Konstruktorlik hujjatlarining turlari
Konstruktorlik hujjatlariga standartga muvofiq grafik va matnli hujjatlar
kiradi. Bu hujjatlar ayrim yoki yig‘ilgan holda buyumning tarkibi va tuzilishi
yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun
kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Detal chizmasi – detalning tasviri, uni tayyorlash va nazorat qilish uchun
kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat (20.1-chizma).
Yig‘ish chizmasi – buyumning tasviri, uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat
qilish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat.
Yig‘ish chizmalariga gidromontaj, pnevmomontaj, elektromontaj kabi chizmalarni ham kiritish mumkin (20.2-chizma).
Umumiy ko‘rinish chizmasi – buyum konstruksiyasi asosiy tarkibiy
qismlarining o‘zaro bog‘lanishi va buyumning ishlash prinsiplarini aniqlovchi
hujjat.
Nazariy chizma – buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini
aniqlovchi hujjat.
XI.Darsning xulosasi.
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish.
XII.Uyga vazifa.
A)Mavzuni o’qib kelish. B)Konspekt qilish.V)Keyingi darsga tayyorgarlik ko’rish.
Tasdiqlayman:______________ O’TIBDO’.
Do'stlaringiz bilan baham: |