Texnik vositalar: - zamonaviy axborot texnologiyalari (kompyuter, video- proyektor, multimedia vositalari) basketbol o`yinida foydalaniladigan jihozlar
(basketbol kaptogi, hushtak, sekundomer va boshqalar.);
Ko’rgazmali qurollar : mavzuga oid plakatlar, yig`ma albom, su`ratlar
Tarqatma materiallar: krossvord, so`rov kartochkalari, test savollari, ma`ruza matni va o`quv adabiyotlari
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
ASOSIY ADABIYOTLAR :
T.S.Usmonxo’jayev "Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari" Toshkent. “O’qituvchi ”-2005
T.S.Usmonxo'jayev B.J.Yusupov J.A.Akromov S.T.Usmonxo’jayev "Jismoniy tarbiya" Toshkent-2007
T.S.Usmonxo’jayev, M.Rahimov, A.N.Abdiyev O`zbek halq harakati o`yinlari
QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR :
1. M.Maxmudov B.Qodirov Jismoniy tarbiya nazariyasi va usullari. Toshkent "O'qituvchi"-2004
2 M.Maxmudov B.Qodirov "Jismoniy tarbiya nazariyasi va usullari"
Toshkent. “O’qutuvchi”-2007
3. Ma’ruza matni
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI 40 DAQIQA
Tashkiliy qism – (10 daqiqa)
O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib, davomatni, o`quv xonasining tozaligini, sport zalining tozaligini, o`quvchilarning mashg`ulotlarga tayyorgarligini tekshiradi. O`qituvchining kirish so`zi- O`qituvchi o`quvchilarga basketbol koptogini olib yurish va uzatish qoidalari mavzusini dolzarbligi haqida aytib o`tadi. O`tilgan mavzuni savollar orqali tekshiradi.
O`quvchilarning bilimini tekshirish- Bu bosqichda o`qituvchi o`tilgan mavzu yangi pedagogik texnologiya usullari asosida o`quvchi bilimini aniqlaydi. Basketbol to`pini bosh bilan darvozaga yo`llash mavzusi yuzasidan quyidagi noan`anaviy o`qitish usulidan foydalaniladi.
Bundan oldin o`quvchilar yurish, yugurish mashqlarini va umumrivojlantiruvchi mashqlari bajaradi, so`ng organizmni tiklash va dam oldirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |