O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 4. Ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlataro tuzilmalarga kirish
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 4. Ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlataro tuzilmalarga kirish
O‘zbekiston tashqi siyosati yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun Konstiutsiyaning “Tashqi siyosat” bobi, 17-moddasida “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin” deb belgilab qo‘yilgan. Demak bu qoida O‘zbekistonni xavfsizlik maqsadida turli birlashmalarga birlashishi mumkinligini konstitutsiyaviy asosda mustahkamlaydi. 1991-yil 21-dekabrda Qozog‘istonning Olmaota shahrida Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina davlat boshliqlari uchrashuvida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) tashkil qilindi. Bu Sobiq Ittifoqi tarkibidan chiqib mustaqillikka erishgan davlatlarning dastlabki hamdo‘stlik xalqaro tashkiloti edi. Bu tashkilotning tuzilishi a'zo mamlakatlarning taqdirida ijobiy rol o‘ynaydi. Bu hamdo‘stlik Sobiq ittifoq respublikalari o‘rtasida turli qurolli to‘qnashuvlar, bir-biriga chegara xususida e'tirozlar bildirishi kabi masalalarni oldini oldi. Hamdo‘stlikni tashkil topishi Ittifoq davlat – Yugoslaviyani tarqab ketishidagi qon to‘kilishlarini oldini oldi. Siyosatchilarni hozirgacha ta'kidlashicha agar MDH tuzilmaganda Sobiq ittifoq hududida Yugoslaviyadanda daxshatliroq urushlar bo‘lishi va u hozirgacha davom etishi mumkin edi. MDH siyosiy tashkilot bo‘lmay, ixtiyoriy iqtisodiy uyushma edi. MDH uyushmasi O‘zbekistonga shu uyushma a'zolari bilan tenglik asosida ikki tomonlama aloqalar o‘rnatishga katta imkoniyat yaratdi. MDH uyushmasi doirasida kollektiv xavfsizlikni ta'minlash imkoniyati vujudga keldi va mamlakatimiz bu yo‘nalishda ham ishtirok etdi. 2001-yil 15-iyunda Xitoy Respublikasining Shanxay shahrida, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iston va O‘zbekiston davlat boshliqlarining uchrashuvida yangi tashkilot tuzilib, u Shanxay hamkorlik tashkiloti degan nom bilan xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi. Bu tashkilotning tuzilishi XXI asrning boshlanishidagi eng muhim xalqaro voqyealardan biri bo‘ldi. Tashkilot doirasida a'zo davlatlar xavfsizlikni birga hal qilish, bir-biriga ishonchni kuchaytirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohada hamkorlikni kuchaytirishga axd qildilar. Hozirgi kunda bu tashkilot doirasida a'zo davlatlar iqtisodiy, madaniy masalalarda hamkorlik qilib anchagina yutuqlarga erishdi. Ayniqsa bu tashkilot doirasida narkotrafik, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Toshkentda tashkilotning tarrorizmga qarshi kurash mintaqaviy ijro qo‘mitasi qarorgohi joylashgan, bu esa mamlakatimiz mazkur tashkilot faoliyatida teng asosda ishtirok etishini yana bir bor ko‘rsatadi. O‘zbekiston xalqaro siyosiy-harbiy tashkilot NATO faoliyatida ham NATOning tinchlik va xavfsizlik yo‘lida hamkorlik dasturida ham ishtirok etadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng (1992-yildan asr oxirigacha 2000-yilgacha) juda ko‘plab, mamlakatlar bilan hamkorlikka kirishdi, teng asosda shartnomalar tuzdi1. Eng muhimi boshqa davlatlar qanday davlat bo‘lishidan qat'iy nazar tenglik asosida hamkorlik o‘rnatish asosiy vazifa deb qaraldi. “Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish O‘zbekiston uchun juda muhimdir”2 – degan Prezident so‘zlari har qanday hamkorlikda tenglik, O‘zbekiston manfaati yotishiga alohida e'tibor berish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonni mustaqillikka erishgan paytdan to hozirgacha olib borayotgan va Konstitutsiyaga asoslangan tashqi siyosati, natijasi, mevasi hozirgi kunda aholini tinch-totuv yashayotganida, har qanday davlatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilayotganida ko‘rinib turibdi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling