O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 17. QIZAMIQNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI


Download 1.27 Mb.
bet114/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

MAVZU 17. QIZAMIQNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

1. Mashg’ulotning maqsadi: qizamiq kasalligida epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik nazoratni tashkil etish.


2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulot 6 soat, mustaqil ish 2 soat.
3. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati va aholining kasallanish darajasini;
3.2. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmini;
3.3. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimini;
3.4. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlarini;
3.5. epidemiologik nazoratni tashkil etishni.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
4.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilish;
4.2. epidemik jarayonni rivojlanish mexanizmini tahlil qila bilish;
4.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni ocha bilish.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. kirish, mashg’ulotning maqsadini tuShunib olish;
5.2. talabalarda shu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni aniqlash;
5.3. axborot uchun tavsiya etilgan materiallarni muhokama qilish;
5.4. qizamiq epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish;
5.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish;
6.2. qizamiq profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish;
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalar yechish.


Axborot uchun ma’lumot

Qizamiq - yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarining yallig’lanishi, umumiy intoksikatsiya, dog’simon-papulez toshmalar bilan kechadigan va havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallikdir.


Yer kurrasida har yili 50-60 mln, atrofida qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd qilinadi. Qizamiq qo’zg’atuvchisi bo’lib RNK tutuvchi miksovirus (Morbillivirus) hisoblanadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh yorug’ligi ta’sirida 10 minut ichida 90 % faolligini yo’qotadi, tarqoq quyosh nuri ta’sirida 21-40 soat ichida 90-99 % faolligini yo’qotadi. Quritilganda tezda nobud bo’ladi. Odam, maymun, itlar, dengiz cho’chqalarining buyrak to’qimalari kulturasida, Shuningdek, tovuq fibroblastlarida va yapon bedanalarida yaxshi o’sadi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling