O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 7. Fuqarolik masalasi bilan shug‘illanuvchi davlat organlari


Download 1.95 Mb.
bet54/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 7. Fuqarolik masalasi bilan shug‘illanuvchi davlat organlari

Fuqarolik masalasi Konstitutsiyaviy institut shuning uchun unga taalluqli ko‘pgina masalalar Konstitutsiyada belgilangan, bularga avvalgi bandlarda to‘xtab o‘tdik. Fuqarolik masalalarini hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti alohida rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining Prezident vazifa va vakolatlari belgilangan 93-moddasi 22-bandida Prezidentning Respublika fuqaroligi masalasini hal qilish vakolati ko‘rsatib qo‘yilgan.


“Fuqarolik to‘g‘risidagi qonun”ning 29-moddasida fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yurituvchi Respublika davlat idoralari ro‘yxati berilgan.
Unga asosan fuqarolik ishlari qo‘yidagilar tomonidan yuritiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
- O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Respublikaning diplomatiya vakolatlari va konsullik muassasalari;
Qonunda bularning vakolatlari ko‘rsatib qo‘yilgan.
Unga asosan O‘zbekiston Prezidenti, Respublikamiz hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Respublika fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida; chet ellarda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taqdirda ularni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida; O‘zbekiston fuqaroligini tiklash to‘g‘risida; O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Ichki ishlar vazirligi va uning vakolatli idoralari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslardan O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tish haqida arizalar qabul qiladi. Fuqarolikka o‘tish uchun keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi. Arizani zarur hujjatlar bilan Prezident huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga yo‘llaydi. O‘zbekiston hududida yashovchi shaxslarni O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi. Respublikada yashovchi shaxslar Respublika fuqaroligini yo‘qotgan hollarini kayd etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik va konsullik muassasalari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • chet ellarda doimiy yashovchi shaxslardan O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tish haqida arizalar qabul qiladi;

  • Shu masala bo‘yicha keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;

  • arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Prezident huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga yullaydi;

  • Chet elda doimiy yashovchi shaxslarni O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;

  • Chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotganligini aniqlaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan fuqarolarini hisobga oladi.

Fuqarolikka oid arizalar faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozilib, ariza doimiy istiqomat qiladigan ichki ishlar idoralariga, chet elda esa tegishli diplomatik yoki konsullik muassasalariga topshiriladi.
Fuqarolik masalasini hal qilishda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Bu komissiyani Prezident tuzadi va fuqarolikka oid masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish bilan shug‘illanadi.
Komissiya fuqarolikka oid ariza va taqdimnomalarni ko‘rib chiqish paytida ariza beruvchining dalillarini, taqdimnomaning mazmunini, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining xulosalarini va boshqa hujjatlarni xolisona baholaydi.
Agar fuqarolikka o‘tayotgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borib yashamoqchi bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining shu masala yuzasidan fikrini e'tiborga oladi, shuningdek Qoraqalpog‘istonda unga ish, turar joy berish imkoniyatini ham e'tiborga oladi.
Komissiya ko‘rilayotgan ish bo‘yicha tegishli davlat idoralaridan, jamoat tashkilotlaridan qo‘shimcha materiallar talab qilib olishga haqli.
Komissiya har bir ariza yoki taqdimnoma yuzasidan Prezidentga taklif kiritadi, taklif fuqarolikka qabul qilish yoki rad etish mazmunida bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Prezidenti Farmonlar qabul qiladi. Farmonda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, fuqarolikdagi o‘zgarishlar (qabul qilish, tiklash, to‘xtatish) farmon chiqarilgan kundan e'tiboran boshlanadi.Takroriy ariza qoida tariqasida shu masalaga oid avvalgi ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng bir yil o‘tgach ko‘rib chiqiladi.
Fuqarolik masalalari bo‘yicha ariza berish tartiblari “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonunda batafsil belgilangan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Konstitutsiyaga asosan Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlarni bajarishga majbur.
Ko‘rinib turibdiki, fuqarolik shaxsning huquqiy holatini aniqlashda muhim shart hisoblanadi. Shaxs fuqaro bo‘lsagina, u barcha huquqlardan to‘la foydalana oladi va jamiyatni rivojlanishi, mamlakatni xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan burchlarni bajaradi.
Shaxsning fuqaroligi uni dunyoni qaerda yashashidan qat'iy nazar huquq va manfaatlarini himoya qilishga asos bo‘ladi.
Ya'ni fuqarolarni fuqarosizlarga nisbatan himoyalanish imkoniyatlari kengrokdir.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling