O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
— O.Yu. Rashidov va bosh
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so ‘zla r Qimmatli qogozlar, likvidlik, fo yd a lilik , ishonchlilik d arajasi, risk
- 3. Qimmatli qogozlar hosilalarining mohiyati nima 4. Qimmatli qogozlar hosilalarining turlarini yoriting.
- Qimmatli qogozlar bozorining vazifalari nimalardan iborat 8. Fond birjasining mohiyati nima
- VII bob. IN F L A T S IY A 7 .1 . Inflatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari
- 15-chizma. Inflatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.
15 — O.Yu. Rashidov va bosh. 225 6 .5 . Listing va delisting jarayonlari hamda ularga qo'yiladigan talablar «Toshkent» fond birjasida amaldagi qonunchilikka asosan birja talablariga javob beradigan va birja rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan qimmatli qog'ozlar savdoga q o ‘yiladi. Emitentning xo‘jalik-moliyaviy holatining barqarorligi, bozorda faolligi va uni qimmatli qog'ozining likvidligiga asosan qog'ozni m a’lum toifaga kiritish jarayoni listing jarayoni deyiladi. Birjada qimmatli qog'ozlar listingi uchun maxsus listing komissiyasi tuzilgan. U ning tarkibi rais va kamida 4 ta a ’zodan iborat bo'lib, listing komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: — em itentning moliyaviy holatini ekspertiza qilish: — qimm atli qog'ozlarni birja rasmiy ro'yxatiga kiritish imkoniyati to'g'risida xulosa chiqarish: — qimmatli qog'ozlarni listing toifasiga ajratish va boshqalar. E m itent o'zining qimmatli qog'ozini listingga kiritish u c h u n listing komissiyasiga quyidagi hujjatlami taqdim etadi: 1. Listing jarayoniga kiritish to'g'risida rasmiy ariza. 2. T a ’sis hujjatlari (unga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shim chalar bilan birga). 3. Korxonani davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohno- maning nusxasi. 4. O'zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Qo'mitasining buyrug'i (agarda aksiyadorlik jamiyati davlat korxonasi asosida tashkil etilgan bo'lsa). 5. Qilinadigan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlar, litsenziya talab etiladigan bo'lsa bu to'g'risidagi lizensiyalar. 1. Q o 's h im c h a qimmatli qog'ozlarni chiqarish t o ‘g ‘risidagi qabul qilingan qarordan ko'chirma. 2. Oldingi emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarning ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi emissiya risolasi. 3. Q i m m a tl i q o g 'o z la r b o ‘y ich a d e p o z ita r xizm at k o ‘rsatish to ‘g ‘risidagi shartnom aning nusxasi. 4. Aksiyadorlik jamiyatining oldingi qimmatli qog'ozlar emissiyasi to'g'risidagi m a ’lumotnoma. 5. Yakunlangan oldingi uch moliyayili uchun Buxgalteriya balansi (1-shakl) va unga tushuntirish xati. 6. Yakunlangan oldingi uch moliya yili uchun Moliyaviy natija to'g'risidagi hisobot (2-shakl). 7. Oxirgi yakunlangan moliya yili u c h u n Asosiy vositalarning harakati to'g'risidagi hisobot (3-shakl). 8. Oxirgi yakunlangan moliya yili u ch u n Pul oqimlari b o ‘yicha hisobot (4-shakl). 9. Oxirgi yakunlangan moliya yili uch u n 0 ‘zlik kapital to'g'risidagi hisobot (5-shakl). 10. Oxirgi yakunlangan moliya yili va ariza berilayotgan m u d d a t bo'yicha balansga debitorlik — kreditorlik qarzdorlik to'g'risidagi ilova (2-shakl). 11. Birja rasmiy ro'yxatiga kiritish to'g'risidagi ariza berilgan m u d - d atda oxirgi kvartal uchun Buxgalteriya balansi (1-shakl). 12. Yakunlangan oxirgi moliya yili va joriy yilning hisobot m uddati u c h u n rasmiy auditorning xulosasi. 13. Birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish to ‘g‘risidagi ariza berilgan m u d - d atd a oxirgi kvartal uchun Moliyaviy natijalari to'g'risidagi hisobot (2-shakl). 14. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida jalb etilgan mablag'lar- ning sarflanishi to ‘g ‘risidagi biznes reja yoki texnik- iqtisodiy asosning loyihasi (agarda qo'shim cha emissiya bo'lsa). 15. Q im m atli q o g 'o z la rn i reestr saqlo v ch isi t o 'g 'r i s i d a m a ’- lu m o t. 16. Aksiyadorlik reestri bo 'y ich a u m um iy m a ’lumot. 17. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organiga kirgan shaxslarning ro‘yxati va ularni ustav kapitalidagi ulushi t o ‘g ‘risida m a ’lumot. 18. Yirik a k s iy a d o r la rn in g r o 'y x a t i (u s ta v k a p it a li d a g i u lu s h i 5 f o iz d a n ortiq bo'lsa). 19. D e t a i n i n g vakolatli organi to m o n id an tasdiqlangan qim m atli qog'ozlar bo'yicha hisobot. 20. Yakunlangan oxirgi moliya yili u c h u n vakolatli davlat organi tasdiqlagan qimmatli qog'o zlar t o ‘g ‘risidagi yillik hisobot. 21. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o ‘tkazish xarajatlarini t o ‘lash b o ‘yicha to'lov topshiriqnom asining nusxasi. 22. Emitentning moliyaviy holati to'g'risidagi boshqa hujjatlar. Listing komissiyasi to m o n id a n e m ite n tn in g qim m atli qog 'ozini ekspertizadan o ‘tkazib, uni birjaning rasmiy ro'yxati va listing guruhiga kiritish to'g'risidagi xulosasidan so'ng komissiya ham da emitent o'rtasida maxsus shartnoma imzolanadi. «Toshkent» Respublika fond birjasida qim m atli qog'ozlarni delis ting jarayonining tartibi h a m m avjud. D elisting bu - e m i te n tn i n g qimmatli qog'ozini birja rasmiy ro'yxatiga kiritilgan toifadan vaqtincha yoki butunlay chiqarishdir. Birjaning maxsus komissiyasi quyidagi holatlarda emitentga nisbatan delistingni q o ‘llaydi: — davlatning vakolatli organini em itentning qimmatli qog‘ozlari emissiyasini to'xtatish to'g'risidagi qarori asosida; — listing sh artlarida S guruhi u c h u n k o ‘zda tutilgan b iro n ta ko'rsatkichlarning pasayishi holati asosida; — emitentning qimmatli qog'ozlar reestrini yuritishdagi o ‘rnatilgan tartibni buzishi asosida, s h u ju m lad a n qimmatli qog'ozlar emissiyasini takroriy ro'y xatdan o'tkazish tartibini h am buzishi asosida; — «Toshkent» Respublika fond birjasi va emitent bilan listing shartnomasidagi qoidalarni buzganligi asosida; — «Toshkent» Respublika fond birjasi va emitentning listing oldi shartnomasidagi qoidalarni buzganligi asosida; — listingdan tashqari em itentlarni fond birjasida qim m atli q o g 'o z la r bilan savdo qilishda o 'rnatilg an barcha qoidalarni buzganligi asosida; — birja rasmiy ro'y xatidan korxonalarning qimmatli q o g'o zlar reestrini yuritish tartib- qoidalarni buzganligi asosida. «Toshkent» Respublika fond birjasida emitentga nisbatan delisting jarayoni uch xil shaklda qo'llanilishi mumkin: — vaqtincha delisting: — doimiy delisting: — mutloq delisting. Vaqtinchalik delisting jarayonida emitentning qimmatli qog'ozi vaqtinchalik listingdan listingoldi toifaga o'tkazib qo'yiladi. Doim iy delisting jarayonida emitentning qimmatli qog'ozi listingdan tashqari toifaga o'tkaziladi. M utloq delisting jarayonida esa em itentning qimmatli qog'ozi birjaning rasmiy ro'yxatidan chiqarib tashlanadi. Listing k o m issiy a si e m i te n t g a n isb a ta n delisting j a r a y o n i n i qo'llashdan oldin unga rasmiy ogohlantirish beradi. Qisqacha xulosalar Qimmatli qo g 'o zlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o 'rta sid a g i m u lk iy h u q u q la rn i yoki zayom m un osa ba tla rn i tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko'rinishidagi daromad to'lashni ham da ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir. Qimmatli qog'ozlarning hosilalari — darom adi (zarari) bir yoki bir necha bozor k o ‘rsatkichlari (indekslari) m azm uniga bog'liq b o ‘lgan qimmatli qog'ozlardir. Q im m atli q o g 'o z la r bozo ri bu y u rid ik va jis m o n iy s h a x s la r o'rtasida m uom alaga qimmatli qog‘ozlar chiqarish , uning aylanishi ham da ularni t o ‘lab berilishi bilan b o g i iq iqtisodiy m u n o sa b a tla r yig‘ indisidir. «Fond biijasi — qimmatli qog‘ozlar bilan bir m arom da m u o m a la d a bo'lishining zarur shart-sharoitini t a ’minlash, ularning bozor bahosini (qim m atli q o g 'o z la r talab va taklifi o 'rta sid a g i m u v o z a n a tn i aks ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir m a ’lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilarining kasb m ahoratini yuqori darajada saqlab borish faoliyatining alohida sohasi b o 'lg an tashkilotdir» M oliya bozorlari — bu pul o qim larin i m ulk ega la rid a n q a rz oluvchilarga qarata yo'naltira oladigan bozor institutlarining yig 'in - disidir. Q im m atli q o g 'o z la r b o z o rid a m o liyaviy v o s ita c h ila r s ifa tid a maydonga, odatda, brokerlar va dilerlar chiqadi. Qimmatli qog'ozlar bozorining u yoki bu shaklda tasniflanishining mazmuni uning amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Qimmatli q og‘oz — bu kapitalning mavjud bo'lish shakli b o 'lib , u kapitalni tovar, ishlab chiqarish va pul shakllaridan farq qilib, u ning evaziga (kapitalni) berilishi, bozorda tovar sifatida m uom alada bo'lishi va daromad keltirishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko'ra fo n d birjasi — bu qimmatli qog'ozlar bir m arom da m u o m alada bo'lishining z aru r shart-sharoitini t a ’minlash. Tayanch so ‘zla r Qimmatli qog'ozlar, likvidlik, fo yd a lilik , ishonchlilik d arajasi, risk, aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, depozit jamg'arma sertifikatlari, g'az.na majburiyatlari, veksel, opsion, sotib olish uchun opsion, fyuchers, muddat, varrant, qimmatli qog'ozlar bozori, xalqaro va m in ta q a v iy qimmatli qog'ozlar bozori, inilliy va hududiy qimmatli qog'ozlar bozori, davlat va korporativ qim m atli qog'ozlar bozori, qim m atli q o g 'o zla r bozorining umumiy infratuzilmasi, qimmatli qog'ozlar bozorining maxsus infratuzilmasi,birja, fo n d birjasi, brokerlar, dilerlar, Nazorat uchun savollar 1. Qimmatli qog‘ozlarning qanday turlari mavjud? 2. Qimmatli qog'ozlarning qanday xususiyatlari mavjud? 3. Qimmatli qog'ozlar hosilalarining mohiyati nima? 4. Qimmatli qog'ozlar hosilalarining turlarini yoriting. 5. Opsionning mohiyati nimalardan iborat? 6. Qimmatli qog'ozlar bozorining mohiyati nima? 7. Qimmatli qog'ozlar bozorining vazifalari nimalardan iborat? 8. Fond birjasining mohiyati nima? 9. Fond birjasi faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 10. Qimmatli qog'ozlar listingi nima? VII bob. IN F L A T S IY A 7 .1 . Inflatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari Inflatsiya XV III asrning o ‘rtalarida m uom alaga t a ’m in lan m a g a n juda ko‘p m iqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflatsiya (lotincha « inflation» so‘zidan olingan va shishish, ko‘pchish, ko'tarilish m a ’nosini anglatadi) o ‘z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizinatlarga bo'lgan baholarning m untazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni t a ’kidlash lozimki, rivojlangan m am lakatlar tajribasida inflatsiya nisbatan m e ’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi zam on inflatsiyasi nafaqat tovarlar va xizinatlarga b o ‘lgan baholarning m untazam o'sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi n o m u ta n o - siblik, pul m uomalasi, moliya ham d a kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo'lib iqtisodiyot tarmoqlari, j a m g 'a rm a va iste’m ol, talab hamdi- taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo'jaliklarning pul massasi h a m d a unga b o ‘lgan talabi o'rtasidagi m u ta n o sib lik va m arkaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. U sh b u t a ’kidlab o 'tg a n omillar o ‘z mohiyatiga asosan inflatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta ’sir etishi m umkin. X alq aro a m a liy o td a iqtisodchi o l im la r in fla ts iy a n in g y uzaga chiqadigan omillarini asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga harakat qilamiz. 1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (m onetär) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, budjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini k o ‘payishi, pul aylanm a- sining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz om illarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasidagi nomutanosiblik, ta r m o q la r iqtisodiy rivojla- nishdagi bir m arom siz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida m onopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllan- tirislidagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin; 2. Tashqi omillar o 'z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojla- nishiga t a ’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. U shbu omillarga dunyo mamlakatlarda yiizaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xomashyo, energetika, neft, valuta inqiroz- larni kiritish mumkin. U shbu omillardan tashqari biron-bir davlat- ning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi valuta siyosatini, yashirin holatda valuta, oltinning eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz 1-chizmada inflatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. U shbu chizm a tahlilidan k o ‘rinib turibdiki, inflatsiya asosan uch yo'nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo'nalishda mahsulotlar, ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan narxlarni asossiz ravishda o'sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Bulling natijasida milliy valutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo'nalishda, xorijiy valutalarga nisbatan milliy valutaning kursi pasayib ketadi. Burling natijasida xo'jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valutalari (AQSH dollari, yevro, shvetsariya franki va boshqalarni) jam g 'ara boshlaydi. Uchinchi yo'nalishda oltinga bo'lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko'tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o'rtasida oltinning to'planib qolishi, ya’ni tezavratsiya amalga oshadi. 15-chizma. Inflatsiyaning yuzaga chiqish shakllari. Xalqaro amaliyotda inflatsiyaning narxlarini o ‘sishi, ya’ni pullarning miqdori o'sishi jihatidan asosan uch shaklini ajratiladi: 1. Sokin (ползучая, у м е р е н н а я ) inflatsiya. U s h b u inflatsiya iqtisodiy rivojlangan m am lakatlarda mavjud boMib, ushbu ho latda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga boMgan narx-navolar yiliga o'rtacha 3% dan 10% gacha oshishi m umkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi. 2. Shiddatli (галопирующая) inflatsiya. U shbu inflatsiya iqtisodiy r iv o jla n a y o tg a n m a m l a k a t l a r d a m a v ju d b o ‘lib, u s h b u h o l a t d a mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga b o ‘lgan narx-navolar yiliga o'rtacha 10% dan 100% gacha b a ’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumkin. Buning natijasida m uomaladagi pul massasi ko ‘payadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati tushadi. M amlakat aholisi o ‘rtasida pulning moddiylashtirish, y a ’ni milliy pul birligini j a m g ‘arishi enias, balki oltin, k o ‘c h m a s m u lk h o la tid a ja m g ‘arishi jarayoni kuchayadi. 3. Jilovlanmagan ( ги п е р и н ф л я ц и я ) inflatsiya. U shbu inflatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. U shbu h olatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko'rsatadi, narx-navo va ish haqi o ‘rtasidagi farq ortadi. M amlakat aholisi q o ‘lidagi qog'oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa m u o m a la d a tovar massasi bilan to v ar va xizm atlar bilan t a ’m in - lanmagan ortiqcha qog'oz pullarni toMib-toshishiga olib keladi. Yuqorida t a ’kidiab o 'tg an im iz d e k , inflatsiyaning asosiy sababi, odatda, bir emas, balki bir n ech ta b o ‘Iib o ‘zaro m ah k a m bogMangan bo'ladi va narx-navoning ko‘tarilib borishi bilangina n am o y o n b o ‘lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga h am b o g 'liq b o'ladi. Ushbu jihatdan quyidagi inflatsiya shakllari ajratiladi: 1. O shkora inflatsiya. Talab to m o n ig a qaragan m akroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda n a rx -n a v o n in g k o ‘tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo ‘lsa, bunday inflatsiya oshkora inflatsiya deb ataladi. Oshkora inflatsiya bozor m ex anizm in i buzmaydi: n a rx -n a v o b a ’zi bozorlarda ko ‘tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayih borishi m u m k in . Buning asosiy sababi sh u n d a n iboratki, bozor mexanizmlari o ‘z ta ’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar t o ‘g ‘risidagi m a ’lumotlarni oshkora yetkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag‘batlntirib boradi. 2. Yashirin inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turi shunday ko'rinishda bo'ladiki, b un d ay holatda b a ’zi bir iste’mol m ahsulotlariga narx- navo m a ’muriy tarzda davlat to m onidan o ‘rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflatsiya sharoitida narx-navoning keskin o ‘sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag‘lariga kerakli mahsulotlarni xarid qilib b o ‘lmasligi holatlari paydo bo'ladi. Iqtisodiyotda yashirin inflatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-navosi ham da aholini daromadlarini o ‘sishi vaqtincha to ‘xtatiladi. Yashirin inflatsiyani vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan m a ’muriy nazorat o ‘rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. U ning qaysi darajada va o'zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat to m onidan olib boriladigan siyosatga h a m d a tartib g a solish shakliga bevosita b o g ‘liq boMadi. U shbu inflatsiyaning salbiytomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi t o ‘rtta omillari mavjud: — q og'oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning m utloq monopoliyasi; — hozirgi z a m o n davlat funksiyalarini bajarish u c h u n davlat xarajatlarini ortishi; — kasaba uyushm alari to m o n id a n budjet muassasalari ishchi- xodimlarining ish haqlarini oshirish b o ‘yicha faoliyati; — iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xiz- m atlar ko‘rsatish sohasida ayrim x o ‘ja!ik subyektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi. Biz yuqorida ta ’kidlab o 'tgan omillar nafaqat o ‘zaro bog‘liq, balki ular talab va takliflarning o ‘sishi yoki pasayishiga turlicha t a ’sir k o‘r- satadi. Xorijiy amaliyotda inflatsiyaning yuzaga chiqishining usullariga asosan quyidagi turlarga ajratiladi: taklif inflatsiyasi, talab inflatsiyasi, xarajatlar ¡nflatsiyasi, kredit inflatsiyasi, import bilan bog‘liq inflatsiyasi, kutilayotgan inflatsiyasi. Taklif inflatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan narx-navoning o'sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflatsiya tu n d a m o n o p o l holatdagi korxonalar to m o n id a n ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan b ir vaqtda ulardan to'liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan mahsulotlarning narx-navosini o'sishi amalga oshiriladi. Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi m am lakat aholisi va xo'jalik subyektlarning darom adlari haqiqiy ishlab chiqarilgan m a h s u lotlar, bajarilgan ishlar h a m d a ko'rsatilgan xizmatlar m iq d o rid a n tez o'sadi. Odatda, talab inflatsiya aholining to'liq ish bilan t a ’m inlan- gan holatda yuzaga chiqadi. Aholi daromadlarining tez su r’a td a o'sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlariga bo'lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabning har qanday o'sishi narx-navoning o'sishiga olib keladi. 2. Xarajatlar inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi xom ashyo va energetik resurslarga bo 'lg an xarajatlarning o'sishi tufayli ishlab chi- qariladigan mahsulotlar va bajariladigan ishlarning narx-navosini o'sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom ashyo va energetik resurslarga bo'lgan dunyo narxlarini ko'tarilishi h a m d a xorijiy valutaga nisbatan milliy valuta kursini pasayishi xarajatlar inflatsiyasining yuzaga chiqishining asosiy sabablari hisoblanadi. X arajatlar inflatsiyasida m a ’lu m bir mahsulotning narx-navosini o'sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-navosini o'sishiga olib keladi. M asalan, neft mahsulotlariga bo'lgan dunyo bahosining o'sishi natijasida unga bevosita bog'liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o'sib ketadi. Xarajatlar inflatsiyasi taklif inflatsiyasiga o'xshash, lekin bu inflatsiyada b a ’zi xarajatlarning o'sishi aniq olingan m am lakat iqtisodiyotiga bevosita bog'liq b o 'l- magan holatlarda yuzaga chiqishi mumkin. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling