovqat m ahsulotlarining tez  buzilishiga  sabab  b o ia d i. 

C hirituvchi z a m b u ru g la r yog‘o chlar va boshqa organik  m oddalarni chi- 

ritadi.  Bir  qancha  z a m b u ru g la r  odam ,  hayvon  va  o ‘sim liklarda  h ar  xil 

kasalliklarni  keltirib  chiqaradi.



Zamburug‘ o‘stirish.  K o'pchilik zam buruglam ing mevali tanasi odam  

u ch u n   foydali  m oddalarga  ega.  S huning  u ch u n   z a m b u ru g la r  su n ’iy 

o ‘stiriladi. Ayrim xo‘jaliklarda sham pinonning veshenka degan turi su n ’iy 

sharoitda  o ‘stiriladi.  B uning  u ch u n   m axsus  xonalarda  bir  n ech a  yarusli 

tok ch alar  o ‘m atiladi.  T okchalarga  oziq  m odda  (kepak,  yorm a)  solib, 

zam burug‘  sporalari ekiladi.  X onada qulay harorat va nam lik yaratilganida 

z a m b u ru g la r  tez  o ‘sib,  bir  yilda  5  m artagacha,  har  bir  m 2  tu p ro q d an  

20  kg  gacha  hosil  olish  m um kin.



2 -   b o b .   YASHIL  0 ‘SIMLIKLAR

0 ‘sim liklar dunyosi  350 tu rd an  ortiq organizm larni o ‘z ichiga oladi. 

U lar orasida faqat  m ikroskopda k o ‘rib b o ia d ig a n  ju d a  m ayda tu rlarid an  

tortib,  yuz m etrga va hatto un d an  ham  balandroqqa b o ‘y c h o ‘zgan,  shox- 

shabbalari  o ‘nlab  m etr radiusga yoyilgan  ulkan  daraxtlar bor.

0 ‘sim liklar  h ar  xil  tuzilgan.  T uban 

0

‘sim liklarning  t o ‘qim a  va  o r­



ganlari b o im ay d i, tanasi bir xildagi hujayralardan  iborat.  Ularga suvo‘tlari 

m isol b o ia d i.  Yuksak 

0

‘sim liklarning  hujayralari  ixtisoslashgan,  to ‘qim a 



va  organlari  rivojlangan.  U larga  y o ‘sinlar,  q irq bo‘g‘im lar,  p launlar,  p a ­

p o ro tn ik lar  (qirqquloqlar),  ochiq  u ru g lila r  va  yopiq  u ru g lila r  (gulli 

©‘sim liklar4)  b o lim la ri  kiradi.

14


0 ‘SIMLIKLAR  SISTEM ATIKASI

Yer yuzida  mavjud  b o ig a n   xilma-xil  o ‘sim liklarni  o ‘rganish  m aqsa­

dida ular tuzilishi va  o ‘zaro  qarindoshlik belgilariga binoan  klassifikatsiya 

qilinadi,  y a’ni  sistem aga solinadi.  0 ‘sim liklar dunyosini  sistem aga solish 

bilan  sistem atika  fani  shuglillan ad i.  Botanika  fanida  tur,  turku m ,  oila, 

sinf,  b o lim   tushunchalari  qabul  qilingan.

Tuzilishi  va  hayot  kechirishi  o bxshash  b o ig a n ,  m uayyan  ekologik 

m u h itd a   ta rq a lg a n   o 's im lik la r  b itta   tu rn i  h osil  q ilad i.  M a sa la n , 

b o g larim izd a ekiladigan  sariq  d o la n a la rn in g  ham m asi bitta turga kiradi. 

D o la n a la r  bargi,  guli,  mevasi,  poyasining  tuzilishi  va  yashash  sharoiti 

(togk y o n b ag lrlari)  bilan  o 'zaro   o bxshash  b o ia d i.  Bir-biriga yaqin  turlar 

bitta turkum ga birlashtiriladi.  Masalan,  navlarining ko‘p b o lish id a n  q at’iy 

nazar,  barcha  oshpiyozlar bitta turga  kiradi.  Bir qanch a belgilariga k o ‘ra 

oshpiyozlarga  o'xshash  b o ig a n   anzur  piyoz,  sarim soq  piyoz,  oshpiyoz 

bilan  birga  bitta  piyozlar  turkum ining  h ar  xil  turlari  hisoblanadi.  U lar 

bir  to m o n d an   bir-biriga  o'xshash  (piyozining  b o iis h i,  guli,  poyasi, 

u ru g ln in g   tuzilishi),  ikkinchi  to m o n d an   oshpiyoz  bargining  ichi  kovak- 

ligi  bilan  yassi  (yopishgan)  bargi  anzur  piyoznikidan  farq  qiladi.  Bu  uch 

tu r bitta  piyozlar turkum iga  kiradi.  Xuddi  shuningdek,  m aym unjon  tu r­

kum iga  m an su b   m alin a  (o d d iy   m ay m u n jo n )  za n g o ri  m ay m u n jo n  

(parm achak)dan  mevasi,  rangi,  barg  yaproqchalarining,  soni  ekologik 

xususiyatiga  k o 'ra  bir-biridan  farq  qiladi.  Ituzum   u ru g ln in g   ikki  turi 

(qora  va  qizil)  ituzum   to 'g 'risid a  ham   shu  fikrni  aytish  m um kin.  T urlar 

qo'shaloq   (turkum   va  tur)  nom   bilan  ataladi.  Sistem atikaning  asosiy 

talablarini  18-  asrning  ikkinchi  yarm ida  shved  olim i  K.  Linney  ishlab 

chiqqan.


O 'sim liklam ing  o 'zaro   o'xshash  turkum lari  bitta  oilani  bir  necha 

oilalarga,  oilalar  esa  sinfga,  sinflar  esa  birgalikda  b o lim n i  hosil  qiladi. 

Shunday  qilib,  o'sim liklar  sistem atikasida  eng  kichik  sistem atik  guruh 

(tanson)  tur,  eng  yirigisi  esa  b o lim   hisoblanadi.  Barcha  sistem atik  gu­

ruhlar  orasida  faqat  turkum   ikkita  (turkum   va  tur)  nom i  bilan  ataladi. 

H ar  xil  tillarda  tu rlar  nom i  har  xil  ataladi.  Lekin  fanda  turning  nom i 

lotin  tilida  u ru g iiin g  va  turning  nom i bilan  ataladi  M asalan,  oq terak va 

piram idasim on terak  Populus alba va  Populis piramidalis deb ataladi.  Bitta 

turga  kiradigan  individlar o'zaro   erkin  chatishib serpusht  nasi  beradi.  H ar 

xil  turga  kiradigan  individlar o bzaro  chatishm aydi  yoki  chatishganida esa 

tu g llg a n   nasli  bepusht b o ia d i.

0 ‘sim liklar yashil  su v o llari,  yo'sinlar,  q irq b o 'g lm la r,  qirqquloqlar, 

ochiq  u ru g lila r b o lim la rig a   ajratiladi.  G ulli 

0

‘sim liklar  o^im liklarnin g 



eng  xilm a-xil  va  eng  katta  iqtisodiy  aham iyatga  ega  b o ig a n   b o lim i 

hisoblanadi.

Hozirgi tushunchalarga binoan o ‘simliklar dunyosi  3  ta kenja dunyo: 

B agryankalar,  y a ’ni  Qizil  su v o ‘tla ri,  haqiqiy  su v o ‘tlari  va  Y uksak

15


o ‘simliklarga ajratiladi.  Qizil su v o llari  xivchinli  davrining bo lm aslig i jin ­

siy  organlarining  m axsus  ipchalar  uchida  hosil  b o ‘lishi  bilan  boshqa 

suvo‘tlaridan  farq  qiladi.  H aqiqiy  su v o llari:  ko‘k-yashil,  proxlorafitsi- 

m o n lar,  tillarang,  d iato m ,  p rin to fit,  dipofit,  q o ‘n g 1r,  sariq-yash il, 

evglenasim onlar,  yashil,  xarasim on  su v o llari  deb  ataladigan  o 'n g a yaqin 

b o lim larg a ajratiladi.

Yuksak  o ‘sim liklar  ham   riniofitlar,  y o ksinsim onlar,  plaunsim onlar, 

qirqbo‘g‘im sim onlar,  qirqquloqsim onlar,  ochiq  uru giilar,  yopiq u ru g iilar 

(gulli  o ‘sim liklar)  b o lim la rig a   b o lin a d i.

S U V O ‘TLARI

S u v o lla ri  — tuban sporali o ‘sim liklarning yig'm a guruhi,  k o ‘pchilik 

turlari  suvda  hayot  kechiradi.  U lar orasida  quruqlikda,  xususan  daraxtlar 

p o ‘stlog‘ida  va  nam   tu p ro q lard a  yashovchi  turlari  ham   bor.  O datda 

suvollari  hujayrasi boshqa o ‘simliklar singari  selluloza qobiq bilan o ‘ralgan. 

Ayrim   vakillarining  hujayra  q o b ig i  p ektindan  iborat.  30  m ingga  yaqin 

turi  m a ’lum.

S u v o lla ri  hujayra  sitoplazm asida  turli  organoidlar,  shu  jum lad an , 

fotosintez  qiluvchi plastidlar b o ia d i.  S u v o lla rin in g   rang  beruvchi  plas- 

tidlari  xromatoforlar  deyiladi.  Xromatoforlarda  oqsillarga  boy  b o ig a n  



perm oid tanachalar joylashgan.  S u v o lla ri  K o'k-yashil,  D iatom ,  Yashil, 

Q o ‘ng‘ir,  Qizil,  Sariq,  Sariq-yashil  su v o lla ri  b o lim la rig a  ajratiladi.

K o ‘k~yashil  su v o lla ri  prokariot  organizm lar,  boshqa  su v o lla ri  esa 

haqiqiy yadroli—eukariot organizm lardir.  S u v o lla ri  bir hujayrali va k o ‘p 

hujayrali  b o ia d i.  H am m a  su v o lla ri  fotosintez  qiluvchi  organizm lardir; 

20  m ingga  yaqin  turi  aniqlangan.



Bir  hujayrali  yashil  suvo‘tlarining  tuzilishi.  Bir  hujayrali  yashil 

su v o lla rin in g   tanasi  bitta  hujayradan  iborat.  U lar  dengiz  va  ch uchu k 

suvlarda,  tuproqda uchraydi.

7- 


rasm.

  Bir  hujayrali  yashil  suvo'tlari: 



A—

  xlam idom onada. 



B—

  xlorella:



1— 

yadro,  2—sitoplazm a, 



3—

 xrom atofor, 



4—

  qizil  k o ‘zcha,



5—

  pektin  qobiq,  6—  xivchin.

16


Xlamidomonada (yunoncha  „xlamido"  —  kiyimli,  „m onada"  — oddiy) 

oqmaydigan  hovuz va ko'lm ak suvlarda uchraydi.

U  m ikroskopik  kattalikda,  tanasi  noksim on  shaklda  b o ‘lib,  oldingi 

to m onida  ikkita  xivchini  bor  (7-rasm ).  Hujayrasi  pektin  qobiq  bilan 

qoplangan.  Qobiq tagida  sitoplazm asi,  yadrosi,  kosachaga  o'xshash bitta 

pirenoidga  ega bo'lgan juda  yirik xromatofori bo'iadi.  T anasining oldingi 

tom onidagi  xrom atofor  ustida  yorug'lik  sezuvchi  ko'zchasi  joylashgan. 

X lam idom onada  xivchinlari  yordam ida  yorug'lik  tushadigan  tom onga 

qarab  faol  harakat  qiladi.  X lam idom onada  qulay  sharoitda  faqat jinssiz 

ko‘payadi.  Buning  u chun  u  dastlab  xivchinlarini  tashlaydi,  keyin  uning 

yadrosi  2;4;  b a’zan  8  qismga bo'lin ad i,  pektin  qobiq  tagida  ikki  xivchinli 

zoospora/ar hosil  qiladi.  Bo'linishdan so'ng  hujayra qobig'i yorilib,  zoospo- 

ralar  suvga  chiqadi  va  ulardan  yangi  x lam idom onadalar  hosil  bo'iadi. 

N oqulay sharoitda xlam idom onadalar jinsiy yo'l  bilan  ko'payadi.  U ning 

hujayrasi  b o ‘linib,  jinsiy  hujayralar—ikki  xivchinli gametalar hosil  qila­

di.  X lam idom onadaning gam etalari bir xil  kattalikda bo'iadi.  G am etalar 

q o ‘shilishi,  ya’ni  urug'lanishidan  keyin  hosil  bo'lgan  zigotadan  qulay 

sharoitda yana  xlam idom onada  rivojlanib  chiqadi  (8-  rasm).

8-  rasm.

  X lam idom onadaning  ko'payishi. 



A—

  jinssiz  ko'payishi, 



B—

jinsiy 


ko'payishi:  / —bo'linishga  kirishayotgan  individ, 

2,3— 

zoospora  hosil  bo'lishi, 



4— 

zoosporaning  chiqishi,  5—gam etalarning  hosil  bo'lishi,  6—gam etalarning 

suvga  chiqishi,  7—gam etalarning  yaqinlashishi, 

8 ^ 9 —

 

garrretalaming 



qo'shilishi  (urug'lanish), 

10—

 zigota,  / / —zigotadan .yosh 

xlam idom onadalarning  chiqishi, 

12—

voyaga  yetgan  individ.

17


V

А

В

9-  раем.  Ipsimon  suvo'ti  ulotriksning:  A—  jinssiz  ko‘payishi,

В—  jinsiy  ko‘payishi:  7—  zoosporalaming  hosil  bo‘lishi,

2—  zoosporalaming  suvga  chiqishi,  3—  zoosporaning  o‘sib  suv  o‘tiga 

aylanishi,  4—  gametalaming  hosil  bo‘lishi  va  suvga  chiqishi,

5—  gametalaming  qo'shilishi,  6—  zigota,  7—xivchinsiz  sporalaming  hosil 

bo‘lishi,  8—  suvdagi  sporalar,  9—  sporalaming  unib  chiqishi  va  ulotriksga 

aylanishi,  10—  ko‘payayotgan  suv  o‘ti.

Xlorella chuchuk suvlarda va nam  tuproqlarda yashaydi.  U ning sharsi- 

m on  hujayrasida xivchinlari va  k o ‘zchasi b o ‘lm aydi.  X rom atofori  kosa- 

c h a g a   o ‘x sh a sh   b o ‘la d i.  X lo re lla   h u ja y ra s in in g   p o ‘sti 

s e llu lo - 

za  q o biqdan  iborat.  H ujayra  qobiq ichida  4  yoki  8  b o £lakka b o ‘linadi. 

B o‘laklam ing  h ar  biri  alohida  qobiqqa  o ‘ralib,  xivchinsiz  avtosporalar 

hosil  qiladi.  O na  hujayra  qobig‘i  yorilgach,  avtosporalar  suvga  chiqadi. 

B o‘linish  h a r  sutkada  bir  m arta  takrorlanadi.  N oqu lay   sharo itda  tanasi 

zich  p o ‘st  bilan  o ‘ralib,  sporaga  aylanadi.  X lorellaning  40  d an  ortiq 

turi,  ju m la d an   0 ‘rta  Osiyoda 5  turi  m a ’lum .

X lorella  hujayrasi  oziq  m o d d alar  (uglevod,  oqsillar,  yog‘lar)  va 

v itam in la r  (А,  В,  С ,  K)  ga  boy  b o ‘lgani  sababli  u n i  san o at  m iqyosida 

k o ‘pay tirish y o ‘lga q o ‘yilgan.  U   chorva m ollari,  p arran d a la r va  hovuz- 

larda  b o q iladigan  b aliq lar  ozig‘iga  q o ‘shib  beriladi.  0 ‘sish  davrida 

xlorella ju d a   k o ‘p  kislorod  ishlab  chiq aradi.  S hun ing  u c h u n  u n d a n   suv 

havzalarini tozalashda va kosm onavtikada foydalanish  m um kin.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling