О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Odam organizmi o‘sishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

180


Odam organizmi o‘sishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Bola-
ning organizmi uning hayoti davomida bir tekis o‘sib rivojlanmaydi. Qizlarning 
bo‘yi 10—12 yoshlarda, o‘g‘il bolalarniki 12-16 yoshlarda, ayniqsa, tez o‘sadi. 
Bo‘yning o‘sishi 20-25 yoshlarda to‘xtaydi. Odam yoshi ulg‘aygan say in 
tanasining turli qismlari mutanosibligi ham o'zgarib boradi (99-rasm). Masalan, 
yangi tug‘ilgan chaqaloq boshining tana uzunligiga nisbati 1:4 bo‘lsa, 25 yoshga 
yetganida esa 1:8 nisbatda bo‘ladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Odamning rivojlanish davrlari va ularga mos keladigan yoshni juftlab yozing: A 
bolalik, В - yigitlik, D - yetuklik, E - keksalik, F - qaiilik; 1 - tug‘ilgandan so‘ng 
16 21 yoshgacha, 2 - 7 5 dan yuqori, 3 
22 60 yoshgacha, 4 
6 0 75 yosh, 5
16-18 yoshgacha.
2. Bolalik davrlari va ularga mos keladigan yoshni juftlab yozing: A - chaqaloqlik, В -
go'daklik, D - maktabgacha tarbiya, E - kichik maktab yoshi, F - o‘spirinlik, G -
katta maktab yoshi, 1 - 1 2 dan 17-18 yoshgacha, 2 - 6-11 yosh, 3 - bir oygacha,
4 - 1 yoshgacha, 5 - 1 yoshdan 6 - 7 yoshgacha, 6 - 15-18 yosh.
‘ylab javob bering:
1. Bola gapirish va tik yurishni 7-9 yoshgacha o‘rganmagan bo‘lsa, keyin o‘rganishi 
juda qiyin bo‘lishi aniqlangan. Nima sababdan shunday bo'ladi?
2. Nima sababdan aql-idrok va tafakkurning rivojlanishi bola nutqi bilan bog‘liq?
61-§. Odamning biologik o‘zgarishi va ijtimoiy tabiati
Odam organizmining rivojlanishi biologik va ijtimoiy (lotincha sotsialis — 
ijtimoiy) programma nazorati ostida boradi. Biologik programma uzoq davom 
etgan tarixiy rivojlanish natijasida shakllangan bo‘lib, odam organizmining tuzi­
lishi va fiziologik xususiyatlarining belgilab bergan. Bu programmaning moddiy 
asosini irsiy belgilarini nasldan naslga o‘tkazadigan xromosomalar DNKsi tashkil 
etadi. Odam organizmi rivojlanishining ijtimoiyprogrammasi hayot ta’sirida odam 
uchun xos bo‘lgan xususiyatlami shakllanishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy muhit ta’sirida 
shakllanadigan his-tuyg‘ular qobiliyat, kasb-hunar va bilim o‘rganish, ijtimoiy- 
foydali mehnat odamning ijtimoiy tabiatini tashkil etadi.
181


Odamning odobi, axloqi, vijdoni, o'z burchini his etishi, vatanparvarlik tuy- 
g'usi, madaniyati va umuman, voqea va hodisalarga nisbatan dunyoqarashi 
jamiyat, ta’lim va tarbiya, uning atrofidagi odamlar ta’sirida shakllanadi. Iltimoiy 
programma insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida shakllanadi, lekin 
irsiylanmaydi. Har bir kishi o‘z hayoti davomida bu programmani jamiyatning 
boshqa a’zolari bilan birga asta-sekin o'zlashtirib boradi. Katta yoshdagi kishilar 
yosh avlod shaxsining shakllanishida bevosita ishtirok etishadi. Ana shu jarayonda 
har bir insonning o‘z ichki dunyosi, ya’ni tashqi muhit ta’siriga munosabati 
shakllanadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling