O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
-Modul. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining umumiy
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” tushunchasi.
1-Modul. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining umumiy
xususiyatlari 1-mavzu: “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” tushunchasining mazmuni Reja: 1. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ tushunchasi 2. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fanining maqsad va vazifalari 3. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi *** Tayanch tushunchalar:boshlang’ich, ta’lim, pedagogika, tushuncha, zamonaviylik, bilim, ko’nikma, yondaShuv, malaka, bilim, idrok, tuShunish. *** “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” tushunchasi. O’zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: - boshlang’ich sinf o’quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; - boshlang’ich ta’limni ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; - boshlang’ich ta’lim samaradorligiga erishish. 1 Mazkur vazifalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’qitilayotgan ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ fanining mazmunini belgilaydi. Unga ko’ra, mazkur fanning mazmuni 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. //‖Халқ сўзи‖газетаси. 2020 йил 30 декабрь сони. 9 boshlang’ich ta’lim, tarbiya va uni o’qitish asoslari bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarga nazariy bilim, ko’nikma hamda malaka berishdan iborat. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - boshlang’ich ta’lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi: 1) inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o’quvchilarga bilim berish; 2) boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitish va tarbiyalash jarayoni; 3) boshlang’ich ta’limning samarasiga erishish; 4) boshlang’ich ta’limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish. - boshlang’ich ta’limda tarbiya tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi: 1) boshlang’ich sinf o’quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish; 2) boshlang’ich sinf o’quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish; 3) boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsini rivojlantirish; 4) boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash. - boshlang’ich ta’limda o’qitish tushunchasining mazmuni quyidagilardan iborat: 1) boshlang’ich sinf o’quvchilariga bilim, hayotiy tajriba, faoliyat ko’nikmasi berish va ularning tafakkurini shakllantirish; 2) boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malaka hislarini shakllantirish; 3) boshlang’ich sinf o’quvchilarining xotira, diqqat va fikr yuritish ko’nikmasini shakllantirish; 10 4) boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirish. Ushbu uch muhim kategorial tushuncha ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani mazmunini tashkil qiladi. Bu fan vositasida O’qituvchi 7-11 yoshli shaxslarga dastlabki ta’lim va tarbiyani beradi, ularni o’qish ko’nikmasini shakllantiradi. Ayni paytda mazkur fanning mazmuniga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari quyidagilarga amal qilishi shart: 1) o’qishi, ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilari aniq ma’lumotlarni va topshiriqlarni O’qituvchi yordamida sinfdoshlari bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda o’zlashtirishi; 2) kuzatish, qiyoslash va fikrlash ko’nikmalarini egallashi; 3) o’z fikri va qarashlarini ifodalay olishi kerak. Bularning barchasi boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmunini tashkil qiladi. Ushbu fanning yana zamonaviy ikki yo’nalishi bo’lib, ular innovatsiya va integratsiyadan iborat. Innovatsiya – boshlang’ich ta’lim pedagogikasining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, unda mazkur fanga doir yangiliklar, yangi g’oyalar, yangi yondaShuvlar va yangi texnologiyalarni tatbiq etish nazarda tutiladi. Integratsiya – boshlang’ich ta’lim pedagogikasining muhim yo’nalishlaridan bo’lib, unda ushbu fanga ilm-fan, pedagogika va ijtimoiy yutuqlarni joriy etish, fanning o’zaro aloqalarini tashkil qilish va hamkorliklarini yo’lga qo’yish amalga oshiriladi. Zero, ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya asoslari, undagi innovatsiya 11 va integratsiya jarayonlarini o’rganadi, amaliyotga tatbiq etadi hamda bo’lajak o’qituvchilarni mazkur fan bo’yicha kasbiy tayyorlaydi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling