O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.

bet24/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34

Kredit  inflatsiyasi. 
U shbu  inflatsiya turi  m amlakat  markaziy,  b a ’zi 
m am lakatlard a  milliy  b a n k la ri  t o m o n id a n   olib  b o rila d ig a n   kredit 
ekspansiyasi  natijasida  yuzaga  chiqadi.  Markaziy  bank  tijorat  binklari 
uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o'rnatilishi 
natijasida  xo'jalik  subyektlariga  beriladigan  kredit  qim m atlash a d i. 
Xo'jalik  subyektlari  olingan  kredit  va  u  bo'yicha  foizlarning  o'zlari

ishlab  chiqaradigan  mahsulot  tannarxiga  kiritadi  ham da  ushbu  holat 
mahsulotlar  narx-navosini  ko'tarilishiga  sabab  bo'ladi.
Import bilan b o g iiq  inflatsiya. 
inflatsiyaning ushbu turi aniq olingan 
mamlakatga  tashqi  omillar  asosida  yuzaga  chiqadi.  U shbu  holatda 
import  qilinadigan  mahsulotlarga  b o ‘lgan  narx-navoning  k o ‘tarilishi 
natijasida  b a ’zi  mahsulotlarga  bo 'lg an   narx-navolar  zanjir  tarzida 
ko'tarilishi  m um  kin.
Kutilayotgan  inflatsiya. 
Inflatsiyaning  ushbu  turida  davlat  to m o - 
nidan  olib  borilayotgan  pul-kredit  va  budjet  siyosati  natijasida  joriy 
yil  uchun  inflatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga 
solib  turiladi.
7.3 .  Inflatsiya  nazariyalari
Hozirgi  vaqtda  inflatsiya  tabiatini  o ‘rganishda  iqtisodchi  olimlar 
lining  m onetar  sabablarini,  ya’ni  tovar  masasiga  nisbatan  pul  massa- 
sining  hajmini  o ‘zgarishini  asosi  qilib  k o ‘rsatadilar.  Inflatsiya  bilan 
olib  boriladigan  faoliyatda  uning  darajasini  o ‘lchash  u ch u n   dastak 
lozim b o ‘ladi.  Ushbu dastak b o ‘lib baholar indeksi  hisoblanadi.  Baholar 
indeksi  joriy  um um iy  iste’mol  narxlarining  bazis  davridan  narxlarga 
nisbatan o ‘sishi  (pasayishi) bilan aniqlanadi.  Ushbu  indeksni  aniqlashda 
mamlakat  fuqarolarining  iste’mol  savatiga  kiritilgan  mahsulotlar  va 
xizmatlarning  chakana  narxlaridan  foydalanadilar.
Ushbu  formula  quyidagicha  hisoblanadi:
P Kt
IPTS =  —
x l 0 0 %  .
PKb
Bunda:  IPS  —  iste’mol  narxlarining  indeksi;
PKt  —  iste’mol  savatining joriy  narxi;
PKb  —  iste’mol  savatining  bazis  narxi.
Inflatsiya  darajasining  o ‘sishini  bir  bahosini  o ‘sishi  bilan  aniqlash 
mumkin.  Masalan,  1  litr  benzinning  bazis  davridagi  narxi  500  so‘m 
b o ‘lgan  va  uning joriy  davrdagi  narxi  585  so‘mga  teng.
Dem ak,  kuzatilgan  davr  ichida  1  litr  benzinning  narxi  117  %  ga 
ortgan:
1  litr  benzin  = 
S0-1TI  x 100 
% -  117 % .
500 so‘m

Baholar  indeksidan  tashqari  inflatsiyani  boshqarishda  yalpi  ichki 
mahsulot  indeksi  ko ‘rstakichidan  foydalaniladi.  Yalpi  ichki  m ahsulot
—  bu  m a ’lum  bir  davr  mobaynida,  od a td a ,  bir  yitda  m am la k a td a  
ishlab  chiqarilgan  barcha  mahsulotlar,  bajarilgan  ishlar va  k o ‘rsatilgan 
xizmatlarning  um um iy   iniqdorining  puldagi  ifodasidir.  Yalpi  ichki 
mahsulot  baholar  indeksini  um um iy  darajasini  o i c h a s h   u c h u n   defla- 
tordan  foydalaniladi.  Deflator  —  bu  pul  ifodalangan  iqtisodiy  k o ‘rsat- 
kichlarni  o ‘tgan  davrdagi  b a h o la r  darajasiga  n isb atan   taq q o sla sh  
maqsadida  q o ‘llaniladigan  koeffitsientdir.  Deflator  y o rd am id a   aniq 
bir  muddatdagi  haqiqiy  ish  haqi  darajasini  aniqlash  m um kin.
Xalqaro  am aliyotda  inflatsiyaning  m ohiyatini  o 'rg an ish   va  uni 
oqilona  boshqarish  b o ‘yicha  turli  nazariyalar  mavjud.  U lardan   biri 
bo'lib Angliyalik  taniqli  íqtisodchi  olim  Jo n  M eynard  Keyns  yaratgan 
nazariya  hisoblanadi.  J.M.  Keyns  bozor  iqtisodiyoti  faoliyatiga  davlat 
tom onidan  aralashuvini  bilvosita  dastakini  ishlab chiqdi.  U sh b u   dastak 
yordamida  davlat  tom onidan  faol  moliya  siyosati  olib  borish,  talabni 
rag'batlantirish  va  ommaviy  ishsizlikni  pasaytirishni  amalga  oshirishi 
imkoniyatiga  ega  bo'ladi.  Keyns  to m o n id a n   ishlab  chiqilgan  iqtisodiy 
mexanizm  quyidagi  asosiy  nizomlardan  iborat:
1)  m amlakat  aholisining  ish  bilan  t a ’minlanganligi  darajasi  ishlab 
chiqarish  hajmi  bilan  aniqlanadi;
2)  um u m iy   talab  taklifga  t o ‘g ‘ri  kelm aydi,  chunki  m a ’lum  pul 
mablag‘lari  jarng'arishga  sarflanadi;
3)  ishlab  chiqarishning  hajmi  oqilona  talab  darajasidagi  tadbirkor- 
likka  asosan  aniqlanadi;
4)  investitsiyalarva jam g‘armalar barobarligi  holatidagi  investitsiya 
hamda jam g 'a rm a   aktlari  mustaqil  faolivat  ko ‘rsatadi.
J.  Keynsning  asosiy  fikri  quyidagilardan  iborat:  q o ‘sh im c h a   pul 
emissiyasi  aholining  tc'lovga  qobilivatlilik  talabim  oshiradi.  Buning 
natijasida tovarlarva  xizmatlarni  ko'payishi  u c h u n   asosy u z a g a   keladi. 
Ishlab  chiqaruvchilar  tom onidan  xaridorlarning  pullarini  olish  m a q ­
sadida ishlab chiqarish  hajmini ko'p aytiradilarva muomaladagi  ortiqcha 
pul  emissiyasi  massasining mahsulotlar va x izmatlar bilan  toMdiradilar. 
Xalqaro  a m a liy o tda   J.  Keyns  t o m o n i d a n   iigari  surilgan  nazariya 
«tartibga  solinib  turiladigan  inflatsiya»  n o m in i  oigan.
0 ‘tgan asrning 60 yillarida inflatsiya nazariyasining yangi  maktabiga 
asos  solindi.  Ushbu  maktabga  A Q SH lik  m as h h u r  iqtisodchi,  Nobel 
mukofotining  laureati,  «Chikago iqtisodiy m aktabi»ning boshlig‘i  M il­
lón  Fridm en  asos  soldi.  Xalqaro  am aliy o tda  ushbu  m aktab   «rno-

netarizm»  deb  nomlanadi.  Monetarizm  maktabining asosiy tamoyillari 
quyidagilardan  iborat:
1)  «Pullar  ah am iyatga  egadir»,  ya’ni  kredit  —  pul  sohasidagi 
o ‘zgarishlar  m amlakat  iqtisodiyotining  um um iy  holatiga  hal  qiluvchi 
t a ’sir  ko'rsatadi;
2)  M am lakat  M arkaziy  banki  iqtisodiyotdagi  xo'jalik  holatidan 
q a t ’i  nazar pul  massasining  barqaror o ‘sishini  t a ’minlab  turishi  lozim.
M.  Fridm enning  asosiy  g ‘oyasi  quyidagilardan  iborat:  mamlakat 
ig‘tisodiyotining  rivojlanish  darajasi  davlat  budjetining  holati,  ishsizlik 
darajasi  va  boshqa  m ak ro e k o n o m ik   ko'rsatk ichlard an  q a t ’i  nazar 
davlatning pul  siyosatidagi  asosiy vazifasi  o ‘rtacha  3—5  %  ga oshirishi 
lozim.  Ushbu  g ‘oya  J.  Keyns  g‘oyasiga  qarama-qarshidir.  J.  Keyns 
pul  massasini  o'sishidagi  cheklovlar  va  talabni  oldinga  surgan  b o‘lsa, 
M.  Fridm en  esa  taklif  va  pul  massasining  doimiy  o ‘sishini  oldinga 
surgan.
Monetarizm maktabi tarafdorlari  inflatsiyaga qarshi quyidagi chora- 
tadbirlarni  amalga  oshirishni  qo'llab-quwatlaydilar:
—  tadbirkorlikning  t o ‘g ‘rid an -to ‘g‘ri  rag‘batlantirish  (foydaga  in- 
vestitsiya  qilingan  qism idan  soliqlarni  pasaytirish);
—  davlat  xarajatlarini  qisqartirish;
—  investitsiyaga  y o ‘naltirilgan jam g ‘armalarning  o'sishini  rag‘bat- 
lantirish  (mamlakat  aholisining  jam g ‘armalarini  tijorat  banklariga  va 
qimmatli  qog'ozlarga  joylashtirish).
0 ‘z  niohiyatiga  asosan  monetaristik  siyosat  q a t’iy  siyosat  b o ‘lib, 
uni  amalga oshirishda qattiqlik va turli  demogogiyaga nisbatan  befarq- 
likni  talab  eta d i.  S h u n i   t a ’kidlash  lozim k i,  J.  K ey ns  va  M.  F r i d ­
m e n   yaratg an   nazariyalari  inflatsiya bilan oqilona kurash olib borishda 
m utloq  t o ‘liq  javob  berm aydi.  H ar  ikkala  nazariya  o'zining  ijobiy 
tom onlari  bilan  bir  q atorda  salbiy  tomonlarga  ham   egadir.
Iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarning  tajribasi  shundan  dalolat 
bermoqdaki  inflatsiya  qaysi  shakl va turda yuzaga  chiqmasin,  u doimo 
ishsizlik muammosini  hal etishlikni, ularning o ‘zaro bog‘liqligini chuqur 
tahlil  etgan  avstraliyalik  iqtisodchi  olim A.  Fillips grafiklar yordamida 
inflatsiya va  ishsizlik haqiqatda ular o ‘rtasida teskari aloqa mavjudligini 
isbotlaydi.  lin in g   fikricha  aniq  olingan  mam lakatda  aholi  o ‘rtasida 
ishsizlik darajasi past darajada b o lad i.  0 ‘z vaqtida uning aksi  inflatsiya 
darajasi  yuqori  b o ‘lgan  holatda,  ishsizlik  darajasi  past  bo‘ladi.  Biz 
buni  quyidagi  grafikda  k o ‘rishimiz  mumkin.  A.  Fillipsning  fikricha, 
inflatsiya  darajasi  yuqori  darajadagi  mamlakatlarda  haqiqiy  ish  haqi

qiymati  tushib  boradi.  Ushbu  holat  aholining  turli  toifalari  narx-navo 
ko'tarilishi  natijasida  yo ‘qotilgan  haqiqiy  ish  haqini  kompensatsiya 
qilish maqsadida ishlashga majbur bo'ladi.  Buning natijasida,  m amlakat 
aholisi o'rtasida ishsizlik darajasining pasayishi kuzatiladi  (16-chizma).
16-  chizma.  Fillips egrisi.
Manba:  М ам едов  О.  Ю.  и  др.  С о в р е м е н н а я   э к о н о м и к а . 
Р о стов   на 
Д о н у .  1 9 9 8 .-   604  с.
7.4 .  Inflatsiyaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  oqibatlari
Har bir mamlakatda inflatsiya  mavjudligi undagi  iqtisodiy holatning 
y o m o n la s h u v ig a   sabab  b o ‘ladi.  U s h b u   salbiy  h o l a t l a r   q u y id a g i 
yo‘nalishlarda  yuzaga  chiqadi:
1) Ishlab chiqarish hajmi qisqaradi,  chunki narx-navolaming doimiy 
tarzda  tebranib  turishi  ishlab  c h iq a r is h n i  rivojlantirishga  b o ‘lgan 
istiqbollarga  ishonchni  yo'qotishga  olib  keladi;
2)  Ishlab  chiqarish  sohasidagi  kapital  savdo  va  vositachilik  op e - 
ratsiyalariga  oqib  o ‘tishi  kuzatiladi.  C h u n k i  savdo  va  vositachilik 
sohalarida  kapital  aylanishi  tez  amalga  oshadi  va katta  foyda  keltiradi. 
Inflatsiya yuqori  b o ‘lgan  davrda  aholi  o 'rta sid a   puldan  qochish  holati 
kuzatiladi,  y a ’ni  kishilar  qo‘llaridagi  pullardan  imkoniyat  darajasida 
tezroq  sarflashga  harakat  qiladilar.  U la r  pullarga  turli  tovarlar  sotib 
oladilar.  Buning  natijasida  savdo  va  vositachilik  d o ‘konida  tovarlar 
tez  sotiladi;

3)  Narx-navoning  keskin  va  notekis o'zgarishi  natijasida  chayqov- 
chilik  kengayadi.  Inflatsiya  natijasida  tovar tanqisligi  (defitsit)  yuzaga 
chiqadi.  U shbu  taqchillik  narx-navoning  keskin  ko'tarilishiga  olib 
keladi;
4)  Davlat  moliya  resurslari  qadrsizlanadi.  Davlat  budjeti  daro- 
madlari  budjet  xarajatlari  amalga  oshirilgunga  qadar  qadrsizlanadi. 
Budjet  daromadlari  va  xarajatlari  o'rtasidagi  mutanosiblikni  saqlash 
qiyinlashadi  va  buning  natijasida  budjet  taqchilligi  (defitsiti)  yuzaga 
chiqadi;
5)  M am lakatda  kredit  operatsiyalari  cheklanadi.  C hunki  inflatsiya 
darajasi  tufayli  yuridik  va  jism oniy  shaxslarga  tijorat  banklaridan 
beriladigan  kreditlarning  foiz  darajasini  yuqori  darajada  o'rnatiladi. 
U shbu  salbiy  holat  ishonchni  pasaytiradi.
Inflatsiyaning  eng  asosiy  ijtiinoiy  oqibati  bo'lib  darom adlar  va 
boyliklarni  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshishi  hisoblanadi.  Ushbu 
qayta  taqsimlanishi  quyidagi  omillar  natijasida  amalga  oshadi:
—  m am lakat  aholisining  daromadlari  indeksatsiya  qilinmasligi;
—  tijorat  banklari  to m o n i d a n   yuridik  va  jism o n iy   shaxslarga 
b erilad ig an   kreditlar  b a h o la r  indekslarining  o 'z g a rish in i  hisobga 
olinm agan  holda  berilishligi.
Inflatsiya shart-sharoitlarida  mamlakatda  ichki  mahsulot va  milliy 
d a ro m a d   quyidagi  yo'nalishlarda  qayta  taqsimlanadi:
1)  M illiy  iqtisodiyot  tarm o q la ri,  ishlab  chiqarish  sohalari  va 
m am lakat  hududlari  o'rtasida  narx-navoning  notekis  o'sishi  natijasi;
2)  M am lakat  aholisi  va  davlat  o'rtasida.  Bunda  davlat  tomonidan 
m uom aladagi  ortiqcha  pul  massasidan  q o ‘shim cha  darom ad  sifatida 
foydalanadi.  Xalqaro  amaliyotda  bu  inflatsion  soliq  deb  nomlanadi;
3)  M am lakat  aholisining  sinflari  va  turli  toifalari  o'rtasida.  Mah- 
sulotlar  va  xizmatlarga  bo'lgan  narx-navoning  notekis  o ‘sib  ketishi 
n atijasid a  aholi  o 'rta s id a   ijtimoiy  toifalarga  b o 'lin is h in i  (boylar, 
kambag'allar,  qashshoqlar),  mulkiy  holatidagi  farqni  chuqurlashuviga, 
ja m g 'a rm a la r   va  joriy  iste’molning  keskin  o'zgarishi  yuzaga  chiqadi. 
Inflatsiyaning ijtimoiy salbiy t a ’siri  eng aw alo  q a t’iy belgilangan  daro­
madlari  oluvchi  shaxslar  hisoblangan  —  nafaqaxo'rlar,  nogironlar, 
ko'p  farzandli  oilalar  va  davlat  xizmatchilari  (o'qituvchitar,  vrachlar, 
b o g 'c h a   xodimlari  va  boshqalar)  uchun  juda  og'ir  kechadi;
4)  D ebito rlarv a kreditorlar o'rtasida.  Ushbu  holatda olingan  qarz- 
larni  pul  qadrsizlanishi  natijasida  debitorlar  darom ad  oladi  va  buning 
aksi,  kreditorlar  qo 'sh im c h a   zarar  ko'radi.

Biz  yuqorida  keltirgan  inflatsiyaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  salbiy 
oqibatlari q o ‘shimcha ravishda mamlakatning tashqi  iqtisodiy aloqalarga 
ham   faol  t a ’sir ko‘rsatadi.  Inflatsiya  darajasi  yuqori  m am lakatlar bilan 
q o 's h im c h a   sug'urta  va  turli  kafolatlar  asosida  o ‘zaro  m u n o sa b la r 
olib  boradilar.  Xalqaro  am aliyotda  ushbu  m unosabatlar  savdoning 
kamsitilishi  yoki  diskriminatsiya  deb  nomlangan.
Mamlakat  iqtisodiyotiga  ayniqsa  jilovlanmagan  (giperinflatsiya) 
ju d a   salbiy t a ’sir etadi.  Buning  natijasida  iqtisodiy va  ijtimoiy  qa ra m a- 
qarshiliklar keskinlashadi,  aholi  o ‘rtasida  hukum atga b o ‘lgan  norozilik 
kuchayadi.  Shuning  uchun,  h u ku m at  qarama-qarshiliklarni  ijobiy  hal 
qilish,  milliy  pul  tizimining  barqarorlashtirish  u c h u n   oqilona  ishlab 
chiqilgan  inflatsiyaga  qarshi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishi  lozim 
boMadi.
7 .5.  Inflatsiyaning  barqarorlashtirish  usullari
J a h o n n in g   iqtisodiyoti  rivojlangan  m a m la k a tla rid a   inflatsiyaga 
qarshi  kurash  olib  borishda  j u d a   katta  nazariy  va  am aliy  tajriba 
to'plangan.  Inflatsiyani  butunlay  yo'qotish  imkoniyati  yo'q.  C hunki 
uni  yuzaga  chiqishiga  sabab  b o ‘lgan  omillarni  (ichki  va  tashqi,  pullik 
va  pulsiz) t o ‘liq yo‘qotish  m um kin  emas.  Shuning  uchun  hozirgi  davrda 
eng  asosiy  maqsad  inflatsiyaning  butunlay  yo‘qotish  emas,  balki  uni 
boshqaruvchan  qilish  va  lining  salbiy  iqtisodiy-ijtimoiy  oqibatlarini 
zaiflashtirish  hisoblanadi.
D u n y o n in g   turli  m am la k a tla rid a   h u k u m at  t o m o n id a n   mavjud 
iqtisodiy-ijtimoiy shait-sharoitlaridan  kelib chiqqan  holda  inflatsiyaga 
qarshi  turli  antiinflatsion  siyosatni  ishlab  chiqaradilar  va  uni  amalga 
oshiradilar.  Davlat  to m onidan  antiinflatsion  siyosatni  olib  borishda 
turli  chora-tadbirlar  hisoblangan  budjet,  ijtimoiy,  soliq,  baho,  kredit- 
moliya,  sanoat-investitsiya,  tashqi  iqtisodiy  va  emissiyani  amalga 
oshiradilar.
Budjet siyosati  —  bu  davlatning asosiy iqtisodiy siyosati  hisoblanadi 
va  u n in g   asosiy  maqsadi  m am la k a tn in g   aniq  belgilangan  m u d d at 
m o b ay n id a   ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning  u stu v o r  y o ‘nalishlari 
belgilanadi  va  amalga  oshiriladi.
Budjet  siyosati  yordamida  soliqlar  va  yig'im lar  asosida  yig‘ilgan 
davlat  moiiya resurslarini  um um m illiy vazifalarini  bajarish  uchun  qayta 
taqsimlanishi  amalga  oshiriladi.  Budjet  siyosatining  asosiy  tarkibiy 
qismi  b o ‘lib ijtimoiy siyosat  hisoblanadi.  Chunki  mamlakatdagi  ijtimoiy
16 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
241

tadbirlarni  moliyalashtirish  asosan  davlat  budjeti  tom o nid an  amalga 
oshiriladi.
Soliq  siyosati  —  bu  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  va- 
zifalarini  bajarishi  uchun  zarur  moliya  mablag‘larini  yig‘ish  uchun 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisidan soliqlar,  t o ‘lovlar 
hamda  majburiy ajratmalarni belgilash, ulami undirish  yuzasidan qonun 
asosida  belgilangan  tizimdir.
Baho  siyosati  —  bu  mahsulotlar,  xizmatlar va  to'lovga  qobiliyatli 
talab  o ‘rtasidagi  mutanosiblikga  erishish  hamda  uni  tartibga  solib 
turish  bilan  bog‘liq  siyosatdir.
Kredit-m oliya  siyosati  —  bu  Markaziy  bank  t o m o n id a n   qayta 
moliyalashtirish  stavkasi,  majburiy zaxiralar m e ’yori va ochiq  bozordagi 
operatsiyalar  orqali  mamlakat  bank-kredit  tizimini  boshqarish  hamda 
tartibga  solib  turishdan  iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati  —  bu yalpi  ichki  mahsulotning o ‘sishini 
t a ’minlovchi  mamlakat  sanoat-texnologik  qudratini  rivojlantirishga 
qaratilgan  siyosatdan  iborat.
Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  siyosati  —  bu  davlat  to m o n id an   xorijiy 
m am lakatlar  b o ‘lib  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  b o j-ta ’rif  dastaklari 
yordam ida  tartibga  solib  turishdan  iboratdir.
Emissiya siyosati —  bu  Markaziy bank tomonidan  milliy iqtisodiyot- 
ning  holatiga  asosan  m u o m a la g a   qo g ‘oz  pul  chiqarish,  ularning 
aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan 
chiqarib  turishdan  iborat  siyosatdir.
D unyoning  har  bir  m am lakatidan  hukumat  tom onidan  antiinf- 
latsion  siyosati  mavjud  inflatsiyani  tartibga  solishga  h am da  uni  o ‘sish 
sur’atlarini  pasaytirishga  qaratilgan  b o ‘lishi  lozim.  Bunday  siyosatni 
olib  borishda  asosan  ikki  shakllardan  foydalaniladi:
1)  Pul  islohotlarini  amalga  oshirish;
2)  Inflatsion  jarayonlarni  davlat  tom onidan  tartibga  solib  turish;
Pul  islohotlari  —  bu  mamlakatdagi  pul  muomalasini  tartibga solish
va kuchaytirish  maqsadida davlat tom onidan  mavjud pul tizimini to'liq 
yoki  qisman  o ‘zgartirishlarini  amalga  oshirishdir.  M am lakatning  iqti­
sodiy  rivojlangan  holati,  pullarning  t a ’minlanganligi  darajasiga  asosan 
pul  islohotlarining  revalvatsiya,  devalvatsiya va denominatsiya usullari- 
dan  foydalaniladi.
Iqtisodiyoti  rivojlangan davlatlardan  Germaniya Federativ  Respub- 
likasi,  Isroil  va  boshqalarda  revalvatsiya  usulidan  foydalanildi.  Reval­
vatsiya  o ‘z  m ohiyatiga  asosan  milliy  pul  birligini  xorijiy  valutaga

nisbatan  kursirii  ko'tarib  qo'yishdan  iborat.  Pul  islohotining  ikkinchi 
usuli  bo'lib  devalvatsiya  hisoblanadi.  Devalvatsiya  o 'z   m ohiyatiga 
asosan  milliy pul birligini  xorijiy valutaga nisbatan  tushirib  qo'yishdan 
iborat.
Devalvatsiya  usulidan  asosan  iqtisodiyoti  bo zo r  munosabatlariga 
o'tayotgan  mamlakatlarda keng foydalaniladi.  Pul  islohotining uchinchi 
usuli bo‘lib denominatsiya hisoblanadi.  D enom inatsiya o 'z   mohiyatiga 
asosan  milliy  pul  birligidagi  ortiqcha  nollarni  olib  tashlab  m uom alaga 
yangi  pullarni  chiqarishdan  iborat.
Denominatsiya  usulida  Rossiya  (3  d o n a   nolni  olib  tashladi)  va 
Tursiya  (liradan  6  dona  nolni  olib  tashladi)  hukumatlari  foydalanishdi.
Inflatsion  jarayonlarni  davlat  to m o n id an   tartibga  solib  turish  o 'z 
m o h iy a tig a   aso san   m a m la k a t d a   m a h s u l o tl a r ,  b a ja r ilg a n   ishlar, 
ko'rsatiladigan  xizmatlarga  b o 'lg an   n arx -n a v o la rn i  o 's ib   borishini 
cheklash va pul  tizimini barqarorlashtirish  maqsadida davlat tom o nid an 
aniq  c h o ra -ta d b irla rn i  am alga  o sh irish d a n   iborat.  U s h b u   c h o ra -  
tadbirlar  ikki  yo'nalishda  olib  boriladi:
1.  Deinflatsion  siyosat.  U shbu  siyosat  m am la ka tda   pulga  bo'lgan 
talabni  pul-kredit  va  moliya  mexanizmlari  yo rdam ida  tartibga  solib 
turiladi.  Deinflatsion  siyosat  davlat  xarajatlarini  qisqartirish,  kreditlar 
uchun  foiz  stavkalarini  oshirish,  soliq  yukini  kuchaytirish  (soliqlar 
soni  va  ularni  foiz  stavkalarini  ko'tarish)  va  pul  massasini  cheklashni 
o 'z  ichiga oladi.  Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  deinflatsion  siyosat  m am la- 
katdagi  iqtisodiy  o'sishni  sekinlashuviga  sabab  bo'Iadi;
2.  D a r o m a d la r   siyosati.  U s h b u   siyosat  olib  b o r is h d a   davlat 
tom onidan  mahsulotlar,  ko'rsatilgan  xizm atlar,  bajarilgan  ishlarga 
bo'lgan  narx-navo va  ish  haqi  ustidan  birdaniga  nazorat  etiladi  ham da 
u la r n in g   o 's is h in i  m a ’lum  c h e g a ra s i  o ' r n a t i l a d i   yoki  b u t u n l a y  
«muzlatib»  qo'yiladi.  Darom adlar  siyosati  o 'z   mohiyatiga  k o 'ra   q a t ’iy 
siyosat  hisoblanadi  va  u  aholi  o'rtasid a  norozilikni  kelib  chiqarishi 
mumkin.
Lekin  inflatsiya bilan  kurashishda ayrim  mam lakatlarda d aro m adlar 
siyosatidan  foydalaniladi.
Xalqaro  amaliyotda  rivojlanayotgan  m am la k a tla rd a   inflatsiyaga 
qarshi  kurash  olib  borish  tajribasida  biz  t a ’kidlab  o 'tg a n   ikki  y o 'n a -  
lishdan  oqilona  birgalikda  foydalanilgan.
Iqtisodiyoti  b o z o r  m un o sa b a tla riga   o 't a y o t g a n   m a m la k a tla r d a  
inflatsiyaga  qarshi  kurashish  va  milliy  pul  tizim ini  m ustahkam lash 
uchun  asosan  quyidagi  ch o ra-tadbirlar  amalga  oshirilm oqda:

—  milliy  iqtisodiyotni  sog'lomlashtirish,  investitsiya  faoliyatining 
tushib  ketishini  b a rta ra f  etish  va  iqtisodiy  rivojlanishning  o qilona 
darajasini  t a ’minlash;
—  raqobatbardosh,  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etish va uni  rivojlantirish  maqsadida davlat strategiyasini  ishlab chiqish 
h am da  uni  amalga  oshirish;
—  xalq  iste’mol  tovarlarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda  ishlab 
chiqarish  fondlarining tarkibini  o'zgartirish va unda zamonaviy texnika 
ham d a  texnologiyalarni  joriy  etish;
—  tijorat  banklarining  investitsiya  va  kredit  faoliyatini  rag‘b a t- 
lantirish;
—  soliq  tizimini  takomillashtirish  va  ushbu  yo'nalishda  asosiy 
e ’tiborni  soliqlarning  rag‘batlantiruvchi  funksiyasiga  qaratish;
— davlat tom on idan   kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni  q o l la b -  
q u w a tla s h ;
—  mamlakat  ichida  mahsulotlar, valuta, kredit yer,  ko'chmas  mulk, 
m ehnat  va  qimm atli  qog'ozlarining  yagona  bozorini  shakllantirish 
ham da  uni  rivojlantirish;
—  pul-kredit  siyosatini  iqtisodiyotning  rivojlanishi  holatiga asosan 
o'zgartirib  turish;
—  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  va  mahsulotlar  ishlar, 
xizmatlarni  eksport  qilishni  rag'batlantirish;
—  erkin  bozor  baholarini  saqlagan  holda  daromadlar,  xarajatlar 
va  narx-navoni  davlat  to m onidan  tartibga  solish  va  uni  nazorat  qilish;
—  davlat  budjet  taqchilligini  noinflatsion  yo’llar bilan  qisqartirish;
—  davlatning  strategik  oltin-valuta  zaxiralarini  chuqur  tahli 1  etish 
va  ulardan  oqilona  foydalanish.
Yuqorida  t a ’kidlab  o'tilgan  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  va 
ularni  amalga  oshirish  m a ’lum  muddat  talab  etadi.  Oqilona  ishlab 
chiqilgan  antiinflatsion  siyosatni  amalga  oshirish  pirovard  natijada 
milliy pul birligini  mustahkamlanishiga va pul  tizimini barqarorlashuviga 
olib  keladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling