O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
darslik

Kompetentsiya - bu lotincha so’z bo’lib, amaliy layoqat ma’nosini 
anglatadi. ―Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida‖gi Nizomga binoan 
kompetentsiya- bu bilim, ko’nikma va malakaning hosilasi bo’lib, u 
o’zlashtirilganlarni amaliyotda qo’llay olish qobiliyatini anglatadi
Bilim- eng to’g’ri, tajribadan o’tgan va ko’pchilik tomonidan 
e’tirof etilgan tushunchalar, g’oyalar hamda fikrlar majmui bilim 
deyiladi. Boshlang’ich ta’limda gumanitar, tabiiy va aniq fanlarning 
asoslari bo’yicha dastlabki bilimlar beriladi. Bilimni baholash 
o’quvchilarning aqliy rivojlanish mezonlari asosida amalga oshiriladi. 


270 
Ko’nikma - boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv-biluv 
tushunchasi bo’lib, unda boshlang’ich ta’lim davlat standartlariga 
muvofiq fanlar bo’yicha o’quvchilar bilimlar asosini o’zlashtirishi kerak.
Ko’nikma boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning bilim olish, axloqiy 
fazilatlarini o’zlashtirish va xatti-xarakat asoslarini qabul qilish 
darajasini anglatadi. Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri 7-
11 yoshli o’quvchilarning bilish, tuShunish, o’qish va o’zlashtirish 
ko’nikmalaridan iborat. 
Malaka – muayyan bilimlar, axloqiy ko’nikmalar va xatti-xarakat 
qobiliyatlariga ega bo’lish malaka deyiladi. Boshlang’ich ta’limda 
o’quvchilarni savodxonlik malakasi shakllantiriladi va o’quvchilar 
kelgusi ta’lim olish malakasi bilan qurollantiriladi. Boshlang’ich 
ta’limda malaka bilim, ko’nikma va kompetentsiya tushunchalari 
qatorida asosiy masalalardan biri hisoblanadi. 
 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling