O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fanining maqsad va
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fanining maqsad va
vazifalari. Mazkur fanning asosiy maqsadi boshlang’ich ta’limni davlat ta’lim standartlari va davlat talablari asosida talab darajasida tashkil etish asoslari bo’yicha kasbiy bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiya berishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani modul asosdagi quyidagi vazifalarni o’rganadi, bo’lajdak o’qituvchilarga o’rgatadi va amaliyotga joriy etish vazifalarini bajaradi: 1-modul: boshlang’ich ta’lim pedagogikasining nazariy masalalari; 2-modul: boshlang’ich ta’lim didaktikasi; 3-modul: boshlang’ich ta’limda tarbiya nazariyasi; 4-modul: boshlang’ich ta’limda innovatsiya; 5-modul: boshlang’ich ta’limda integratsiya. O’z navbatida bu modullar ichki mavzular, topshiriqlar, mustaqil ta’lim shakllari va laboratoriya ishlariga bo’linadi. Shu jihatdan ushbu fanning asoslari keng qamrovli bo’lib, u 5111700-―Boshlang’ich ta’lim ― yo’nalishi bo’yicha bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashdagi kasbiy va majburiy fanlardan hisoblanadi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab oliy pedagogik ta’lim jarayoniga kiritilgan bu yangi fan o’tgan yillar davomida muayyan tajribalar va yutuqlarga ega bo’ldi. Uning maqsad va vazifalarini to’g’ri amalga oshirish natijasida fanning samaradorligiga erishilganligini ta’kidlab o’tish joiz. 12 “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani ―Umumiy pedagogika‖, ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖, ―Pedagogik mahorat‖, ―Pedagogik texnologiyalar‖, ―Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari‖ va ―Ta’limda normativ-huquqiy hujjatlar‖ fanlari bilan uzviy bog’liq. Shuningdek, ushbu fan ―Psixologiya‖, ―Antropologiya‖ va ―Fiziologiya‖ fanlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning metodologik va nazariy asoslaridan foydalanadi. Umuman ushbu fan ta’kidlangan fanlar bilan quyidagi jihatlar bo’yicha uzviy bog’liqlikda ekanligini ta’kidlab o’tish joiz: - boshlang’ich ta’limning nazariy asoslari; - boshlang’ich ta’lim didaktikasi; - boshlang’ich ta’limda tarbiyani amalga oshirish omillari; - boshlang’ich ta’limga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish; - boshlang’ich ta’limda integratsiya; - boshlang’ich ta’limning psixologik xususiyatlari; - boshlang’ich ta’limning samaradorlik indikatorlari. Mazkur masalalar bo’yicha fan o’ziga turdosh fanlar bilan uzviy bog’liqlik va aloqadorlik xususiyatlariga ega. Ayni paytda, ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani o’zining ob’ekti, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari va usullariga ega. Shu jihatdan bu fan pedagogik fanlar tarkibida o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani tushunchasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, u ushbu yangi fanning asoslari bo’yicha tushunchalar beradi (1-chizma): 13 Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ tushunchasi deganda nimalar nazarda tutiladi? 2. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 3. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi deganda nimani tuShunasiz? 4. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fanining tarkibiy qismini nimalar tashkil qiladi? Topshiriqlar:pedagogik amaliyot 1. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ tushunchasining mazmuni ta’rifini o’zlashtiring. 2. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fanining maqsad va vazifalarini konspekt qiling. 3. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani .......................................................... ....................................................................................................fanlari bilan bog’liq (bog’liq fanlar nomlarini yozing). Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling